“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 12:40
ЎЗO‘Z

Kam tuz iste’mol qilinadigan parhezning xavfli ekanligi isbotlandi

08 yanv, 09:20 5 130 ---
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Kam tuz iste’mol qilinadigan parhezning xavfli ekanligi isbotlandi Makmasters universitetining Endryu Mente boshchiligidagi olimlar guruhi kam tuz iste’mol qilinadigan parhezning organizmga foydali emasligi, aksincha uning yurak-qon tomir kasalliklari xavfini oshirishini isbotlashdi. Tadqiqot natijalari Lancet jurnalida chop etilgan.

Xalqaro tadqiqotda dunyoning 49ta davlatidan 130 ming kishi ishtirok etdi. Olimlar tuzni kam iste’mol qilish va yurak-qon tomiri tizimi kasalliklari o‘rtasidagi bog‘liqlikni topishga harakat qilib ko‘rishdi. Tadqiqotda yuqori va normal qon bosimiga ega kishilar alohida o‘rganilib, natijalar taqqoslandi.

Olingan ma’lumotlar shuni ko‘rsatdiki, organizmdagi tuz miqdori muayyan ko‘rsatkichdan pastga tushsa, bu jiddiy xavf uyg‘otadi. Shu bilan birga natriyning yuqori qon bosimiga ega kishilar uchun zararli ekanligi ta’kidlandi. Tadqiqotchilarning baholashicha, dunyo aholisining atigi o‘n foizigina tuz iste’molini kamaytirishi kerak, qolganlarga esa bunday parhezdan foyda yo‘q.

Bugungi kunda parhezshunoslar sog‘liqni saqlash maqsadida kundalik ratsiondan tuzni kamaytirishni maslahat berishadi, biroq bu, aksincha, yurak va qon tomirlaridagi muammolarni yanada chuqurlashtirib yuborishi mumkin.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, tuzni doimiy ravishda ko‘p iste’mol qilish (kuniga besh grammdan ko‘p bo‘lsa) qon bosimining oshishiga olib keladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qon bosimini dorilarsiz uy sharoitida tushirish yo‘llari 29 mar, 07:07 100
  • Nima uchun olimlar ayollarga vaqti-vaqti bilan yig‘lab turishni tavsiya qiladi? 28 mar, 22:22 103
  • Qandli diabet kasalligida ro‘za tutsa bo‘ladimi? 28 mar, 16:20 191
  • Organizm uchun eng muhim element — magniyga boy mahsulotlar 27 mar, 08:57 138
  • Sochlar salomatligi va tezroq o‘sishi uchun foydali mahsulotlar 26 mar, 17:23 71
  • To‘satdan bosh aylanishi va ko‘ngil aynishi nimadan darak beradi? 26 mar, 15:08 159
  • So'nggi yangiliklar
  • Vadim Abramov: "Bunday sifatli va saviyali futbolchiga doim tarkibda joy topiladi" 29 mar, 11:50 4
  • Chexiya yevropalik siyosatchilarni Rossiyadan pora olish sxemasini fosh etganini da’vo qilmoqda 29 mar, 11:20 22
  • Shomurodovning ahvoli haqida ma’lumot berildi 29 mar, 10:53 106
  • So‘rovnoma: Nursulton Ro‘ziboyev 1-raunddayoq raqibini "uxlatib" qo‘yadi 29 mar, 10:25 49
  • Ronalduning libosini kiygan taniqli bloger Messiga aloqador restorandan haydab yuborildi 29 mar, 10:02 85
  • Sirdaryoda egizaklarini bir xonali uyga almashtirmoqchi bo‘lgan ota-onaga hukm o‘qildi 29 mar, 09:36 50
  • Qozog‘istonning bir qancha hududlari toshqinlar tufayli suv ostida qoldi 29 mar, 09:08 90
  • O‘zganing fotosuratlari ustiga haqoratli so‘zlar yozib, ijtimoiy tarmoqda tarqatgan ayol ushlandi 29 mar, 08:48 83
  • Shohjahon Ergashev panamalik bokschini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi (video) 29 mar, 08:35 183
  • Oq uy Ukrainaning «Krokus» teraktiga aloqadorligi haqidagi bayonotlarni «targ‘ibot» deb atadi 29 mar, 08:08 93
  • Pavel Durov terror targ‘ibotchilari bloklanayotganini e’lon qildi 29 mar, 07:37 70
  • Qon bosimini dorilarsiz uy sharoitida tushirish yo‘llari 29 mar, 07:07 100
  • Bo‘limlar