“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 09:17
ЎЗO‘Z

Bloger Otabek Nuritdinovga chiqarilgan ma’muriy qamoq jazosi o‘zgarishsiz qoldirildi

04 yanv, 13:29 2 802 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bloger Otabek Nuritdinovga chiqarilgan ma’muriy qamoq jazosi o‘zgarishsiz qoldirildi Foto: fb.com/otabek.nuritdinov1
2019 yil 4 yanvar kuni Andijon viloyat ma’muriy sudi kassatsiya instansiyasining ochiq sud majlisida fuqaro Abdufatto Nuritdinov (bloger Otabek Nuritdinov) tomonidan Andijon viloyat ma’muriy sudining 2019 yil 30 dekabrdagi qarori ustidan kassatsiya tartibida keltirgan shikoyati ma’muriy ish hujjatlari asosida ko‘rib chiqildi.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yil 30 dekabr kuni Andijon viloyat ma’muriy sudining ochiq sud majlisida Asaka tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan fuqaro A. Nuritdinovga oid Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 40-moddasi, 41-moddasi va 183-moddasi bilan yuritilgan ma’muriy ish ko‘rib chiqildi.

Sud qaroriga ko‘ra, A. Nuritdinov Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 40-moddasi, 41-moddasi va 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 34-moddasi tartibida uzil-kesil o‘tash uchun 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan edi.

Sud majlisida A. Nuritdinov ishtirokida jabrlanuvchilar va guvohlar so‘roq qilindi. Huquqbuzarning ko‘rsatmalari va himoyachisining muzokara so‘zlari tinglandi.

Mazkur ma’muriy ish Andijon viloyat ma’muriy sudi sudyasi D. Xalilov raisligida ko‘rib chiqildi.

Oliy sudi matbuot xizmati rahbari Aziz Obidovning xabar berishicha, sud ushbu ma’muriy ish materiallarini har tomonlama va to‘liq o‘rgangan holda A. Nuritdinovning kassatsiya tartibida berilgan shikoyatini rad qilib, qanoatlantirilmasdan qoldirish va Andijon viloyat ma’muriy sudi tomonidan 2019 yil 30 dekabrdagi unga nisbatan chiqarilgan qarorni o‘zgarishsiz qoldirish haqida qaror qabul qilinganligi ma’lum qilindi.

Sudda raislik etuvchi tomonidan ishda ishtirok etgan shaxslarga e’lon qilingan qarorning mazmun mohiyati hamda kassatsiya instansiya sudining qaroridan norozi bo‘lgan taraflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga nazorat tartibida shikoyat bilan murojaat qilishi mumkinligi tushuntirildi, deyiladi Oliy sud ma’lumotida.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 13
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 45
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 223
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 123
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 64
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 242
  • So'nggi yangiliklar
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 63
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 13
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 80
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 52
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 125
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 45
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 88
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 98
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 220
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 89
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 132
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 124
  • Bo‘limlar