“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 09:29
ЎЗO‘Z

Andijonda qamalgan bloger sud qarori ustidan kassatsiya tartibida shikoyat berdi

03 yanv, 18:00 2 584 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Andijonda qamalgan bloger sud qarori ustidan kassatsiya tartibida shikoyat berdi Shu kunlarda Facebook ijtimoiy tarmog‘ida «Otabek Nuritdinov» taxallusi ostida voqea-hodisalarga o‘z munosabatini bildirib kelgan fuqaro Abdufatto Nuritdinov Andijon viloyat ma’muriy sudida tuhmat, haqorat va bezorilikda ayblanib 15 sutka ma’muriy qamoq bilan jazolanishi mavzusi keng muhokama qilinmoqda.

Oliy sud matbuot xizmati ushbu ish bo‘yicha yangi ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, bloger tayinlangan jazo ustidan kassatsiya tartibida shikoyat bergan.

«2019 yil 30 dekabr kuni Andijon viloyat ma’muriy sudining ochiq sud majlisida Asaka tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan fuqaro Abdufatto Nuritdinov (bloger Otabek Nuritdinov) ga oid O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 40-moddasi, 41-moddasi va 183-moddasi bilan yuritilgan ma’muriy ish ko‘rib chiqilgan.

Sud qaroriga ko‘ra, A.Nuritdinov Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 40-moddasi, 41-moddasi va 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 34-moddasi tartibida uzil-kesil o‘tash uchun 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

2020 yil 3 yanvar kuni huquqbuzar A.Nuritdinov tomonidan Andijon viloyat ma’muriy sudiga shu sudning 2019 yil 30 dekabrdagi qarori ustidan kassatsiya tartibida shikoyat keltirilgan bo‘lib, ushbu shikoyat asosida A.Nuritdinovga oid ma’muriy ish viloyat sudining kassatsiya instansiyasida ko‘rish uchun rasmiylashtirildi.

Mazkur ma’muriy ishni kassatsiya tartibida ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud majlisi 2020 yil 4 yanvar kuni soat 11:00ga tayinlangan», deyiladi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati rahbari Aziz Obidov tomonidan taqdim etilgan ma’lumotda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 12
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 291
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 382
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 634
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 95
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 69
  • So'nggi yangiliklar
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 0
  • Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Kobulda “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi 25 apr, 08:20 0
  • Bayden tegishli qonunni imzoladi: AQSHda TikTok bloklanishi mumkin 25 apr, 07:46 4
  • Rossiyada «katta baliq» to‘rga tushdi. U nimada ayblanmoqda? 25 apr, 07:13 82
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 12
  • AQSH Ukrainaga yashirincha ATACMS raketalarini yetkazib berdi 25 apr, 06:00 86
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 280
  • Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi 25 apr, 00:23 127
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 45
  • Eronda reper Tumoj Solihiy o‘lim jazosiga hukm qilindi 24 apr, 23:35 213
  • Shoyguning o‘rinbosari hibsga olindi. Bu ish haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 24 apr, 23:12 227
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 291
  • Bo‘limlar