“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 20:18
ЎЗO‘Z

1 yanvardan to‘y-hashamlar yangi tartiblar bo‘yicha o‘tkaziladi

31 dek, 16:00 6 911 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
1 yanvardan to‘y-hashamlar yangi tartiblar bo‘yicha o‘tkaziladi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va Senati Kengashining «To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi Qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan va 2020 yil 1 yanvardan kuchga kiradigan Nizomga ko‘ra endilikda oilaviy tadbirlar belgilangan qat’iy talablar asosida o‘tishi lozim.

Jumladan:
- to‘y, oilaviy tadbirlar, ma’raka va marosimlar (dafn marosimidan tashqari) faqat 1 kun bo‘ladi;
- ular soat 6:00-23:00 oralig‘ida o‘tkazilishi lozim;
- to‘ylarda 200 nafargacha, oshda 250 nafargacha odam qatnashishi mumkin;
- qo‘shaloq to‘yda 250 nafar, oshda esa 300 nafargacha odam qatnashishi mumkin;
- kelin-kuyovning to‘yxonaga kelishi va ketishida 3tadan ko‘p bo‘lmagan yengil avtomashinadan foydalanish mumkin;
- dafn marosimlarida cheklanmagan odam qatnashishi mumkin (marhum xotirasiga bag‘ishlab yoziladigan ehson dasturxoni bundan mustasno);
- diniy ma’ruzar belgilangan tartibda ruxsat olgan shaxslar tomonidan o‘qiladi;
- «kelin navkari», «charlar», «ota ko‘rdi», «sep yoydi», «quda chaqirdi», «kuyov chaqirdi», «kelin chaqirdi», «tog‘ora yuborish», «pul sochish» va hokazo ishlarni o‘tkazish mumkin emas;
- «yetti», «payshanbalik», «yigirma», «qirq», «yil oshi», «pul tarqatish», «mato ulashish» va hokazolarni o‘tkazish mumkin emas;
- to‘yxona, kafe va restoranlarda 50 nafar va undan ortiq shaxslar ishtirokida oilaviy tadbirlar o‘tkazish uchun albatta shartnoma tuziladi;
- tadbirlardagi boshlovchi (tamada) san’atkor, xonanda, videochi, fotograf va boshqalar bilan shartnoma tuzilishi lozim;
- tadbirlarda 2 nafardan ortiq xonanda (guruh) xizmat qilishi mumkin emas.

Ichki ishlar organlari profilaktika inspektori fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda fuqarolar o‘rtasida to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni ixcham va kamxarj o‘tkazishga, jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalarini aholi ongiga singdirishga, to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarning shuhratparastlik va dabdaba bilan o‘tkazilishining oldini olishga qaratilgan aniq va maqsadli profilaktik tadbirlarni tashkil etishi, shuningdek bunday tadbirlar davomida jamoat tartibini ta’minlashi lozim.

Biroq, hozircha qonunchilikda ushbu tartibni buzganlik uchun javobgarlik belgilanganicha yo‘q.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi 25 apr, 20:12 0
  • Botir Qodirov: “5 yoshimda otamni mendan tortib olishgan” 25 apr, 19:37 3
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 111
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 91
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 77
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 97
  • So'nggi yangiliklar
  • Botir Qodirov: “5 yoshimda otamni mendan tortib olishgan” 25 apr, 19:37 3
  • Saad Al-Shehri: "Ushbu musobaqadagi tarkibimiz, ikki yil avval chempionlikni qo‘lga kiritgan tarkibimizdan kuchliroq" 25 apr, 19:12 48
  • Burkina-Faso armiyasi 223 nafar tinch aholi vakillarini qirib tashlagani aytilmoqda 25 apr, 18:48 61
  • Devid Kemeronning Markaziy Osiyo davlatlariga safari: G‘arb nimadan xavotirda? 25 apr, 18:18 86
  • Xavi: "Qarorimni o‘zgartirdim, chunki..." 25 apr, 18:00 43
  • Rossiya qurolli kuchlari Cherkask va Dnipropetrovsk viloyatlariga zarba berdi 25 apr, 17:36 78
  • Polsha Kiyevga harbiy xizmatga majbur bo‘lgan erkaklarni qaytarishda yordam bermoqchi 25 apr, 17:13 50
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 113
  • Qirg‘izistonda elektromobillar yashil davlat raqamida harakatlanadi 25 apr, 15:45 34
  • Ukraina Vazirlar Mahkamasi: Xorijdagi 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan ukrainalik erkaklar endi pasport ololmaydi 25 apr, 15:22 63
  • Futzal. Osiyo chempionati 1/4 final: Vetnam qanday taslim etildi? (video) 25 apr, 15:06 72
  • Timur Kapadze matbuot anjumanida Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs haqida nimalar dedi? 25 apr, 14:39 232
  • Bo‘limlar