“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2024, 18:44
ЎЗO‘Z

Yangi yilga olib o‘tmaslik kerak bo‘lgan 20ta kamchilik

31 dek, 15:15 4 450 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yangi yilga olib o‘tmaslik kerak bo‘lgan 20ta kamchilik Maqsadlaringizga erishishingiz va baxtli insonga aylanishingizga to‘sqinlik qilayotgan barcha narsalarni aniqlash va ulardan qutulish vaqti keldi.

O‘zingizda qancha majburiyatni mujassamlashtirgansiz? Ruhiy muammolar og‘irligini his qilasizmi? Baxtli bo‘lish uchun avvalo tashvish va stressni chiqarib yuborishingiz kerak.

Albatta, har birimiz hayotimiz davomida qiyinchiliklarga ro‘baru kelamiz. Shunga o‘xshash paytlarda quyidagi 20ta narsaning ro‘yxati har kuni nimaga intilib yashash kerakligini eslatib turadi:
1. O‘z kuch va qobiliyatingizni his qilishingizga xalaqit beradigan fikrlarni miyangizdan chiqarib tashlang.
2. O‘zingiz xohlagan narsa bilan shug‘ullanishingizga xalaqit beradigan aybdorlik tuyg‘usini chiqarib tashlang.
3. Mavhum narsalardan qo‘rqishni bas qiling. Kichik bir qadam qo‘ying, faqat shundagina oldingizda yangi yo‘l qanday ochilishini ko‘rasiz.
4. Afsuslarni eski yilda qoldiring. Hayotning ba’zi nuqtalarida siz uchun «Menga baribir» degan fikr zarur edi.
5. Xavotirni to‘xtating. Xavotirlanish keraksiz narsani iltimos qilib so‘rash bilan bir xil.
6. Boshqa odamlarga qarshi ayblovlaringizni yig‘ishtiring. Hayotingiz uchun o‘zingiz javobgarsiz. Agar biror narsa yoqmasa, ikki yo‘lingiz bor: chidash yoki o‘zgartirish.
7. «Menda hammasi ko‘ngildagidek emas» kabi fikrlashni bas qiling. Siz dunyoga xuddi shunday keraksiz.
8. «Orzularim birinchi darajali emas» degan fikrdan voz keching. Doimo qalbingizga quloq soling.
9. Barcha majburiyatlarni muntazam o‘z zimmangizga olishni bas qiling. Barcha kuchingizni bunga sarf qilmang, avvalo o‘zingizga g‘amxo‘rlik qiling. Chunki siz muhimsiz.
10. Hammani o‘zingizdan ko‘ra baxtliroq, muvaffaqiyatliroq va yaxshiroq deb fikrlash odatingiz ham eski yilda qolsin. Siz bo‘lishingiz kerak bo‘lgan joydasiz. Sizning hayot yo‘lingiz sizga iloji boricha ochib beriladi.
11. Dunyodagi hamma narsani to‘g‘ri va noto‘g‘ri, qora va oqga bo‘lishdan to‘xtang. Qarama-qarshiliklardan zavqlaning va hayotning xilma-xilligini qadrlang.
12. O‘tmishingizni tugayotgan yilda qoldiring. Olg‘a qadam tashlash va hikoyani yangidan yozish vaqti keldi.
13. «Men noto‘g‘ri yo‘ldaman» degan xayollarni bas qiling. Siz asli qayerda bo‘lishni xohlagan bo‘lsangiz o‘sha joyga olib boruvchi yerdasiz. Harakatni boshlang.
14. Sobiq do‘st va dugonalarga nisbatan g‘azabingizdan xalos bo‘ling. Do‘stlik yoki muhabbatning tugashi uni yo‘qligini anglatmaydi.
15. Yanada ko‘prog‘iga erishish fikriga qattiq berilmang. Bugun o‘zingiz qodir bo‘lgan darajada barcha narsani amalga oshirdingiz va bu yetarli.
16. Barchasini oldindan bilish istagidan voz keching. Hayot so‘qmoqlaridan yurganingiz sari hamma narsani bilib olasiz.
17. Pul bilan bog‘liq muammolarni yechishga urining. Qarzlardan xalos bo‘lish uchun reja tuzing va moliyaviy farovonligingizga e’tibor qarating.
18. Biror insonni o‘zgartirish istagiga butun hayotingizni sarflamang. Ularning har biri o‘z yo‘liga ega. Siz qila oladigan eng yaxshi narsa bu o‘z ustingizda ishlash va barcha e’tiboringizni boshqalarga qaratishdan to‘xtatish.
19. Barchaning roziligini olishga urinishlaringizni bas qiling. Sizning alohidaligingiz sizni o‘ziga xos qiladi.
20. Shaxsiy nafratingizdan voz keching. Siz qomat va tarozidagi raqamlardan iborat emassiz. Kim ekanligingizni tushunib oling va shuni yodda tutingki, dunyoga boringizcha keraksiz. O‘zingizni qadrlang.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 192
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 291
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 158
  • Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi 18 apr, 12:22 279
  • Yulduzlar parhezi: tez ozdiradigan uchta ziravor 17 apr, 17:00 146
  • Qulupnayning siz bilmagan 10 ta foydali xususiyati 17 apr, 07:41 171
  • So'nggi yangiliklar
  • Uzcard va Humo terminallari integratsiyasi test rejimida ishga tushirildi 23 apr, 16:31 29
  • O‘zbekiston va Britaniya TIV rahbarlari hamkorlik to‘g‘risida ikkita hujjat imzoladi 23 apr, 16:00 24
  • Rossiya dronlari Odessaga hujum qildi: 9 kishi jarohat oldi 23 apr, 15:26 88
  • Amerika Urushni o‘rganish instituti: Rossiya Xarkiv aholisini shahardan qochishga majburlamoqchi 23 apr, 14:36 134
  • Soliq qo‘mitasi qancha ayol taksichilik bilan shug‘ullanishini ma’lum qildi 23 apr, 14:14 82
  • Jizzax viloyatidagi maktablarning birida o‘quvchilar «feodalcha» jazolandi 23 apr, 13:52 80
  • Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron O‘zbekistonga keldi 23 apr, 13:18 37
  • Ashurmatovning haydalishi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda 23 apr, 12:51 453
  • Denovdan Toshkentga qarab «yo‘lga chiqqan» sifatsiz go‘sht to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:31 50
  • Tojikiston va Qirg‘izistondan o‘tkazilgan giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:08 30
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 41
  • Yevrokomissiya TikTok'ga nisbatan ikkinchi tekshiruvni boshladi 23 apr, 11:23 29
  • Bo‘limlar