“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2024, 17:12
ЎЗO‘Z

Instagram’da eng ko‘p pul topgan kishilar ma’lum qilindi

29 dek, 22:00 3 149 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Instagram’da eng ko‘p pul topgan kishilar ma’lum qilindi Futbolchi Krishtianu Ronaldu 2019 yilda Instagram ijtimoiy tarmog‘ida eng ko‘p pul topgan kishi bo‘ldi. U Buzz Bingo kompaniyasi tomonidan tuzilgan eng boy “instagramchi” yulduzlar ro‘yxatiga yetakchilik qilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, futbolchi yil davomida ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali 38,2 mln funt sterling ishlab topgan. Ekspertlarning baholashicha, Ronalduning har bir homiylik posti unga 780 ming funt sterling keltirgan.

2-o‘rinni yana bir futbol yulduzi - Lionel Messi egallagan. U 2019 yilda Instagram orqali 18,7 mln funt sterling ishlab topgan. Uning sahifasidagi bir reklama postining o‘rtacha narxi 518 ming funt sterlinggacha yetishi mumkin.

Futbolchilar Instagram’da sport brendlari, chipslar va boshqa mahsulotlarni reklama qilish orqali daromad oladilar.

Yetakchi uchtalikdan amerikalik supermodel Kendall Jenner ham joy olgan. U ijtimoiy tarmoq yordamida 12,7 mln funt sterling ishlab topgan. Shuningdek, yetakchi o‘ntalikdan uning singlisi Kayli Jenner (8-o‘rin) va opasi Xloya Kardashyan (10-o‘rin), Devid Bekxem, qo‘shiqchi Selena Gomes, Neymar, Zlatan Ibrohimovich va Ronaldino ham joy olgan.

Joriy yilning mart oyida Kayli Jenner o‘z boyligini o‘zi ishlab topgan dunyodagi eng yosh ayol milliarderga aylangandi. Model va tadbkirkor bunday muvaffaqiyatga ijtimoiy tarmoqlar evaziga erishganini tan olgan, chunki o‘z biznesini boshlashdan oldin ularda ko‘plab obunachilarga ega bo‘lgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rossiya dronlari Odessaga hujum qildi: 9 kishi jarohat oldi 23 apr, 15:26 25
  • Amerika Urushni o‘rganish instituti: Rossiya Xarkiv aholisini shahardan qochishga majburlamoqchi 23 apr, 14:36 44
  • Yevrokomissiya TikTok'ga nisbatan ikkinchi tekshiruvni boshladi 23 apr, 11:23 26
  • Tayvanda o‘nlab kuchli zilzilalar sodir bo‘ldi 23 apr, 10:30 89
  • AEXA rahbari: Eron atom bombasini yaratishga yaqin turibdi 23 apr, 10:04 137
  • Tuya suti kundalik ehtiyojga aylanishi kutilyapti 23 apr, 09:39 217
  • So'nggi yangiliklar
  • Uzcard va Humo terminallari integratsiyasi test rejimida ishga tushirildi 23 apr, 16:31 0
  • O‘zbekiston va Britaniya TIV rahbarlari hamkorlik to‘g‘risida ikkita hujjat imzoladi 23 apr, 16:00 0
  • Rossiya dronlari Odessaga hujum qildi: 9 kishi jarohat oldi 23 apr, 15:26 25
  • Amerika Urushni o‘rganish instituti: Rossiya Xarkiv aholisini shahardan qochishga majburlamoqchi 23 apr, 14:36 44
  • Soliq qo‘mitasi qancha ayol taksichilik bilan shug‘ullanishini ma’lum qildi 23 apr, 14:14 42
  • Jizzax viloyatidagi maktablarning birida o‘quvchilar «feodalcha» jazolandi 23 apr, 13:52 53
  • Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron O‘zbekistonga keldi 23 apr, 13:18 31
  • Ashurmatovning haydalishi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda 23 apr, 12:51 330
  • Denovdan Toshkentga qarab «yo‘lga chiqqan» sifatsiz go‘sht to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:31 43
  • Tojikiston va Qirg‘izistondan o‘tkazilgan giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:08 24
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 36
  • Yevrokomissiya TikTok'ga nisbatan ikkinchi tekshiruvni boshladi 23 apr, 11:23 26
  • Bo‘limlar