“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 08:07
ЎЗO‘Z

Bryus Lining qizi otasining qiyofasidan foydalangan fastfud tarmog‘ini sudga berdi

27 dek, 12:11 3 157 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bryus Lining qizi otasining qiyofasidan foydalangan fastfud tarmog‘ini sudga berdi Foto: AFP
Afsonaviy aktyor Bryus Lining qizi Shennon Li otasi qiyofasidan noqonuniy foydalangan Xitoyning Real Kungfu fastfud tarmog‘ini sudga berdi.

Shennon Li Bruce Lee Enterprises nomidan tarmoqqa egalik qiluvchi Guangzhou Real Kungfu Catering Management Co. kompaniyasidan zararni va yuridik sarf-xarajatlarni (12,6 ming dollar) qoplashni talab qilmoqda. Marhum aktyorning qizi yetkazilgan zararni 210 mln yuanga (30 mln dollar) baholagan.

Bloomberg axborot agentligining xabar berishicha, ushbu hodisa intellektual mulk huquqlarini himoyalashni kuchaytirishga va’da bergan Xitoy hukumati uchun o‘ziga xos sinov bo‘lishi mumkin.

“Sinxua” axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Shanxay sudi Shennon Lidan fastfud tarmog‘iga va yana ikkita kompaniyaga qarshi da’vo arizasini dekabr boshida olgan. Aktyorning qizi tarmoqdan otasi qiyofasidan foydalanishni darhol to‘xtatishni talab qilmoqda.

Real Kungfu logotipida Bryus Lining mashhur qahramonlaridan biriga o‘xshash sariq sport kiyimida bo‘lgan, kung fu ustasi holatida turgan erkak tasvirlangan. O‘z navbatida kompaniya Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntida ushbu tasvir bilan bog‘liq holda unga da’vo arizalari 2004 yildan beri berib kelinishini yozgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rossiya mudofaa vazirining o‘rinbosari hibsga olindi 24 apr, 07:50 1
  • Afg‘onistondagi dalalarga chigirtkalar hujum qildi 23 apr, 21:44 127
  • Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi 23 apr, 20:53 682
  • Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi» 23 apr, 20:00 712
  • Xitoyda poraxo‘r amaldorlarni qidirish bo‘yicha “Tulki ovi” operatsiyasi boshlandi 23 apr, 18:29 189
  • Rossiya dronlari Odessaga hujum qildi: 9 kishi jarohat oldi 23 apr, 15:26 224
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya mudofaa vazirining o‘rinbosari hibsga olindi 24 apr, 07:50 1
  • Organizmda tromb hosil bo‘lganining 10 ta belgisi 24 apr, 07:22 3
  • Ibrohimxalil Yo‘ldoshev: “Biz raqib tanlamaymiz” 24 apr, 07:02 21
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 8
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 23
  • OCHL. Yulduzlarni o‘zida jamlagan "Al Hilol" turnirni tark etdi, "Al Ayn" finalda! 24 apr, 05:38 73
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 180
  • Shomurodovning kelishini bu jamoa muxlislari intizorlik bilan kutmoqda 24 apr, 00:13 385
  • Timur Kapadze: "Raqibimiz Saudiya bo‘ladimi yoki boshqa bir jamoa, biz o‘z maqsadimizga erishishimiz kerak" 23 apr, 23:48 118
  • Vetnam futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekiston — turnir favoriti" 23 apr, 23:20 124
  • Iroq OTJ bosh murabbiyi: "Chorak finalda oson raqib bo‘lmaydi, eng muhimi bor kuchimizni ishga solish" 23 apr, 23:03 93
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston terma jamoasi Vetnam ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi (video) 23 apr, 22:44 144
  • Bo‘limlar