“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 12:34
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar soni bittaga ko‘paydi

26 dek, 13:23 4 348 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar soni bittaga ko‘paydi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Ba’zi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.

Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 9 dekabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2019 yil 14 dekabrda ma’qullangan.

O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 25 dekabrda qabul qilingan «Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida»gi O‘RQ–344-sonli Qonuni 10-moddasining (Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar) birinchi qismi quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirildi:

- «O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy razvedkasining»;
- beshinchi, oltinchi va yettinchi xatboshilar tegishincha oltinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilar deb hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasining hududida tezkor-qidiruv faoliyatini:
- O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining;
- O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining;
- O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining;
- O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining;
- O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining organlari amalga oshiradi.

Boshqa davlat organlari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish taqiqlanadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda birinchi luks sayyohlik poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yildi 19 apr, 12:00 1
  • Telegram orqali soxta havola jo‘natib, o‘zgalar kartasidagi pulni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi 19 apr, 10:44 39
  • Markaziy Osiyo davlatlari 2024 yil yozi uchun Amudaryo va Sirdaryo suvini taqsimlab oldi 18 apr, 21:45 314
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 429
  • O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatildi 18 apr, 17:40 101
  • Toshkentda daraxtga qasd qilgan «maskalilar» qo‘lga olindi 18 apr, 17:23 248
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyada amaldorlarning xorijga chiqishiga cheklovlar kuchaytirilmoqda 19 apr, 11:36 12
  • Ozarbayjon Eronga qarshi hujumda foydalanish uchun Isroilga aerodromlarini topshirdi 19 apr, 11:09 157
  • Telegram orqali soxta havola jo‘natib, o‘zgalar kartasidagi pulni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi 19 apr, 10:44 38
  • “Bayer” klubi mag‘lubiyatsiz seriya bo‘yicha rekord o‘rnatdi 19 apr, 10:24 51
  • Turkiya shimolida 5,6 magnitudali zilzila yuz berdi (video) 19 apr, 10:00 46
  • Isroil dronlar orqali Eronga zarba berdi 19 apr, 09:35 255
  • NASA: Xitoy Oyni o‘ziniki qilib olmoqchi 19 apr, 09:09 129
  • Ibrohimhalil Yo‘ldoshev: "Klubim meni qo‘yib yubormoqchi emasdi, biroq..." 19 apr, 08:50 147
  • Yens Stoltenberg: “Ukraina harbiylar yetishmovchiligi muammosini o‘zi hal qilishi kerak” 19 apr, 08:26 115
  • U-23 Osiyo Kubogi. Qatar Iordaniyaga qarshi bahsda so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi 19 apr, 08:08 88
  • Yevropa ligasi. "Milan" va "Liverpul" musobaqani tark etdi, "Bayer" va "Roma" esa yarim finalda! 19 apr, 07:48 123
  • Shirinliklar yuz terisiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? 19 apr, 07:30 52
  • Bo‘limlar