“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 16:55
ЎЗO‘Z

Andijonlik fuqaroning boshsiz murdasi topilgani haqida prokuratura izohi

24 dek, 11:36 5 463 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Andijonlik fuqaroning boshsiz murdasi topilgani haqida prokuratura izohi Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro I.Nazarovning boshsiz murdasi topilganligi holati bo‘yicha e’lon qilingan xabarlar yuzasidan Andijon viloyat prokuraturasi bayonot berdi.

Qayd etilishicha, Andijon tumani, Beshbo‘ynoq MFY, Beshbo‘ynoq ko‘chasi, 378-uyda yashovchi, 1976 yilda tug‘ilgan fuqaro Nazarov Ibratjon Ikromovichning murdasi «Qoradaryo» daryosining Oltinko‘l tumani, Madaniy mehnat-2 MFY hududidan oqib o‘tuvchi qismidan boshsiz holatda qotillik alomatlari bilan topilgan.

Mazkur holat bo‘yicha to‘plangan hujjatlar asosida joriy yilning 16 dekabr kuni Andijon tumani prokurori tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Shu kunning o‘zida jinoyat ishi viloyat prokuraturasining o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan ish yurituvga olinib, dastlabki tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.

I.Nazarovning o‘limi sabablarini, uning tanasidagi tan jarohatlarining og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy yekspertizasi tayinlanib, dastlabki ma’lumotnomasi olingan va ish hujjatlariga qo‘shilgan. Jinoyat ishi doirasida sudga oid biologik ekspertiza, sudga oid fizik-texnika ekspertizalari tayinlangan.

Bundan tashqari, tergov harakatlari davomida I.Nazarovning jasadi topilgan «Qoradaryo» daryosining Oltinko‘l tumani, Madaniy mehnat-2 MFY hududidan 1,5-2,0 km. yuqori oqimidan noma’lum shaxsga tegishli bo‘lgan odam bosh suyagi topilib, bu bo‘yicha ham sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 31
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 98
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 104
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 51
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 109
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 53
  • So'nggi yangiliklar
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 9
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 19
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 31
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 160
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 172
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 78
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 97
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 48
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 165
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 104
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 298
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 94
  • Bo‘limlar