“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 13:11
ЎЗO‘Z

Facebook Gruziya hukumatiga aloqador yuzlab sahifalarni o‘chirib tashladi

21 dek, 22:23 2 649 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Facebook Gruziya hukumatiga aloqador yuzlab sahifalarni o‘chirib tashladi Facebook kompaniyasi ushbu ijtimoiy tarmoqda Gruziya hukumati va «Gruziya orzusi» hukmron partiyasiga aloqador o‘nlab soxta akkauntlar va yuzlab sahifalar aniqlanganini ma’lum qildi. «Kommersant’»ning yozishicha, umumiy hisobda 39 ta akkaunt, 344 ta sahifa va 13 ta guruh, shuningdek Instagram’dan 22 ta akkaunt o‘chirilgan.

Qayd etilishicha, soxta akkauntlardan mahalliy auditoriyani jalb qilish maqsadida foydalanilgan. Ushbu sahifalar o‘zini yangiliklar manbasi sifatida ko‘rsatgan.

Ular mamlakat ichidagi voqealar va siyosat to‘g‘risida — saylovlar, hukumat ishi, amaldorlar va hokazolar haqida xabarlar joylashtirgan. Muxolifat va mahalliy faollar tashkilotlari faoliyati esa tanqidiy yoritilgan.

«Uning ortida turgan odamlar o‘zlarining kimligini yashirishga harakat qilganiga qaramay, izlanishlarimizda ularning Gruziyadagi ‘Panda’ reklama agentligi va ‘Gruziya orzusi’ boshchiligidagi hukumat bilan aloqadorligini ko‘rsatdi», — deyiladi Facebook bayonotida.

Facebook, shuningdek, misol tariqasida ijtimoiy tarmoqlardagi siyosiy yetakchilar to‘g‘risidagi postlardan skrinshotlarni ham keltirgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rossiya FVV: Crocus'dagi terakt: qurbonlar soni 143 kishiga yetdi 28 mar, 13:10 0
  • Usmonovning shikoyati bo‘yicha Germaniyada ikki prokurorga nisbatan ish ochildi 28 mar, 12:49 0
  • Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda 28 mar, 12:00 1
  • BMT Xavfsizlik kengashi G‘azoda otashkesimni talab qildi. Bu nimani anglatadi? 28 mar, 11:10 21
  • AQSH davlat kotibi Moskvadagi teraktga izoh berdi: «ISHID hamon katta tahdid bo‘lib turibdi» 28 mar, 10:44 34
  • Putin «Crocus City Hall»dagi terakt tufayli oliy martabali kuchishlatarlarning iste’fosini tayyorlamoqda 28 mar, 09:48 188
  • So'nggi yangiliklar
  • Usmonovning shikoyati bo‘yicha Germaniyada ikki prokurorga nisbatan ish ochildi 28 mar, 12:49 0
  • Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda 28 mar, 12:00 0
  • Toshkentda o‘quvchisining nomusiga tegmoqchi bo‘lgan musiqa o‘qituvchisi 8 yilga qamaldi 28 mar, 11:39 12
  • BMT Xavfsizlik kengashi G‘azoda otashkesimni talab qildi. Bu nimani anglatadi? 28 mar, 11:10 21
  • AQSH davlat kotibi Moskvadagi teraktga izoh berdi: «ISHID hamon katta tahdid bo‘lib turibdi» 28 mar, 10:44 34
  • Bobur Yo‘ldoshev birinchi rafiqasining vafoti, to‘yga chiqmasligi va yolg‘izligi haqida gapirdi 28 mar, 10:17 160
  • Putin «Crocus City Hall»dagi terakt tufayli oliy martabali kuchishlatarlarning iste’fosini tayyorlamoqda 28 mar, 09:48 188
  • Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi 28 mar, 09:22 31
  • Turkiya harbiylari Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 5 nafar terrorchini yo‘q qildi 28 mar, 08:57 41
  • Amerikalik ekspert: AQSH dunyoni boshqaramiz deb o‘ylaydi 28 mar, 08:22 182
  • Rossiya TIV: G‘arb Ukrainadagi manfaatlari haqida ochiqchasiga gapirdi 28 mar, 07:47 252
  • Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi 28 mar, 07:13 218
  • Bo‘limlar