“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 19:54
ЎЗO‘Z

Saylovlarda ovoz berish tartibini bilasizmi?

19 dek, 10:30 2 858 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Saylovlarda ovoz berish tartibini bilasizmi? “Huquqiy axborot” kanali yurtimizda 22 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi, viloyat, shahar va tumanlar kengashlariga saylovlarda ovoz berish tartibi haqida ma’lumotnoma tayyorladi.

1. Ovoz berish vaqti va joyini qayerdan bilsa bo‘ladi?
Bu haqda uchastka saylov komissiyasi saylovchilarni saylovdan kamida 10 kun oldin xabardor qiladi.

2. Ovoz berish qachon o‘tkaziladi?
Saylov kuni (22 dekabr) soat 8.00 dan 20.00 gacha ovoz berish mumkin.

3. Ovoz berish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat shartmi?
Ha, shart. Saylovchi uchastka saylov komissiyasining a’zosiga o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatib, saylovchilar ro‘yxatiga imzo qo‘ygandan so‘ng unga saylov byulleteni beriladi.

4. Fuqaroning familiyasi saylovchilar ro‘yxatida bo‘lmasa, nima bo‘ladi?
Bunday holda saylovchi shaxsi, fuqaroligi va yashash joyini tasdiqlovchi hujjati asosida saylovchilar ro‘yxatining ilovasiga kiritiladi va unga saylov byulleteni beriladi.

5. Ovoz berish vaqtida saylov byulleteni buzib qo‘yilsa-chi?
Saylovchining iltimosiga ko‘ra, yangisiga almashtirilishi mumkin.

6. Ovoz berish xonasiga yaqin qarindoshlar birga kirsa bo‘ladimi?
Ovoz berish xonasida saylov byulletenini to‘ldirish chog‘ida ovoz beruvchi shaxsdan boshqa shaxslarning bo‘lishi taqiqlanadi.

7. Saylovchi byulletenni mustaqil ravishda to‘ldirish imkoniyatiga ega bo‘lmasa-chi?
Bunday holda saylovchi o‘z xohishiga ko‘ra yashirin ovoz berish xonasiga boshqa shaxsni taklif qilishga haqli. Saylov komissiyasi tarkibiga kiradigan shaxslar, kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari bundan mustasno.

8. Vaqtincha yashash joyi bo‘yicha ham saylovda ishtirok etish mumkinmi?
Ha mumkin. Saylov kuniga qadar yoki saylov kuni 18 yoshga to‘lgan fuqarolar doimiy yoki vaqtincha yashash joylaridagi saylov uchastkasida ovoz berishi mumkin.

9. Kasalligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra ovoz berishga kela olmagan saylovchilar nima qiladi?
Tegishli komissiyaning kamida 2 nafar a’zosi ko‘chma saylov qutisi bilan saylovchining turgan joyiga boradi.

10. Kimlar ovoz berish huquqiga ega emas?
- sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan;
- og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganligi uchun sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 0
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 110
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 151
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 123
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 58
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 116
  • So'nggi yangiliklar
  • Qirg‘izistonda hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurish» taqiqlandi 26 apr, 18:57 0
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 2
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 0
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 0
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 20
  • UFC Arman Sarukyanni promoushendan chetlatishi mumkin 26 apr, 17:01 9
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 58
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 84
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 89
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 51
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 110
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 243
  • Bo‘limlar