“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2024, 13:23
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda 10ta nodavlat OTM tashkil etiladi

14 dek, 10:45 2 679 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda 10ta nodavlat OTM tashkil etiladi Foto: Shutterstock
O‘zbekistonda 10ta nodavlat, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida oliy ta’lim muassasalari tashkil etiladi. Bu haqda Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturida aytilgan.

Qayd etilishicha, bunda tegishli amaliy chora-tadbirlar 2020 yil dekabrga qadar ishlab chiqilishi lozim. Ijro uchun mas’ullar - Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Majidov), Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Transport vazirligi (Mahkamov), Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (Soliyev), Davlat-xususiy sheriklik agentligi (Xoljigidov).

Shuningdek, davlat-xususiy sheriklik masalalari bo‘yicha davlat organlari, mahalliy konsalting kompaniyalari, banklar, investorlar va boshqa tashkilotlar uchun, jumladan xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlikda tajribali xorijlik mutaxassislarni jalb qilgan holda, seminar-treninglar va davra suhbatlari tashkil etiladi.

Sog‘liqni saqlash tizimida tibbiy asboblarni sterilizatsiya qilish va tibbiyot chiqindilarini utilizatsiya qilish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish ham ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, sog‘liqni saqlash, ta’lim, transport, yo‘l qurilishi va kommunal xo‘jaligi yo‘nalishlarida iqtisodiy, ijtimoiy va infratuzilmaviy vazifalarni hal etishga qaratilgan, xususiy investitsiyalarni jalb etish asosida amalga oshiriladigan tadbirlar sonini ko‘paytirish, bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni jadallashtirish mo‘ljallanmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron O‘zbekistonga keldi 23 apr, 13:18 0
  • Denovdan Toshkentga qarab «yo‘lga chiqqan» sifatsiz go‘sht to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:31 0
  • Tojikiston va Qirg‘izistondan o‘tkazilgan giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:08 0
  • Kreditni qaytarmagan tadbirkor 1,6 mlrd. so‘mlik binosidan ayrildi 23 apr, 10:48 23
  • Xorazmda o‘z tanishini uyiga chaqirib, o‘ldirgan ayol qamoqqa olindi 22 apr, 23:59 363
  • AQSH Toshkent shahri bo‘ylab havo sifatini monitoring qiladigan sensorlar o‘rnatadi 22 apr, 22:30 32
  • So'nggi yangiliklar
  • Ashurmatovning haydalishi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda 23 apr, 12:51 0
  • Denovdan Toshkentga qarab «yo‘lga chiqqan» sifatsiz go‘sht to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:31 0
  • Tojikiston va Qirg‘izistondan o‘tkazilgan giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:08 0
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 3
  • Yevrokomissiya TikTok'ga nisbatan ikkinchi tekshiruvni boshladi 23 apr, 11:23 5
  • U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston bugun guruh g‘olibligi uchun o‘ynaydi 23 apr, 11:08 39
  • Kreditni qaytarmagan tadbirkor 1,6 mlrd. so‘mlik binosidan ayrildi 23 apr, 10:48 23
  • Tayvanda o‘nlab kuchli zilzilalar sodir bo‘ldi 23 apr, 10:30 35
  • AEXA rahbari: Eron atom bombasini yaratishga yaqin turibdi 23 apr, 10:04 54
  • Tuya suti kundalik ehtiyojga aylanishi kutilyapti 23 apr, 09:39 108
  • Eron rahbari Raisiy muzokara o‘tkazish uchun Pokistonga keldi 23 apr, 09:16 55
  • Kim Chen Inga atalgan qo‘shiq (video) 23 apr, 08:56 109
  • Bo‘limlar