“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 01:38
ЎЗO‘Z

Dunyodagi eng qudratli flot kimga tegishli?

12 dek, 10:05 6 900 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Dunyodagi eng qudratli flot kimga tegishli? Foto: «RIA Novosti»
«The National Interest» jurnali dunyodagi eng qudratli beshta harbiy-dengiz flotini ma’lum qildi: Ular orasida AQSh, Xitoy, Rossiya, Buyuk Britaniya va Yaponiya bor.

Birinchi o‘rinni Amerika harbiy-dengiz kuchlari egalladi. Maqola muallifining ta’kidlashicha, AQSh dunyodagi har qanday flotdan ko‘ra ko‘proq kemalarga ega.

— Boshqa birorta ham harbiy-dengiz floti AQSh harbiy-dengiz kuchlari kabi bu qadar global qamrovga ega emas. Ular Tinch, Atlantika va Hind okeanlari, shuningdek, O‘rtayer dengizi va Fors ko‘rfazida munatazam harakat qiladi, — deydi u. Amerika floti, nashrning yodga olishicha, 10 ta avianosets, 9 ta desant kemasi, 22 ta kreyser, 62 ta esminets, 17 ta fregat va 72 ta suvosti kemalariga ega.

Ro‘yxatning ikkinchi pog‘onasidan Xitoy harbiy-dengiz floti joy oldi. Xitoy floti rivojlanishiga mamlakat iqtisodiyotining yuksalishi turtki berdi. 1989 yildan buyon mudofaa byudjeti qariyb o‘n baravar oshdi, deb ta’kidlaydi «The National Interest». Ayni vaqtda Xitoy 1 ta avianosets, 3 ta desant transporti, 25 ta esminets, 42 ta fregat, 8 ta atom va taxminan 50 tacha oddiy suvosti kemalari mavjud.

Ro‘yxatdagi uchinchi o‘rinni Rossiya harbiy-dengiz floti egalladi. Muallifning yozishicha, Rossiya an’anaviy ravishda quruqlikdagi qudratli kuch hisoblanishiga qaramay, u sovet flotining kattagina qismini meros qilib olgan. Shu bilan birga, yangi kemalar asta-sekin safga qo‘shilmoqda, shuningdek, eskilari zamonaviylashtirilmoqda. Rossiya floti tarkibida 79 ta yirik kema, jumladan, 1 ta avianosets, 5 ta kreyser, 13 ta esminets va 52 ta suvosti kemasi mavjud.

To‘rtinchi o‘rindan Buyuk Britaniya Qirollik harbiy-dengiz floti joy oldi. Mamlakatning boshqa qurolli kuchlari singari Britaniya floti ham so‘nggi yillarda izchil pasayishga duchor bo‘lmoqda, deb yozadi nashr. Ayni vaqtda Buyuk Britaniya harbiy-dengiz kuchlari 3 ta katta desant kemasi, 19 ta fregat va esminets, 7 ta zarbdor atom suvosti kemasi va 4 ta ballistik raketali suvosti kemasiga egalik qiladi.

Yaponiya mudofaa dengiz kuchlari beshinchi o‘rinni egalladi. Kunchiqar yurt floti tarkibida 114 ta kema, jumladan, 46 ta esminets bor. 16 ta kemadan iborat Yaponiya suvosti floti esa dunyodagi eng yaxshilaridan biri sanaladi, deb yozadi «The National Interest».




Mavzuga oid yangiliklar
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir kishi ushlandi 29 mar, 00:30 1
  • Nima uchun «Krokus»da kerakli pallada xavfsizlik kuchlari yo‘q edi? 29 mar, 00:11 0
  • Zelenskiy: “Agar snaryadlar yetarli bo‘lmasa, Ukraina Rossiya hujumini qaytara olmaydi” 28 mar, 23:45 2
  • Mijozlarni 1,8 mlrd dollarga aldagan kriptovalyuta birjasi asoschisi 25 yilga qamaldi 28 mar, 23:04 16
  • Kirill Budanov: “Rossiya o‘z hududida terakt tayyorlanayotganini kamida bir oy oldin bilgan” 28 mar, 21:56 139
  • Yakuni mavhum bo‘lib borayotgan Ukraina urushi: tarixiy bashorat va yechimlar 28 mar, 21:29 239
  • So'nggi yangiliklar
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir kishi ushlandi 29 mar, 00:30 0
  • Nima uchun «Krokus»da kerakli pallada xavfsizlik kuchlari yo‘q edi? 29 mar, 00:11 0
  • Zelenskiy: “Agar snaryadlar yetarli bo‘lmasa, Ukraina Rossiya hujumini qaytara olmaydi” 28 mar, 23:45 2
  • Meksikadagi matbuot anjumanida butun jamoa ishtirok etib, muxlislardan uzr so‘radi 28 mar, 23:27 5
  • Mijozlarni 1,8 mlrd dollarga aldagan kriptovalyuta birjasi asoschisi 25 yilga qamaldi 28 mar, 23:04 16
  • Futzal. O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda Qirg‘iz Respublikasini mag‘lub etdi 28 mar, 22:56 10
  • Superliga. “Dinamo” “Metallurg” ustidan irodali g‘alabaga erishdi 28 mar, 22:51 19
  • Nima uchun olimlar ayollarga vaqti-vaqti bilan yig‘lab turishni tavsiya qiladi? 28 mar, 22:22 20
  • Kirill Budanov: “Rossiya o‘z hududida terakt tayyorlanayotganini kamida bir oy oldin bilgan” 28 mar, 21:56 139
  • Yakuni mavhum bo‘lib borayotgan Ukraina urushi: tarixiy bashorat va yechimlar 28 mar, 21:29 239
  • Jahon banki: O‘zbekiston iqtisodiyotidagi gender tenglik 700 ming odamni kambag‘allikdan olib chiqishi mumkin 28 mar, 21:02 18
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 33
  • Bo‘limlar