“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 09:59
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston adliya vaziri XXR dagi hamkasbi bilan uchrashdi

10 dek, 14:06 2 545 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston adliya vaziri XXR dagi hamkasbi bilan uchrashdi Adliya vaziri Ruslanbek Davletov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi XXR adliya vazirining taklifiga binoan shu kunlarda Xitoyda tashrifda bo‘lib turibdi. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad 9-10 dekabr kunlari Guanchjou shahrida bo‘lib o‘tadigan yuristlarning “Ilmiy-texnik taraqqiyot va yuridik xizmatlar” Global forumida ishtirok etishdir.

Tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R. Davletov va XXR adliya vaziri Fu Chjenxua o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda tomonlar o‘zaro manfaatli bo‘lgan barcha yo‘nalishlarda hamkorlikni mustahkamlashning dolzarb jihatlarini muhokama qildilar.

Uchrashuvda, O‘zbekiston-Xitoy o‘rtasidagi adliya sohasidagi munosabatlar, ikki mamlakat rahbarlarining uchrashuvlari tufayli yangicha rivojlanish tus olayotgani qayd etildi. Masalan, 2018—2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasi va XXR adliya vazirliklari o‘rtasida yuridik xizmatlar sohasida hamkorlik ko‘rish bo‘yicha Amaliy harakatlar rejasi (“Yo‘l xaritasi”) tasdiqlangani to‘g‘risida kelishuv mavjud.

Shu bilan birga xitoylik sarmoyadorlar va ishbilarmonlarga huquqiy hamrohlik qilish hamda ijtimoiy-huquqiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida “Bir kamar, bir yo‘l” loyihasi doirasida doimiy asosda muloqotlar o‘tkazish orqali O‘zbekistonda Xitoyning yuridik kompaniyasining filiallari ochildi.

Do‘stona va konstruktiv muloqot ruhida bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida tomonlar O‘zbekiston va XXR hududlarida ikki davlat tadbirkorlari va fuqarolariga yuridik xizmatlar ko‘rsatish, yuridik kadrlar, sud ekspertizasi, advokatura va notariat bo‘yicha kardlarni tayyorlash hamda huquqiy axborotlarni tarqatish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishning muhim ahamiyatga egaligini qayd etdilar. Uchrashuv yakuni bo‘yicha Toshkentda o‘tgan avvalgi uchrashuvda tasdiqlangan harakatlar rejasini birgalikda to‘la amalga oshirish to‘g‘risidagi kelishuvga erishildi.

Ma’lumot uchun: Yuristlarning “Ilmiy-texnik taraqqiyot va yuridik xizmatlar” Global forumi – XXR dagi ilk keng qamrovli tadbir bo‘lib, u Xitoy va xorijiy yuridik tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, xorijiy mamlakatlarning adliya organlari bilan mavjud bo‘lgan aloqalarni sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarishda muhim ahamiyatga ega.

Butunxitoy yuristlar assotsiatsiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, Global forumda davlat organlaridagi yuridik departamentlarning 600 nafardan ziyod yuristlari, xodimlari, xalqaro tashkilotlar vakillari va ekspertlar, jumladan 22 mamlakat adliya vazirlari ishtirok etishi kutilmoqda.
Adliya vazirligining
jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi




Mavzuga oid yangiliklar
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 1
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 2
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 7
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 52
  • O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi 25 apr, 20:12 98
  • Botir Qodirov: “5 yoshimda otamni mendan tortib olishgan” 25 apr, 19:37 366
  • So'nggi yangiliklar
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 0
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 0
  • “Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi 26 apr, 07:35 0
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 7
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 7
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 52
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 126
  • U-23 Osiyo kubogi. Indoneziya Janubiy Koreyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi! 26 apr, 05:43 77
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 182
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 94
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 34
  • Eron futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz" 25 apr, 23:41 50
  • Bo‘limlar