“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 19:39
ЎЗO‘Z

Baxtiyor Ashurmatov yana Superliga klubiga bosh murabbiy bo‘ldi

09 dek, 11:59 2 950 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Baxtiyor Ashurmatov yana Superliga klubiga bosh murabbiy bo‘ldi Baxtiyor Ashurmatov «Qo‘qon-1912» jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

U bu lavozimda yakunlangan mavsum o‘rtasida vaqtincha bosh murabbiy etib tayinlangan Aziz To‘xtaboyev o‘rnida ish boshlaydi.

«Yangi mavsumga jiddiy tarzda tayyorlanishni maqsad qilgan «Qo‘qon-1912» jamoasiga bugun yangi bosh murabbiy tayinlandi. Jamoa rahbariyati o‘zaro muzokaralardan so‘ng yana bir Qo‘qon farzandi, o‘zbek futbolining yaqin o‘tmishdagi yorqin yulduzlaridan biri Baxtiyor A’zamovich Ashurmatovni «Qo‘qon-1912» jamoasi bosh murabbiyi etib tayinladi», deyiladi xabarda.

Bugun jamoa ofisida «Qo‘qon-1912» klubi prezidenti Baxtiyorjon Tolipov hamda Baxtiyor Ashurmatov o‘zaro shartnomaga imzo chekkan.

Eslatib o‘tamiz, Baxtiyor Ashurmatov 2018 yil yozida Olmaliqning OKMK klubiga bosh murabbiy bo‘lgan va klubni O‘zbekiston kubogi g‘olibligi sari boshlab borgan edi. Shundan so‘ng o‘tgan yil dekabrida «Buxoro» bosh murabbiyi qilib tayinlangan va iyul oyi boshida qoniqarsiz natijalar tufayli ishdan bo‘shatilgan edi.

Keyinroq, 2019 yil iyunida «Surxon» bosh murabbiyi etib tayinlangan ushbu mutaxassis bir oy ishlamasdan iste’foga chiqarilgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Iborohimhalil Yo‘ldoshev: "Janubiy Koreya va Yaponiya terma jamoalari Osiyo kubogida favorit" 19 apr, 19:13 0
  • Shomurodov qaytgach «Yuve»dan ko‘proq ochko yig‘ayotgan «Kalyari». «Inter»dan keyin «Yuve» ham to‘xtatiladimi? 19 apr, 18:48 2
  • Isroil Madrimov mutlaq chempion Terens Kroufordga qarshi ringga ko‘tarilishi mumkin 19 apr, 18:28 1
  • Shomurodovning ustoziga maxsus mukofot topshirildi 19 apr, 13:57 171
  • Abbosbek Fayzullayev ushbu reytingda peshqadam! 19 apr, 13:30 226
  • “Bayer” klubi mag‘lubiyatsiz seriya bo‘yicha rekord o‘rnatdi 19 apr, 10:24 137
  • So'nggi yangiliklar
  • Shomurodov qaytgach «Yuve»dan ko‘proq ochko yig‘ayotgan «Kalyari». «Inter»dan keyin «Yuve» ham to‘xtatiladimi? 19 apr, 18:48 1
  • Isroil Madrimov mutlaq chempion Terens Kroufordga qarshi ringga ko‘tarilishi mumkin 19 apr, 18:28 1
  • G‘azodagi urush Isroil iqtisodiyotiga qanday ta’sir qildi? 19 apr, 18:00 2
  • Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega? 19 apr, 17:33 74
  • Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi 19 apr, 17:12 31
  • Toshkentda bolalarning qo‘liga igna va “samorez” sanchgan o‘qituvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 19 apr, 16:48 28
  • Futzal. O‘zbekistonda o‘tadigan jahon chempionatining mezbon shaharlari bilan tanishing (video) 19 apr, 16:32 97
  • Toshkent viloyatida jahl ustida mijozining sochini kalga olib tashlagan sartarosh uzr so‘radi (video) 19 apr, 16:09 75
  • Stavropol o‘lkasida harbiy samolyot quladi (video) 19 apr, 15:48 107
  • Tramp: “Ukrainaning omon qolishi AQSH uchun ham muhim” 19 apr, 15:37 154
  • Shomurodovning ustoziga maxsus mukofot topshirildi 19 apr, 13:57 171
  • Abbosbek Fayzullayev ushbu reytingda peshqadam! 19 apr, 13:30 226
  • Bo‘limlar