“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 23:19
ЎЗO‘Z

KXDR AQSHga “Rojdestvo sovgʻasi” tayyorlayotganini maʼlum qildi

04 dek, 19:55 3 357 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
KXDR AQSHga “Rojdestvo sovgʻasi” tayyorlayotganini maʼlum qildi Foto: REUTERS
Shimoliy Koreya tashqi ishlar vazirligi Vashington Pxenyandan “Rojdestvo sovgʻasi” olishi mumkinligini maʼlum qildi. Bu haqda CNN telekanali xabar berdi.

KXDR tashqi ishlar vaziri Ri Txe Son ana shunday bayonot bilan chiqdi. U AQSHni denuklearizatsiya boʻyicha muzokaralarni choʻzishda va amerikalik siyosatchilarni bu muzokaralardan oʻz maqsadlarida foydalanishda aybladi.

“AQSH reklama qilgan muloqot aslida KXDRni bu muloqotga olib kirish va undan saylov kampaniyasi davomida oʻz siyosiy maqsadlarida foydalanish uchun qilingan ahmoqona hiyladan boshqa narsa emas”, - dedi Ri Txe Son.

“Rojdestvoga qanday sovgʻa olish Qoʻshma Shtatlarning oʻziga bogʻliq”, - deb qoʻshib qoʻydi diplomat.

Ri Txe Sonning bayonotidan bir necha soat keyin AQSHning Shimoliy Koreya boʻyicha maxsus vakili Stiven Bigan Vashington yadroviy qurolsizlanish boʻyicha Pxenyan bilan muzokaralardan voz kechmasligini maʼlum qildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qirg‘iziston hukumati O‘zbekiston hududida joylashgan Barak eksklavi aholisini ko‘chirishni yakunladi 19 apr, 22:56 1
  • Germaniya va Polsha aviakompaniyalari Tel-Avivga reyslarni bekor qildi 19 apr, 22:30 0
  • Dubayda 50 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari qolib ketgani aniqlandi 19 apr, 21:30 14
  • G‘azodagi urush Isroil iqtisodiyotiga qanday ta’sir qildi? 19 apr, 18:00 179
  • Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega? 19 apr, 17:33 301
  • Stavropol o‘lkasida harbiy samolyot quladi (video) 19 apr, 15:48 219
  • So'nggi yangiliklar
  • Qirg‘iziston hukumati O‘zbekiston hududida joylashgan Barak eksklavi aholisini ko‘chirishni yakunladi 19 apr, 22:56 1
  • Germaniya va Polsha aviakompaniyalari Tel-Avivga reyslarni bekor qildi 19 apr, 22:30 0
  • «Ko‘z o‘ngimizdagi haqiqat». Alonso qaysi jamoani tanlagan? 19 apr, 22:00 1
  • Dubayda 50 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari qolib ketgani aniqlandi 19 apr, 21:30 14
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 30
  • Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi. O‘zbekiston 2-turda Iroqni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi 19 apr, 20:41 97
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 34
  • Mijozning sochini uning xohishiga zid tarzda kalga olib tashlagan sartarosh 10 sutkaga qamaldi 19 apr, 20:29 162
  • Iborohimhalil Yo‘ldoshev: "Janubiy Koreya va Yaponiya terma jamoalari Osiyo kubogida favorit" 19 apr, 19:13 63
  • Shomurodov qaytgach «Yuve»dan ko‘proq ochko yig‘ayotgan «Kalyari». «Inter»dan keyin «Yuve» ham to‘xtatiladimi? 19 apr, 18:48 140
  • Isroil Madrimov mutlaq chempion Terens Kroufordga qarshi ringga ko‘tarilishi mumkin 19 apr, 18:28 50
  • G‘azodagi urush Isroil iqtisodiyotiga qanday ta’sir qildi? 19 apr, 18:00 179
  • Bo‘limlar