“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 11 2024, 07:32
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev Dushanbe shahri raisini qabul qildi

03 dek, 17:00 2 671 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev Dushanbe shahri raisini qabul qildi Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-dekabr kuni Tojikiston Respublikasining poytaxti — Dushanbe shahri raisi Rustam Emomalini qabul qildi. Bu haqda davlatimiz rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv avvalida davlatimiz rahbari Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasidagi doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlari keyingi yillarda izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Ikki qardosh mamlakat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli koʻp qirrali hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish taʼminlangani, Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasida strategik sheriklik yoʻlga qoʻyilgani alohida taʼkidlandi.

Dushanbe shahri raisi Rustam Emomali qabul uchun samimiy minnatdorlik bildirib, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuvda mamlakatlarimiz poytaxtlari Toshkent va Dushanbe oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Shaharni boshqarish va infratuzilmani rivojlantirish, “yoʻl xaritasi” asosida qoʻshma kooperatsiya loyihalari va madaniy-gumanitar hamkorlik dasturlarini amalga oshirish kabi yoʻnalishlarda muntazam muloqotni yoʻlga qoʻyish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Quvayt Xotin-qizlar jamiyati raisi o‘rinbosari: "Shavkat Mirziyoyev BMTning 78-sessiyasida Osiyo xotin-qizlar forumini O‘zbekistonda o‘tkazish tashabbusi bilan chiqqan" 10 мая, 22:36 59
  • Inson huquqlari bo‘yicha Malayziya komissiyasi komissari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan forum haqida nimalar dedi? 10 мая, 22:14 60
  • Belarus ayollar ittifoqi raisi: Belarus va O‘zbekiston ayollari o‘rtasida azaldan do‘stona munosabatlar mavjud 10 мая, 21:47 57
  • Xonanda Shohjahon Jo‘rayevga nisbatan jinoyat ishi ochilgani ma’lum bo‘ldi 10 мая, 19:53 394
  • Samarqandda 8-sinf o‘quvchisi farzandli bo‘ldi 10 мая, 17:37 316
  • Maryam Tillayeva kelajagini O‘zbekistonda ko‘rmasligi haqida so‘zlab berdi 10 мая, 15:12 736
  • So'nggi yangiliklar
  • Rivaldo YECHL finalida "Borussiya" g‘alaba qozonishi sababini aytdi 11 мая, 06:43 0
  • Tishlarni qachon yuvgan ma’qul: nonushtadan avvalmi yoki keyin? 11 мая, 06:00 0
  • Erdo‘g‘on: “Amaldagi konstitutsiya Turkiyaning demokratik tamoyillariga to‘g‘ri kelmaydi” 11 мая, 00:11 38
  • Kuala-Lumpur shahrida terma jamoalar murabbiylari uchun konferensiya o‘tkazildi 10 мая, 23:47 49
  • Xarkiv oblasti chegarasida vaziyat keskin yomonlashdi. Bu haqda nimalar ma’lum? 10 мая, 23:23 273
  • Afg‘onistonda uch million bola to‘yib ovqatlanmaydi 10 мая, 23:00 37
  • Quvayt Xotin-qizlar jamiyati raisi o‘rinbosari: "Shavkat Mirziyoyev BMTning 78-sessiyasida Osiyo xotin-qizlar forumini O‘zbekistonda o‘tkazish tashabbusi bilan chiqqan" 10 мая, 22:36 49
  • AQSHda 9 yoshli bola millionerni uysiz deb o‘ylab, unga bor puli — 1 dollarini berdi 10 мая, 22:36 282
  • Inson huquqlari bo‘yicha Malayziya komissiyasi komissari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan forum haqida nimalar dedi? 10 мая, 22:14 48
  • Belarus ayollar ittifoqi raisi: Belarus va O‘zbekiston ayollari o‘rtasida azaldan do‘stona munosabatlar mavjud 10 мая, 21:47 46
  • General Motors Malibu ishlab chiqarishni to‘xtatadi 10 мая, 21:27 122
  • Islandiyada atmosferadagi ifloslanishni tozalaydigan yirik zavod ish boshladi 10 мая, 21:00 62
  • Bo‘limlar