“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 21:58
ЎЗO‘Z

1,1 million dona pirotexnika vositalarini yashirincha olib kirishga boʻlgan urinish fosh etildi

03 dek, 10:29 3 079 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
1,1 million dona pirotexnika vositalarini yashirincha olib kirishga boʻlgan urinish fosh etildi Yangi yil yaqinlashgani sayin pirotexnika vositalarining savdosi, noqonuniy aylanma yoʻllar orqali olib kirilishi, tashilishi chegara hududlarda tez-tez kuzatila boshlaydi. Shu munosabat bilan pirotexnika vositalari savdosiga qarshi kurashishda chegara hududlardagi bojxona postlari orqali tizimli ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, kuni kecha Fargʻona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati vakillari bilan hamkorlikda pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir oʻtkazishdi. Bu haqda Davlat bojxona qoʻmitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Tezkor tadbir davomida, fuqaro A.T boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli, avtomashina Margʻilon shahri hududida toʻxtatilib, xolislar ishtirokida koʻzdan kechirildi.
Natijada, avtomashina yukxonasi va salonida umumiy qiymati 55,8 million soʻmlik 558 000 dona pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.

Hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Fargʻona tumanida yashovchi fuqaro N.Sh.ning xonadoni belgilangan tartibda xolislar ishtirokida koʻzdan kechirildi.
Tekshiruv jarayonida ushbu xonadonda noqonuniy tarzda umumiy qiymati 69,6 million soʻmlik 571 254 dona pirotexnika vositalari saqlanayotgani aniqlandi.

Oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida 1 129 254 dona pirotexnika vositalarini respublikamiz xududiga yashirincha olib kirishga boʻlgan urinishning oldi olindi
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 1
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 99
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 13
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 49
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 241
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 275
  • So'nggi yangiliklar
  • Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi 24 apr, 20:50 0
  • Gvardiola, Arteta, Enrike: “Barsa”ning ishtahasi “cho‘ntagi”ga to‘g‘ri kelmayapti 24 apr, 20:33 0
  • Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi 24 apr, 20:08 3
  • Ukraina hukumati AQSH tanqidiga uchradi 24 apr, 19:42 24
  • Kreml chechen amaldorining qo‘lga olinishi voqeasiga aralashmaydi 24 apr, 19:17 51
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 97
  • Rossiya mudofaa vaziri ishdan olinishi mumkin 24 apr, 18:26 137
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 13
  • O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan raqib bo‘lishdan qo‘rqqani yo‘q! 24 apr, 17:44 86
  • Xoang An Tuan: "O‘zbekiston terma jamoasi finalga qadar yetib borishiga ishonaman" 24 apr, 17:22 78
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 159
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 148
  • Bo‘limlar