“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 15:38
ЎЗO‘Z

UEFA hakamlik qo‘mitasi vakili: «Ermatov — afsona, sobiq ittifoq davlatlarida uning darajasidagi hakam yo‘q»

01 dek, 22:06 2 658 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
UEFA hakamlik qo‘mitasi vakili: «Ermatov — afsona, sobiq ittifoq davlatlarida uning darajasidagi hakam yo‘q» UEFA hakamlik qo‘mitasi vakili, sobiq xalqaro toifadagi hakam Nikolay Levnikov o‘zbekistonlik hakam Ravshan Ermatov haqida o‘z fikrlarini bildirar ekan uni afsona deb atadi. 2001-2006 yillarda Rossiya hakamlik kengashini boshqargan Levnikov Ermatovdan ko‘p narsa o‘rganish mumkinligini aytdi.

«Ermatov — afsona. Uchta jahon chempionatida ishlash ajoyib natija. Ha, Rossiyada ham yaxshi funksionerlar bor, ammo Ermatov ishtirokida seminar o‘tkazilsa, bu juda foydali bo‘lardi. Gap bilimda emas, tajribada. Ermatov darajasidagi hakam sobiq ittifoq davlatlarida yo‘q.

Ermatov funksionerlikda ham muvaffaqiyatli ishlashi mumkin. Masalan shvetsiyalik hakam Karl-Erik Nilson Shvetsiya futbol ittifoqini boshqargan, u UEFAda vitse-prezident ham hisoblanadi»,— deydi Levnikov.

Ravshan Ermatov O‘FA vitse-prezidenti lavozimida ish boshlagach, birorta o‘yinda hakamlik qilmadi. 27 noyabr kuni uning faoliyatini yakunlagani rasman e’lon qilindi va OFKda bu borada maxsus yig‘ilish ham o‘tkazildi. Ermatov jahon chempionatlarida 11 ta o‘yinni boshqargan va bu borada mutloq rekordchi hisoblanadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Futzal. Osiyo chempionati 1/4 final: Vetnam qanday taslim etildi? (video) 25 apr, 15:06 0
  • Timur Kapadze matbuot anjumanida Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs haqida nimalar dedi? 25 apr, 14:39 3
  • Usmon Toshev: "Shubhasiz, Saudiyani yutishni xohlaymiz" 25 apr, 13:17 75
  • Xose Venansio Lopes: Raqibimiz jahonning eng kuchli terma jamoalaridan biri ekanini yaxshi bilamiz 25 apr, 11:05 141
  • Isroil Madrimov—Terens Krouford boks oqshomining kardi e’lon qilindi 25 apr, 09:48 59
  • Isroil Madrimov: Kroufordni hurmat qilaman, lekin bu mening divizionim 25 apr, 09:29 107
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze matbuot anjumanida Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs haqida nimalar dedi? 25 apr, 14:39 1
  • Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi 25 apr, 14:30 0
  • Tojikistonda 17 yoshli yigitni yashin urdi 25 apr, 14:11 1
  • Ukrainalik model dunyodagi eng uzun sochli ayol sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi 25 apr, 13:43 0
  • Usmon Toshev: "Shubhasiz, Saudiyani yutishni xohlaymiz" 25 apr, 13:17 75
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 21
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 55
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 109
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 50
  • Xose Venansio Lopes: Raqibimiz jahonning eng kuchli terma jamoalaridan biri ekanini yaxshi bilamiz 25 apr, 11:05 141
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 53
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 153
  • Bo‘limlar