“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 14:34
ЎЗO‘Z

Almazbek Atamboyev sudga majburiy ravishda olib kelingani ma’lum qilindi

30 noya, 10:10 3 219 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Almazbek Atamboyev sudga majburiy ravishda olib kelingani ma’lum qilindi Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev Bishkekning Pervomaysk tuman sudiga majburiy ravishda yetkazildi. Bu haqda Atamboyevning advokati Sergey Slesarev ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, Atamboyev qarshilik ko‘rsatmagan.
“U yosh soqchilarni zarbaga qo‘ymaslik uchun qarshilik ko‘rsatmadi. Atamboyev hozir sud majlislari zaliga borishdan bosh tortib, soqchilar xonasida qolmoqda”, deb aytgan Slesarev.

Soqchilarning ta’kidlashicha, Qirg‘izistonning sobiq prezidenti sudga ko‘ngilli tarzda kelgan, unga qarshi kuch qo‘llanmagan. Sudga Atamboyevning tarafdorlari va qarindoshlari ham kelgan.

“Bu chidab bo‘lmas holatdir. Biz bu haqida xabar topgach, shoshilinchda bu yerga keldik. Bugun majlis bo‘lishidan ham bexabarmiz. Sud jarayoni yopiq tartibda o‘tar ekan, jurnalistlarni qo‘yishmayapti. Men otam bilan ko‘rishishga umid qilgandim. Biroq uni yashirincha olib kelishdi va yashirincha olib ketishadi. Unga onam bilan ko‘rishishgagina ruxsat berishdi. Men bilan ko‘rishishni taqiqlashdi. Nima ham qilardim, aqalli otam bilan bir binoda bo‘lganimdan qanoatlanib qolaman”, deb izoh bergan vaziyatga Atamboyevning o‘g‘li Qodir Atamboyev.

Ta’kidlanishicha, Atamboyev sudga jinoiy avtoritet Aziz Batukayevning noqonuniy ozod qilinishi ishi bo‘yicha yig‘ilishga keltirilgan. Biroq yig‘ilish advokatlar ish hujjatlari bilan tanishishlari uchun 6 dekabrga ko‘chirilgan. Atamboyev sudning soqchilar xonasida ma’lum vaqt qolib, so‘ngra tergov izolyatoriga qaytarib olib ketilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 0
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 1
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 1
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 64
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 216
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 74
  • So'nggi yangiliklar
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 1
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 1
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 6
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 21
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 63
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 74
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 215
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 74
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 41
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 90
  • “Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi 26 apr, 07:35 100
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 47
  • Bo‘limlar