“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 11:05
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonning tashqi qarzi YaIMga nisbatan 23,8 foizni tashkil etadi

28 noya, 21:20 3 157 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonning tashqi qarzi YaIMga nisbatan 23,8 foizni tashkil etadi O‘zbekistonning davlat tashqi qarzi YaIMga nisbatan 23,8 foizni tashkil etadi. Bu haqda Moliya vazirligi ma’lumotida aytilgan.

Qayd etilishicha, umumiy davlat qarzi 33,6 foizni tashkil etib, XVJ bahosiga ko‘ra mo‘’tadil darajada hisoblanadi. Dunyo mamlakatlarining umumiy qarzi so‘ngi yillarda jiddiy oshishi kuzatilib, UNCTAD ma’lumotlariga ko‘ra, 2017 yilda 213 trln. dollar yoki YaIMga nisbatan 262 foizni tashkil etgan.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasi bilan birgalikda o‘rta muddatli qarzni boshqarish strategiyasi ilk bora ishlab chiqilgan. Xalqaro ekspertlar yordamida makroiqtisodiy barqarorlik uchun xavfsiz davlat qarzining me’yoriy miqdorlari Xalqaro valyuta jamg‘armasining metodologiyasi asosida hisoblab chiqildi.

O‘zbekiston uchun moliyaviy xavfsiz bo‘lgan davlat qarzi me’yorlari ishlab chiqishda 2030 yilgacha bo‘lgan iqtisodiy o‘sish prognozlari, investitsion talablar, respublika iqtisodiyotining ayrim tashqi va ichki risklarga chidamliligi, so‘mning devalvatsiyasi, O‘zbekistonning eng katta savdo hamkorlari – Rossiya, Qozog‘iston, Xitoy, Turkiyadagi iqtisodiy o‘sish va valyuta tebranishlari, ularning eksport va respublika iqtisodiyotiga ta’siri o‘rganilgani aytiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Jahon banki: O‘zbekiston iqtisodiyotidagi gender tenglik 700 ming odamni kambag‘allikdan olib chiqishi mumkin 28 mar, 21:02 45
  • Prezident nasos va dvigatel ishlab chiqaradigan korxonaga bordi 25 mar, 23:13 73
  • Toshkentda “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi 25 mar, 18:20 64
  • Xalqaro moliya bozori sharhi: Bitcoin narxi pasaydi va boshqa o‘zgarishlar 24 mar, 21:29 57
  • O‘zbekiston meva-sabzavot eksportida eng katta ulushga ega mahsulot ma’lum qilindi 22 mar, 10:08 117
  • Prezident elektr poyezdlar tarmog‘ini kengaytirishga topshiriq berdi 19 mar, 20:07 67
  • So'nggi yangiliklar
  • Shomurodovning ahvoli haqida ma’lumot berildi 29 mar, 10:53 0
  • So‘rovnoma: Nursulton Ro‘ziboyev 1-raunddayoq raqibini "uxlatib" qo‘yadi 29 mar, 10:25 0
  • Ronalduning libosini kiygan taniqli bloger Messiga aloqador restorandan haydab yuborildi 29 mar, 10:02 1
  • Sirdaryoda egizaklarini bir xonali uyga almashtirmoqchi bo‘lgan ota-onaga hukm o‘qildi 29 mar, 09:36 5
  • Qozog‘istonning bir qancha hududlari toshqinlar tufayli suv ostida qoldi 29 mar, 09:08 17
  • O‘zganing fotosuratlari ustiga haqoratli so‘zlar yozib, ijtimoiy tarmoqda tarqatgan ayol ushlandi 29 mar, 08:48 44
  • Shohjahon Ergashev panamalik bokschini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi (video) 29 mar, 08:35 97
  • Oq uy Ukrainaning «Krokus» teraktiga aloqadorligi haqidagi bayonotlarni «targ‘ibot» deb atadi 29 mar, 08:08 64
  • Pavel Durov terror targ‘ibotchilari bloklanayotganini e’lon qildi 29 mar, 07:37 41
  • Qon bosimini dorilarsiz uy sharoitida tushirish yo‘llari 29 mar, 07:07 67
  • Kongo sharqidagi janglar 6 millionga yaqin odamni uylarini tashlab ketishga majbur qildi 29 mar, 06:36 42
  • Nikol Pashinyan: “Armaniston quvg‘indagi Tog‘li Qorabog‘ hukumatini tan olmaydi” 29 mar, 06:00 105
  • Bo‘limlar