“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 09:58
ЎЗO‘Z

Oʻzbekistonda 2021-yilda inflyatsiyani 10 foizgacha pasaytirish maqsadi belgilangan

26 noya, 16:15 3 060 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Oʻzbekistonda 2021-yilda inflyatsiyani 10 foizgacha pasaytirish maqsadi belgilangan Bugun, 26-noyabr kuni, Markaziy bank va Moliya vazirligi tomonidan Pul-kredit siyosatining 2020-2022-yillar uchun moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari hamda prezidentning 2019-yil 18-noyabrdagi “Inflyatsion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich oʻtish orqali pul-kredit siyosatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi farmonida belgilangan talablarni amaliyotga tatbiq etish boʻyicha matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Unda soʻzga chiqqan Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov inflyatsiya, inflyatsion targetlash, pul-kredit siyosati kabi tushunchalarga batafsil toʻxtalib oʻtdi.

“Inflyatsiya - faqat tovar va xizmatlar narxining oʻsishi hamda aholi daromadlari oʻzgarishini ifodalovchi koʻrsatkich emas. Bu keng maʼnodagi iqtisodiy jarayon. Agar inflyatsiyaga maʼlum bir koʻrsatkich deb qaraydigan boʻlsak, biz uni uzoq muddatda barqaror boshqarish mexanizmiga ega boʻlmaymiz”, - dedi Markaziy bank raisi.

Tadbirda berilgan maʼlumotlarga koʻra, mazkur hujjatni ishlab chiqishda Markaziy bank tomonidan asosiy eʼtibor tarkibiy islohotlarning yangi bosqichiga oʻtish davrida inflyatsion targetlash rejimini faol tatbiq etish orqali pul-kredit siyosati sharoitlarini qaratishga qaratildi. Bunda:

- 2023-yildan inflyatsiyaning 5 foizlik doimiy maqsadli koʻrsatkichi (targeti);
- 2021-yilda inflyatsiyani 10 foizgacha pasaytirish maqsadi belgilangan.

Iqtisodiy rivojlanishning asosiy ssenariysiga koʻra 2020-yilda YAIM hajmining real oʻsishi 5,2-5,5 foizni tashkil etishi, 2021-2022-yillarda 5,5-5,8 foizgacha tezlashishi prognoz qilinmoqda.

Asosiy ssenariy boʻyicha yillik inflyatsiya darajasi 2020-yil oxirida 12-13,5 foiz oraligʻida boʻlib, 2021-yilda bir xonali son darajasiga tushadi va 2023-yilda esa asosiy 5 foizlik targetga erishiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi 19 apr, 17:12 97
  • Dollar kursi yangi marra sari yaqinlashmoqda 18 apr, 18:48 210
  • O‘zbekistonda 1 gramm oltin narxi 1 mln so‘mdan oshdi 17 apr, 19:48 131
  • Dollarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 16 apr, 18:57 109
  • O‘zbekistonda xususiy mulk va mulkdorlar huquqlari himoyasi kuchaytiriladi 16 apr, 08:14 73
  • Xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 15 apr, 19:30 213
  • So'nggi yangiliklar
  • “Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi? 20 apr, 08:49 0
  • Toshkentda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi 20 apr, 08:26 0
  • Neymar ijtimoiy tarmoqlarda Mbappeni haqorat qildi 20 apr, 08:13 0
  • Osiyo Kubogi. O‘zbekiston futzal terma jamoasi Iroqni yirik hisobda mag‘lub etdi (video) 20 apr, 07:57 0
  • Pokistonda qurolli hujum oqibatida “Tolibon” yetakchisiga yaqin shaxs o‘ldirildi 20 apr, 07:30 18
  • AQSH Xitoyni Ukrainadagi urushni bilvosita avj oldirayotganlikda aybladi 20 apr, 07:00 25
  • Rossiyaning o‘ndan ortiq mintaqasida migrantlarning ayrim sohalarda ishlashi taqiqlandi 20 apr, 06:30 49
  • Armaniston chegara delimitatsiyasi natijasida 4 qishloqni Ozarboyjonga qaytardi 20 apr, 06:00 43
  • Janni Infantino: "Bu buyuk mamlakat – O‘zbekistondagi birinchi FIFA turniri bo‘ladi" 20 apr, 02:02 115
  • Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi! 20 apr, 01:59 202
  • A Seriya. Dastlab ikkita gol urgan "Kalyari" yakunda "Yuventus" bilan durang qayd etdi 20 apr, 01:52 264
  • Shomurodov kutilmagan ishga qo‘l urdi 20 apr, 01:16 517
  • Bo‘limlar