“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 20:40
ЎЗO‘Z

Turkiyaning Antaliya shahri xorijlik turistlarni qabul qilish bo‘yicha rekord o‘rnatdi

26 noya, 12:06 4 772 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Turkiyaning Antaliya shahri xorijlik turistlarni qabul qilish bo‘yicha rekord o‘rnatdi Turkiyaning Antaliya shahri o‘z tarixida ilk bora 15,6 million nafar xorijlik sayyohni qabul qildi, deb xabar bermoqda «Interfaks».

«20 noyabr holatiga Antaliya aeroporti 14 million 612 ming turistga, G‘oziposhsho aeroporti 300,9 ming sayyohga xizmat ko‘rsatgan. Xalqaro reyslar orqali shaharga kirib kelgan turistlar soni 14,9 million nafarni tashkil etadi. Antaliya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslar bilan bog‘lanmagan va Istanbul orqali shaharga parvoz qilgan sayyohlar soni esa 600 ming nafar. Shuningdek, Antaliyaga 55 ming nafar turist sayohat katta kemalari orqali yetib kelgan», — deyiladi mahalliy Haberler portali bergan ma’lumotda.

Rossiya Antaliyaga sayyoh yuborish borasida peshqadam. 2019 yilning yanvar—oktyabr oylarida Turkiya viloyatiga 2018 yildagiga nisbatan 16 foizga ko‘p, ya’ni 5,4 million rossiyalik tashrif buyurgan. Umumiy turistlar oqimida Rossiya federatsiyasi turistlarining ulushi 38 foizni tashkil etgan.

Germaniyadan kelib shaharda dam oluvchilar 2,5 million (16 foizga o‘sgan) nafarga yetgan. Bu umumiy turistlar oqimining 18 foizini tashkil etadi. Top-to‘rtlikni Antaliyaga 799 ming nafar sayyoh yuborgan Ukraina va 686 ming nafar fuqarosini dam olgani jo‘natgan Buyuk Britaniya yakunlab bergan.

Polsha, Ruminiya, Chexiya, Shvetsiya, Norvegiya, Fransiya va boshqa davlatlardan keluvchi turistlar oqimi ham sezilarli darajada o‘sgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Istanbulda terakt sodir etgan suriyalik ayol 1794 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi 26 apr, 20:24 0
  • Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi 26 apr, 19:16 1
  • Qirg‘izistonda hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurish» taqiqlandi 26 apr, 18:57 8
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 72
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 124
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 134
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi 26 apr, 19:16 1
  • Qirg‘izistonda hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurish» taqiqlandi 26 apr, 18:57 8
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 11
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 18
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 72
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 46
  • UFC Arman Sarukyanni promoushendan chetlatishi mumkin 26 apr, 17:01 40
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 123
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 128
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 134
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 67
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 143
  • Bo‘limlar