“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 05:59
ЎЗO‘Z

Aholini uy-joy bilan ta’minlashda yangi tizim: Endi uylar to‘liq xususiy sektor tomonidan quriladi

22 noya, 22:02 3 098 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Aholini uy-joy bilan ta’minlashda yangi tizim: Endi uylar to‘liq xususiy sektor tomonidan quriladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 22 noyabr kuni qishloqlar va shaharlarda aholini uy-joy bilan ta’minlashning yangi tizimini joriy etish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

«Aholini munosib turar joy bilan ta’minlash maqsadida oxirgi uch yilda 104 mingta, jumladan, qishloqlarda 63 mingta va shaharlarda 41 mingta xonadonga mo‘ljallangan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi.

Shunga qaramay, bu o‘sib borayotgan aholining talabini to‘liq qondirish uchun yetmayapti. Buni joriy yilning 9 oyida Xalq qabulxonalariga uy-joy masalalari bilan bog‘liq 36 mingdan ziyod murojaat bo‘lganidan anglash mumkin.

Ko‘pchilik uyining sifati talabga javob bermasligidan norozi. Qishloqlarda qurilgan ayrim mavzelar muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanmagan. Ba’zi uylar sotilmay qolgan, ba’zilarining esa krediti to‘lanishi muammoli.

Bu kabi kamchiliklarning sababi shundaki, arzon uylarning barqaror moliyaviy manbasi mavjud emas va asosan byudjet mablag‘lariga bog‘lanib qolgan. Tizimda raqobat to‘la shakllanmagan va xususiy sektor ishtiroki yetarli emas.

Xalqaro tashkilotlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekistonda aholi ehtiyojini to‘la qondirish uchun har yili 145 ming xonadondan iborat uylar qurish kerak. Buning uchun yiliga qariyb 30 trillion so‘m mablag‘ zarur bo‘ladi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Ma’lum qilinishicha, keyingi yildan boshlab, aholini uy-joy bilan ta’minlash borasida yangi tizim joriy etiladi. Endi uylar davlat tomonidan emas, to‘liq xususiy sektor tomonidan quriladi.

Davlat aholiga ipoteka kreditlarini maqbul sharoitlarda berish orqali uy-joyga talabni qo‘llab-quvvatlaydi. Ipoteka kreditlari berish uchun resurslar miqdori banklar va hududlar bo‘yicha cheklanmaydi.

Bu tizim taklif sifatida joylarda muhokama qilinganda, barcha quruvchi-tadbirkorlar uni ijobiy qabul qilgan. Aholining kredit olish imkoniyati kengaytirilsa, narxi hozirgilaridan baland bo‘lmagan, lekin sifati yaxshi uylar qura olishini bildirgan.

Shulardan kelib chiqib, endilikda shaharlarda uy-joy qurilishi quyidagi tartibda amalga oshiriladi.

Birinchidan, tadbirkorlik sub’ektlari o‘z mablag‘i va jalb qilingan mablag‘lar hisobidan poytaxt va shaharlarda yangi tartib asosida 13 ming 750ta kvartirali turar joylar qurilishini amalga oshiradi. Bunday imorat va majmualar loyihasi ham tadbirkorlar tomonidan mustaqil tayyorlanadi.

Ikkinchidan, uy-joy qurish uchun yer maydonlari auksion orqali ajratiladi. Ularni suv va kanalizatsiya tarmoqlariga ulash, avtomobil yo‘llari qurish tadbirkorlik sub’ektlari hamda respublika va mahalliy byudjet mablag‘laridan moliyalashtiriladi.

Uchinchidan, banklar o‘rtasida sog‘lom raqobat bo‘lishi uchun Moliya vazirligi endilikda uylarni xarid qilishga ipoteka krediti bo‘yicha qariyb 3 trillion so‘mga yaqin davlat resurslarini auksion asosida banklarga ajratadi.

Bundan tashqari, ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi tashkil etilib, unga Osiyo taraqqiyot banki mablag‘lari jalb qilinadi, ushbu mablag‘lar ham yangi qurilgan uy-joylarni sotib olishga ipoteka krediti ajratish uchun banklarga qo‘shimcha resurs sifatida joylashtiriladi.

To‘rtinchidan, aholining kam ta’minlangan qatlamini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mutlaqo yangi, eng muhimi, aniq manzilli tizim joriy etiladi. Buning uchun shaharlarda 10 ming 800ta ehtiyojmand oilaga uyning boshlang‘ich badali va kredit foiz xarajatlarini to‘lashi uchun byudjetdan subsidiya ajratiladi. Ushbu subsidiyalar orqali Toshkent shahrida 12 foiz, boshqa hududlarda 10 foizdan yuqori kredit foizlari hamda boshlang‘ich badali qoplab beriladi.

Yig‘ilishda mutasaddi vazirlik va tashkilotlar rahbarlariga yangi tartibda quriladigan uy-joylar uchun yer maydonlarini tanlab, auksionga chiqarish, kreditning yuqori chegarasini hisoblash uchun uylarning bozor qiymati asosidagi o‘rtacha narxini belgilash bo‘yicha topshiriqlar berildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi 25 apr, 20:12 82
  • Botir Qodirov: “5 yoshimda otamni mendan tortib olishgan” 25 apr, 19:37 276
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 139
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 107
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 87
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 103
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 83
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 52
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 17
  • Eron futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz" 25 apr, 23:41 23
  • “Roma” o‘yini ochilib ketgan Shomurodovni qaytaradimi? 25 apr, 23:13 152
  • Ravshan Haydarov: Saudiya Arabistoniga “syurpriz”larimiz bor... 25 apr, 22:46 106
  • U-23 Osiyo kubogi. Qatar Olimpiada yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi, Yaponiya yarim finalda! 25 apr, 22:31 109
  • Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi 25 apr, 22:22 37
  • Fayzullayev Yevropaga qachon ketishi aytildi 25 apr, 21:56 191
  • Ukraina urushda ilk bor AQSHning uzoq masofali ballistik raketalaridan foydalandi 25 apr, 21:30 248
  • AQSHda G‘azodagi urushga qarshi namoyishda qatnashgan yuzlab talabalar hibsga olindi 25 apr, 21:09 69
  • G‘azodagi ommaviy qabrlardagi jasadlarning kamida 20 tasi tiriklay ko‘milgani ma’lum qilindi 25 apr, 20:47 162
  • Bo‘limlar