“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 10:15
ЎЗO‘Z

Facebook o‘z foydalanuvchilari haqida ularning yaqinlaridan ko‘proq ma’lumot biladi

14 yanv, 20:54 8 033 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Facebook o‘z foydalanuvchilari haqida ularning yaqinlaridan ko‘proq ma’lumot biladi Kembrij va Stenford universitetlari o‘tkazgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, Facebook ijtimoiy tarmog‘i o‘z foydalanuvchilarining qiziqishlari haqida ularning yaqinlari yoki do‘stlaridan ko‘proq ma’lumot biladi, ,bu haqda “The Financial Times” nashriga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.

Tadqiqotda 17 ming ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ishtirok etganlar. Tajriba shundan iborat ediki, ijtimoiy tarmoq ma’lum vaqt davomida o‘zining foydalanuvchilarining harakatlarini, shu jumladan, ular qanday sahifalarga, video yoki fotosuratlarga qiziqish bildirishlarini kuzatib borgan.

So‘ngra tadqiqotchilar foydalanuvchilarning yaqinlari va do‘stlarini foydalanuvchi shaxsining asosiy sifatlarini aniqlash uchun qaratilgan, oldindan tayyorlab qo‘yilgan psixologik test savollariga javob berishlarini taklif etgan. Tajriba shuni ko‘rsatdiki, kompyuter dasturi ushbu vazifani foydalanuvchilarning aka-ukalari, opa-singillari, ota-onalari va hattoki turmush o‘rtoqlaridan ko‘ra yaxshiroq bajargan.

Shu tariqa, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchining bor-yo‘g‘i 10 ta “layki” (qaysi kontentga qiziqishi) asosida uning shaxsiga aniq tavsif bera olishi mumkinligi aniqlangan. Sinovdan o‘tayotgan foydalanuvchining oila a’zolariga esa buni aniqlash uchun 150 ta “layk”, er-xotinlar uchun esa umuman 300 ta “layk” kerak bo‘lgan. Tadqiqot Facebook biror inson intellekti darajasining aniq ko‘rsatkichlari, uning jinsiy qiziqishlari va siyosiy qarashlarini aniqlay olishini ko‘rsatgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 41
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 51
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 472
  • Uzcard va Humo terminallari integratsiyasi test rejimida ishga tushirildi 23 apr, 16:31 82
  • Ichki ishlar organlari o‘z faoliyatida dronlardan foydalanishni boshlaydi 22 apr, 17:33 80
  • Biznes imkoniyatingizni kengaytiring 18 apr, 19:00 96
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 4
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 12
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 33
  • “Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi 26 apr, 07:35 40
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 25
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 17
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 98
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 235
  • U-23 Osiyo kubogi. Indoneziya Janubiy Koreyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi! 26 apr, 05:43 125
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 247
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 118
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 41
  • Bo‘limlar