“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 05:31
ЎЗO‘Z

Olimlar choyning sog‘liqqa qanday zarar yetkazishini aniqlashdi

20 noya, 17:48 4 288 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Olimlar choyning sog‘liqqa qanday zarar yetkazishini aniqlashdi Foto: «Cafecaravan.ru»
Ma’lumki, choy chanqoqni qondiradi, qarish jarayonini sekinlashtiradi va qon tomirlarni mustahkamlaydi. Biroq dunyo olimlari choy ichish sog‘liq uchun xavfsiz emas, deb hisoblaydi. Buning o‘ziga yarasha sabablari bor, deb yozadi «Xabar.uz» nashri.

Choy harorati
Britaniyalik jarrohning xulosasiga ko‘ra, kuydiruvchi ichimlikni iste’mol qilish burundan qon ketishga olib keladi.

Eng maqbul harorat — 60 daraja.

Ichimlikning quyuqligi
Angliyada tibbiyot jurnali quyuq choy ichishni yoqtiruvchi odamlarning tarixini chop etdi. Ularning ko‘pchiligi suyaklarining mo‘rtligi hamda tishlarining to‘kilib ketganidan shikoyat qilishgan.

Kuniga 5 piyola choy ichish tavsiya etiladi. Bundan ortig‘i suyak to‘qimasidagi ftorning yuvilib ketishiga sabab bo‘ladi.

Paketchali choy
Kanadalik olimlar paketchali ichimlik tarkibida og‘ir metallar borligini aniqlashdi. Gap shundaki, plantatsiyalar ko‘pincha zararli korxonalar yonida joylashadi.

Paketchali choyni uch daqiqadan ortiq damlamaslik tavsiya etiladi. Choy qancha ko‘p dam yesa, metall zarralari shuncha ko‘p ichimlikka tushadi.
Eng yaxshisi — oq choy ichish: yosh novdadan tayyorlanadi. Barglari zararli moddalarni o‘ziga shimib olishga ulgurmaydi.

Choy va jigar
Giyohli choy bolalar va homilador ayollarning jigari uchun xavfli. Bunga gullaydigan o‘simlik ishlab chiqaradigan toksinlar aybdor. Katta yoshli odam uchun bu moddalar halokatli ta’sir ko‘rsatmaydi. Asosan vazni kamligi bois emizikli go‘daklar va embrionlar aziyat chekishadi.

Choy va temir
Amerikalik olimlar choy ichish bilan temir yetishmasligi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aniqlashdi. Ovqatlangan zahoti choy ichish tavsiya etilmaydi: suyuqlik foydali elementlarni shimib oladi.

Choyni, yaxshisi, ovqatlanishlar orasida ichgan ma’qul.

Uyqusizlik
Choy tetiklashtiruvchi ichimlik hisoblanadi. Shu bois uni ertalab yoki tushda ichgan ma’qul. Kechasi kofein uyquni qochiradi yoki odam uxlashga qiynaladi.
choy, sog'liq, tavsiya




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi 18 apr, 12:22 157
  • Yulduzlar parhezi: tez ozdiradigan uchta ziravor 17 apr, 17:00 116
  • Qulupnayning siz bilmagan 10 ta foydali xususiyati 17 apr, 07:41 137
  • Buni eng irodasizlar ham eplay oladi: Allen Karrning chekishni tashlashda yordam beruvchi “Kashandalikdan qutulishning oson yo‘li” kitobi o‘zbek tilida chop etildi 17 apr, 05:30 117
  • Olimlar keksalikda ham aql-idrokni saqlab qolishning oddiy usullarini aniqladi 16 apr, 21:24 122
  • Hayotda pand bermaydigan 16 ta murakkab, ammo o‘ta muhim ko‘nikmalar 15 apr, 13:22 242
  • So'nggi yangiliklar
  • Geosiyosiy ziddiyatlar: O‘zbekiston pozitsiyasi qanday bo‘lishi kerak? 19 apr, 00:12 94
  • Germaniyada ikki nafar rus josusi qo‘lga olindi 18 apr, 23:50 125
  • Rossiyaning "qashshoqlashayotgan" milliarderlari 18 apr, 23:30 205
  • Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin “Barsa” o‘yinchilari o‘rtasida ziddiyat kelib chiqdi 18 apr, 23:12 260
  • O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari konsert tomosha qildilar 18 apr, 22:53 99
  • Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi 18 apr, 22:30 123
  • Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi 18 apr, 22:11 149
  • Sensatsiya! U23 Osiyo Kubogi 2-turida Indoneziya Avstraliyani mag‘lubiyatga uchratdi 18 apr, 21:49 217
  • Markaziy Osiyo davlatlari 2024 yil yozi uchun Amudaryo va Sirdaryo suvini taqsimlab oldi 18 apr, 21:45 196
  • Og‘abek Sobirov, Munojat Yo‘lchiyeva, Ozodbek Nazarbekov va Yulduz Usmonova «Tojikiston xalq hofizi» bo‘ldi 18 apr, 21:20 164
  • Qirg‘izistonda inson a’zolarini sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh aniqlandi 18 apr, 21:07 218
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 332
  • Bo‘limlar