“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 14:40
ЎЗO‘Z

Falastin bosh murabbiyi O‘zbekistonga mag‘lub bo‘lish sababini aytdi

19 noya, 23:59 3 516 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Falastin bosh murabbiyi O‘zbekistonga mag‘lub bo‘lish sababini aytdi JCh-2022 saralashi doirasidagi O‘zbekiston - Falastin uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Nuriddin Oul Ali ishtirok etdi.
"Birinchi navbatda O‘zbekiston terma jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Raqib jamoaviy o‘yin evaziga g‘olib bo‘ldi. Bizda ko‘plab futbolchilar jarohat olishgan va ularning o‘rnida harakat qilgan o‘yinchilar o‘z darajalarida o‘ynay olishmadi", - dedi bosh murabbiy.

- Falastin terma jamoasi bugun o‘z darajasidan past o‘ynadimi yoki O‘zbekiston birinchi turdagi o‘yinga qaraganda o‘sishga erishganmi?
- 1-turda o‘ynagan ba’zi yetakchilar o‘ynay olishmadi. O‘shalarning o‘rni bilindi.

- So‘nggi 10 daqiqada Falastin hujumkorlikni oshirdi. Bu taktika edimi yoki O‘zbekiston passiv o‘ynadi deb o‘ylaysizmi?
- Oxirgi 10 daqiqada mezbonlar 2:0 hisobida oldinda edi va tabiiyki hujumga o‘tishimiz kerak edi. Bundan tashqari yarim himoyachi o‘rniga hujumchini tushirdik. Bundan tashqari O‘zbekiston ham o‘yin tempini tushirishga urindi.

- O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni bilan o‘ynadinglar. Bu jamoalar o‘rtasidagi farqni ayta olasizmi?
- Ikkisi ham turli uslubdagi jamoalar. O‘zbekiston asosan qanotlardan o‘ynaydi va hujumchiga to‘p yetkazib beriladi. Saudiya Arabistoni esa markazdan o‘ynaydi va qisqa paslarga asoslangan.

- Jamoa bugun mag‘lub bo‘lib keyingi bosqchiga chiqish imkoniyatini deyarli yo‘qotdi. Bu futbolchilarga ruhiy tomonlama ta’sir qilmaydimi?
- Muvaffaqiyatning asosiy sababi qattiq mehnat. Keyingi o‘yinlarda bunga amal qilamiz.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 347
  • U-23 Osiyo kubogi. Indoneziya Janubiy Koreyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi! 26 apr, 05:43 174
  • Eron futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz" 25 apr, 23:41 83
  • “Roma” o‘yini ochilib ketgan Shomurodovni qaytaradimi? 25 apr, 23:13 371
  • Ravshan Haydarov: Saudiya Arabistoniga “syurpriz”larimiz bor... 25 apr, 22:46 276
  • U-23 Osiyo kubogi. Qatar Olimpiada yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi, Yaponiya yarim finalda! 25 apr, 22:31 178
  • So'nggi yangiliklar
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 1
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 1
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 6
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 21
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 63
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 74
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 215
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 74
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 41
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 90
  • “Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi 26 apr, 07:35 100
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 47
  • Bo‘limlar