“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2020, 09:46
ЎЗO‘Z

2019 yilning so‘nggi premeralari (video)

20 noya, 00:16 2 334 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
2019 yilning so‘nggi premeralari (video) Kino ixlosmandarini 2019 yilning so‘nggi ikki oyida qanday premeralar kutmoqda. Bugungi sharhimizda noyabr va dekabr oylarida katta ekran yuzini ko‘radigan filmlar haqida ma’lumot beramiz.

«BIRINChI AVGUST»
Premera:
26 noyabr
Rejissyor Abduvohid G‘aniyev tomonidan suratga olingan «Birinchi avgust» filmida oliy o‘quv yurtiga kirish imtihonlari bilan bog‘liq firibgarliklar nishonga olingan. Kino kartinada bosh qahramon rolini Yigitali Mamajonov gavdalantirgan. Yana bir bosh rol ijrochisi yosh, iste’dodli aktrisa Feruza Yusupova. «Birinchi avgust» filmida ta’lim sohasidagi noqonuniy amallar muammolari ko‘tarilgan. Yigitali Mamajonov test jarayonlarida "parovoz" vazifasini bajaradigan uddaburon obrazida namoyon bo‘ladi.
View this post on Instagram

Oz qoldi... "1 Avgust"

A post shared by Yusupova Banu (@_feruzayusupova) on


«AVLONIY»
Premera:
6 dekabr
Film Tohir Malikning «Qaldirg‘och» asari asosida suratga olingan filmga Muzaffar Erkinov rejissyorlik qilgan. Kartinada Abdulla Avloniyning 1919 yilda Afg‘onistonga qilgan diplomatik safari haqida hikoya qilinadi. Abdulla Avloniy rolini Xorazm teatri aktyori Alisher Yo‘ldoshev ijro etgan. Filmda shuningdek, mahoratli aktyorlardan Matyoqub Matchonov, Muhammadali Abduqunduzov, Abror Yo‘ldoshev, Javohir Zokirovlar ijro mahoratlariga guvoh bo‘lish mumkin. Filmni suratga olish ishlari aprel oyida boshlanib, avgust oyida nihoyasiga yetgan. Tasvirga olish jarayonlari Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Qo‘qon hududlarida bo‘lib o‘tgan
View this post on Instagram

Скоро... "AVLONIY" Исторический фильм про нашего Великого соотечественника АБДУЛЛА АВЛОНИЙ music by @muinzoda #film #films #фильмы #фильма #музыка #трейлер #trailer #filmscoring #muinzoda #musicproduction #soon #Avloniy #Авлоний #uzbekfilm #uzbekkino

A post shared by Abulqosim Muinzoda (@muinzoda) on


«QO‘QON ShAMOLI»
Premera:
20 dekabr
Rejissyor Dilmurod Masaidov tomonidan suratga olingan «Qo‘qon shamoli» nomli tarixiy filmi Qo‘qon xonligining XVIII asr oxiri — XIX asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy hamda adabiy muhiti, o‘sha davr chigalliklari haqida bo‘lib, asosan Qo‘qon xoni Umarxon hamda shoira Nodirabegim hayotidan hikoya qiladi. Filmda bosh rollarni Taniqli aktyor Bobur Yo‘ldoshev, aktyor Ilhom Berdiyev, shuningdek, yosh, umidli aktrisa Rayhon Asatovalar ijro etishgan. Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artistlar Shohida Ismoilova, Gulbaxor Yuldasheva, Hoshim Arslonov, Furqat Baydiyev hamda O‘zbekiston xalq artisti Muhammad Rafiqov boshqa aktyorlar ishtirok etishgan.
View this post on Instagram

"Men xoin emasman onajon, akamga xiyonat qilmadim". "Qo'qon shamoli" tarixiy-detektiv janrdagi film namoyishiga oz qoldi. Film rejissor @masaidovdilmurod, prodyuser @maxmuderkabaev filmi. #QoqonShamoli #TarixiyFilm #Filmuz

A post shared by FILM.UZ ShouBizneS va KINO (@film.uz) on





 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Rayhon va Yigitali Mamajonov o‘g‘illarini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi 01 мая, 12:25
  • Munisa Rizaeva hayotida ro‘y bergan og‘ir ayriliq va Yigitali Mamajonov bilan hamkorligi haqida (Foto va video) 23 noya, 19:19
  • Yigitali va Lola yana birga! 08 sen, 11:48
  • Rayxon va Yigitali: ular haqida Tohir Sodiqov nima dedi? 10 iyul, 11:50
  • Aktrisa Yulduz Rajabova Yigitali Mamajonov bilan munosabatlariga oydinlik kiritdi 01 iyul, 00:32
  • Yigitali Mamajonov: “Men senga borimni berdim, u esa...” 27 apr, 16:41
  • So'nggi yangiliklar
  • Armanistonda kontrrazvedka boshlig‘i va chegara qo‘shinlari qo‘mondoni ishdan olindi 28 okt, 09:00 1
  • O‘zbekistonda qanday bemorlar orasida koronavirusdan o‘lim holati kuzatilmoqda? 28 okt, 08:32 0
  • Koronavirus qachon yanada yuqumli bo‘lishi va og‘ir asoratlarga olib kelishi mumkin? 28 okt, 08:03 1
  • Organizmda COVID-19ning alomatlarsiz kechishi nimaga bog‘liq ekanligi ma’lum bo‘ldi 28 okt, 07:33 149
  • Zidanga yangi ish joyi topildi 28 okt, 07:00 248
  • Rossiyada koronavirusga qarshi ikkinchi vaksinani ishlab chiqarish boshlandi 28 okt, 00:30 299
  • O‘qishni boshlash bo‘yicha qaror qabul qilish vakolati OTMning o‘zida qoldirilishi mumkin 28 okt, 00:05 267
  • Almazbek Atamboyev tergov izolyatoridan axloq-tuzatish koloniyasiga o‘tkaziladi 27 okt, 23:37 381
  • Vadim Abramov "Navbahor" futbolchilariga: O‘ynagisi kelmasa, maydonga tushib nima qiladi? 27 okt, 23:15 509
  • 3 mlrd. so‘mga yaqin kredit qarzi uchun qarzdorning ko‘chmas mulki sotildi 27 okt, 22:50 270
  • Shohjahon Ergashevning navbatdagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi! 27 okt, 22:20 296
  • Hamidjon Aktamov: Meni Babayanga emas, balki uni menga qiyoslanglar! 27 okt, 21:48 371
  • Bo‘limlar