“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2024, 12:23
ЎЗO‘Z

Jizzaxda Milliy gvardiya tomonidan 90 metrli ulkan bayroq namoyish etildi

19 noya, 17:02 10 846 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jizzaxda Milliy gvardiya tomonidan 90 metrli ulkan bayroq namoyish etildi Foto: Milliy gvardiya matbuot xizmati
Toshkent shahri va respublikaning har bir hududida 17—18 noyabr kunlari Milliy gvardiya harbiy otliq otryadlarining «O‘zbekiston Davlat bayrog‘i marshi» bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Zamin.uz»ga Milliy gvardiya matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, marshlar davomida otliqlar otryadi bilan bir qatorda avto va moto bo‘linmalar hamda velosportchilar ishtirokida bayroq baland ko‘tarilgan holda saf yurishlari o‘tkazildi.

Foto: Milliy gvardiya matbuot xizmati
Shuningdek, Jizzax davlat pedogogika instituti akademik litseyi binosida «Bayroqqa sadoqat — Vatanga sadoqat» shiori ostida litsey o‘qituvchilari hamda Jizzax viloyati bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasi harbiy xizmatchi va xodimlaridan tashkil topgan jamoalar o‘rtasida maxsus viktorina o‘tkazildi. Jizzax viloyatining kirib kelish darvozasida esa harbiy xizmatchilar yordamida uzunligi 90 metr, eni 60 metr bo‘lgan davlat bayrog‘i namoyishi tashkil etildi.

Foto: Milliy gvardiya matbuot xizmati
Navoiy viloyatida Milliy gvardiya boshqarmasi hamda bo‘linmalari tomonidan «O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i — faxrim va g‘ururim» shiori ostida yoshlar ishtirokidagi she’rxonlik kechasi va badiiy dasturlarni o‘z ichiga olgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.

Toshkent viloyatida joylashgan Milliy gvardiya bo‘linmasi Yoshlar ittifoqining Qibray tumani kengashi bilan hamkorlikda «Xalq va armiya yakdil» shiori ostida shu tumanda joylashgan 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabida «Yosh gvardiyachi» sport musobaqasini tashkil etdi.

Foto: Milliy gvardiya matbuot xizmati
Termiz shahrida esa «Bayrog‘imiz — faxrimiz, g‘ururimiz» mavzusida yoshlar o‘rtasida yugurish bo‘yicha marafon bo‘lib o‘tdi. Shu bilan birga Milliy gvardiyaning Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Qiziriq tumani hokimligi hamkorligida «Davlat bayrog‘i — mening iftixorim!» shiori ostida tumandagi ta’lim muassasalari o‘quvchilari va mahallalardagi vaqtincha ishsiz yoshlar ishtirokida sportning bir qator turlari bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Bo‘lib o‘tgan bellashuvlardagi barcha g‘oliblar va tadbirlarning faol ishtirokchilari Milliy gvardiya boshqarmalari tomonidan munosib rag‘batlantirilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tojikiston va Qirg‘izistondan o‘tkazilgan giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:08 0
  • Kreditni qaytarmagan tadbirkor 1,6 mlrd. so‘mlik binosidan ayrildi 23 apr, 10:48 23
  • Xorazmda o‘z tanishini uyiga chaqirib, o‘ldirgan ayol qamoqqa olindi 22 apr, 23:59 363
  • AQSH Toshkent shahri bo‘ylab havo sifatini monitoring qiladigan sensorlar o‘rnatadi 22 apr, 22:30 32
  • 23-30 aprel kunlari uchun tezkor axborot e’lon qilindi 22 apr, 22:11 286
  • “Tolibon” O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi 22 apr, 18:32 151
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 3
  • Yevrokomissiya TikTok'ga nisbatan ikkinchi tekshiruvni boshladi 23 apr, 11:23 5
  • U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston bugun guruh g‘olibligi uchun o‘ynaydi 23 apr, 11:08 39
  • Kreditni qaytarmagan tadbirkor 1,6 mlrd. so‘mlik binosidan ayrildi 23 apr, 10:48 23
  • Tayvanda o‘nlab kuchli zilzilalar sodir bo‘ldi 23 apr, 10:30 35
  • AEXA rahbari: Eron atom bombasini yaratishga yaqin turibdi 23 apr, 10:04 53
  • Tuya suti kundalik ehtiyojga aylanishi kutilyapti 23 apr, 09:39 108
  • Eron rahbari Raisiy muzokara o‘tkazish uchun Pokistonga keldi 23 apr, 09:16 55
  • Kim Chen Inga atalgan qo‘shiq (video) 23 apr, 08:56 109
  • Ukraina ma’muriyati may oyida frontdagi vaziyat yomonlashishidan ogohlantirdi 23 apr, 08:30 108
  • Germaniya va Britaniyada Xitoy uchun josuslik qilgan shaxslar hibsga olindi 23 apr, 08:10 29
  • “Inter” derbida “Milan”ni mag‘lub etib, Italiya chempionligini qo‘lga kiritdi 23 apr, 08:05 42
  • Bo‘limlar