“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 22:58
ЎЗO‘Z

Otabek G‘ulomxo‘jayev: "O‘zbekiston U-19 terma jamoasidan ko‘plab futbolchilar Superligada o‘ynay olishadi"

18 noya, 07:08 2 267 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "O‘zbekiston U-19 terma jamoasidan ko‘plab futbolchilar Superligada o‘ynay olishadi" Xabaringiz bor, joriy yilning 6-10 noyabr kunlari Saudiya Arabistonida U-19 Osiyo Chempionati-2020 saralash bahslari o‘tkazildi.
Unda Otabek G‘ulomxo‘jayev boshchiligidagi O‘zbekiston U-19 terma jamoasi ham ishtirok etdi. Vakillarimiz guruhda Hindiston, Afg‘oniston va Saudiya Arabistoni bilan kurash olib borishdi. 7 ochko to‘plagan yoshlarimiz guruhda ikkinchi o‘rinni egallashdi. 2020 yilgi Osiyo chempionati O‘zbekistonda o‘tishi bois terma jamoamiz saralash bahslaridagi natijadan qat’iy nazar yo‘llanmani qo‘lga kiritib bo‘lishgandi. Biz kuni kecha O‘zbekiston futbol Assotsiatsiyasida terma jamoamiz ustozi Otabek G‘ulomxo‘jayev bilan suhbatlashdik.

- Saudiya Arabistoni saralash bahslarini qanday saviyada o‘tkazdi? Tashkilotchilik qanday bo‘ldi?
- Tashkilotchilik juda yaxshi bo‘ldi. Kutib olish, mehmonxona, ovqatlanish barchasi yuqori darajada tashkil etildi. Faqat har doimgidek barcha arab davlatlarida bo‘lgani kabi kichik kamchiliklar bo‘ldi. Masalan, mashg‘ulot o‘tkazish uchun stadionga yetib kelsangiz darvozasi yopiq bo‘ladi. Yoki dastlab bu kiyim almashtirish xonasi sizlarga deyishadi keyin esa kutilmaganda o‘zgarib qoladi.

- Saudiya Arabistonida odatda yil davomida issiq bo‘ladi. Ayni paytda havo harorati qanday ekan?
- Doimgidek issiq, to‘g‘ri biroz shamol bor edi, ammo shamol ham issiq esardi. Taxminan 32-37 daraja issiq. U yerda futbolka, shortiklarda yurdik. Toshkentda esa anchagina sovuq tushib qoldi.

- Hindiston va Afg‘oniston bilan uchrashuvlarda bir xil hisobda g‘alabalarga erishdik. O‘zimizdan nisbatan kuchsizroq jamoalar bilan o‘yinlar qanday o‘tdi?
- Birinchi turda Hindistonga qarshi o‘ynadik. Bu jamoani yaxshi bilardik. Himoyada tartibli harakat qilishlarini kutgan edik. Bizning birinchi maqsadimiz gol o‘tkazmaslik, ikkinchi maqsadimiz esa Hindiston va Afg‘onistonga qarshi bahslarda bor kuchimizni ko‘rsatmaslik edi. Sababi asosiy e’tiborni Saudiya Arabistoniga qaratgan edi. Ularni mag‘lub etishni maqsad qilgandik. Hindiston va Afg‘oniston bilan uchrashuvlarda esa 50 foiz kuch bilan o‘ynadik. Agar Hindiston va Afg‘onistonni solishtiradigan bo‘lsak shaxsan menga Afg‘oniston qiziqarliroq tuyuldi.
Yaqinda Hindiston U-16 terma jamoasi Toshkentdagi Osiyo chempionati saralashida qatnashgandi, menga o‘sha jamoa ko‘proq ma’qul kelgandi. Afg‘oniston Saudiya Arabistoniga juda ham qarshilik ko‘rsatdi. Balki afg‘onistonlik futbolchilarda tajriba yoki mahorat kamroqdir, ammo ularda xohish, istak juda kuchli edi. Ular bilan bitta mehmonxonada yashadik. Futbolchilar bilan gaplashganimizda saralash o‘yinini o‘tkazish uchun Afg‘onistondan uchib ketishgani, 5 daqiqadan keyin o‘sha joyda portlash bo‘lganini aytib berishganida hayratga tushdik va tinch yurtda yashayotganimizga shukur qildik.

- Biz Osiyo chempionati mezboni sifatida yo‘lanmani qo‘lga kiritib bo‘lganmiz, shundan kelib chiqsak oxirgi turda Saudiya Arabistoni bilan bahs prinsipial ahamiyatga ega edimi?
- So‘nggi turdagi bahsga juda ham jiddiy tayyorlandik. 2-turdan so‘ng bizda ham, Saudiya Arabistonida ham 6tadan ochko bor edi. Ular 6 ochko bilan Osiyo chempionatiga chiqa olmasligini juda yaxshi bilardik. Shu bois maqsadimiz ularni yutish edi. Ammo mezbonlar bilan o‘yinda bizga qarshi 11 emas 14 nafar raqib bo‘lishini uchrashuvdan oldingi intervyularimdan ham aytgandim. Hozirgi jamoamda ikki yil oldin O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi safida aynan Saudiya Arabistonidagi saralashda qatnashgan 4-5 nafar futbolchi bor.
O‘shanda mezbonlar terma jamoamizga turli yo‘llar bilan nohaqliklar qilishgan, futbolchilarning asabiga o‘ynashgan, yakunda Dilshod Nuraliyev boshchiligidagi jamoamiz 0:1 hisobida yutqazib qo‘yib Osiyo chempionatiga chiqa olmagandi. O‘sha mag‘lubiyat alami yigitlarning yuragida hamon saqlab qolgandi.

Uchrashuvning dastlabki 15-20 daqiqasi ichida to‘liq ustunlikka ega bo‘ldik, 2-3ta golli vaziyatlar yaratdik, ammo gol ura olmadik. Keyin o‘yin tenglashdi. Shogirdlarimga uchrashuvdan avval jarima maydoni ichida hech qanday keskin harakat qilishmasligini uqtirgandim. Afsuski birinchi taym so‘nggida hakam baribir darvozamiz tomon penalti belgiladi. Bundan tashqari o‘sha vaziyatda hakam Odilbek Abdumajidovga qizil kartochka ko‘rsatdi.
Odilbek faqat o‘zbek va rus tilini biladi, qanday qilib hakamni haqorat qilishi mumkin? Yigitlar tanaffus vaqtida tushkunlikka tushib qolishdi. Xatto yig‘laganlar ham bo‘ldi. Murabbiylar shtabi hamda jamoamiz sardori Abduvohid Ne’matov futbolchilarning ruhini ko‘tara oldi. Ikkinchi taymda 10 kishi bilan ham ustunlikka erishdik, uchrashuvning so‘nggi 15 daqiqasida Saudiya Arabistoni butunlay himoyaga yotib oldi.

- Bugungi kunda U-19 terma jamoasidan ikki nafar futbolchi Abduvohid Ne’matov hamda Jasur Jaloliddinov Superligada o‘ynamoqda. Kelgusi yil yana qaysi futbolchilarda Superligada o‘ynashga potensiali yetadi deb hisoblaysiz?
- Ne’matov va Jaloliddinov qatorida "Qo‘qon-1912"da Hojimat Erkinov ham bor. "Paxtakor" uni ijaraga bergach kam bo‘lsa ham maydonga tushib turibdi. Keyingi yil Superligada ko‘plab futbolchilar o‘ynashi mumkin deb o‘ylayman. Masalan, "Metallurg"dan Davron Anvarov va Odilbek Abdumajidov, "Navbahor"da Muzaffar Olimjonov va darvozabonimiz Islomjon Abdullaxonov bor, "Nasaf"da Alibek Davronov bor, "Bunyodkor"da Ibrohim Ibragimov va Diyorbek Rahimqulov, "Paxtakor"da Ruslan Roziyev va Ibrohimhalil Yuldoshev kabi futbolchilar bor. Terma jamoa uchun qanchalik ko‘p futbolchilar Superliga klublarida o‘ynashsa shuncha yaxshi.

- Saralash bahslari ortda qoldi. Osiyo chempionati o‘zimizda bo‘ladi. Keyingi rejalar tuzib chiqildimi?
- Hozirgina O‘FA Birinchi vitse-prezidenti Ravshan Sayfiddinovich bilan suhbatlashdik. Xabaringiz bor, Osiyo chempionatiga chiqqan 14ta jamoa nomi ma’lum. Saralash bosqichda bitta guruh o‘yinlari hali bo‘lib o‘tgani yo‘q. Ushbu guruhdagi o‘yinlardan so‘ng barcha 16 jamoa nomi aniq bo‘ladi. Noyabr oyi so‘nggiga qadar rejalar tuzib chiqiladi. Qayerlarda yig‘in bo‘ladi, qaysi jamoalar bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazamiz barchasini aniqlab olamiz.

Hozirgi yoshdagi futbolchilar bir ma’romda o‘ynay olishmaydi. Buni to‘g‘ri tushunish lozim. Shu bois saralashga borgan qaysidir futbolchilar keyingi yilgi Osiyo chempionatida qatnashmasligi ham mumkin. Seleksiyani to‘xtatmaymiz. Osiyo chempionatiga qadar teng kuchli ikkita jamoa tuzishga harakat qilamiz.

E’tibor bergan bo‘lsangiz, bu yil faqat avgustdan keyingina xorijda yig‘in o‘tkazdik xolos. Keyingi yil esa imkon qadar xorijda ham, o‘zimizda ham yig‘inlar bo‘ladi va mamlakatimizda o‘tadigan Osiyo chempionatiga munosib tayyorgarlik ko‘ramiz.

Manba: championat.asia




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 0
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 19
  • Dunyoning eng zo‘r bokschisi Krouford nega Madrimovni tanlaganini aytdi 26 apr, 21:28 57
  • U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston final uchun Saudiyadan revansh oldi! (video) 26 apr, 21:20 81
  • UFC Arman Sarukyanni promoushendan chetlatishi mumkin 26 apr, 17:01 66
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 182
  • So'nggi yangiliklar
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 25
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 19
  • Dunyoning eng zo‘r bokschisi Krouford nega Madrimovni tanlaganini aytdi 26 apr, 21:28 56
  • U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston final uchun Saudiyadan revansh oldi! (video) 26 apr, 21:20 81
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 34
  • Istanbulda terakt sodir etgan suriyalik ayol 1794 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi 26 apr, 20:24 55
  • Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi 26 apr, 19:16 55
  • Qirg‘izistonda hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurish» taqiqlandi 26 apr, 18:57 44
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 53
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 30
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 141
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 74
  • Bo‘limlar