“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2024, 14:18
ЎЗO‘Z

Prezident huzurida xorijiy investorlar kengashi tuzildi

15 noya, 23:18 2 566 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident huzurida xorijiy investorlar kengashi tuzildi Kengash tarkibiga xorijiy kompaniya, bank hamda boshqa moliyaviy muassasalar rahbarlari va vakillari kiritiladi.
Prezident qaroriga muvofiq, O‘zbekiston prezidenti huzurida xorijiy investorlar kengashi tuzildi. Kengash prezident huzuridagi maslahat organi hisoblanadi.

Ilg‘or jahon tajribasi va amaliyotlariga tayangan holda hukumatga mamlakatni investitsiyaviy, sanoat-texnologik va innovatsion rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha maslahatlar berish, qulay investitsiya muhitini shakllantirishda ishtirok etish, shuningdek to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilishga ko‘maklashish kengashning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Kengash tarkibi O‘zbekistonda investitsiya va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan xorijiy kompaniyalar, banklar, investitsiyaviy va boshqa tuzilmalar, xalqaro moliya institutlari hamda xorijiy hukumat moliya tashkilotlari, shu jumladan, Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining rahbarlari va vakillari, shuningdek, boshqa ishtirokchilar orasidan shakllantiriladi.

Kengash yalpi majlislari yilda bir marta, oraliq majlislari – yilda kamida ikki marta o‘tkazilishi qayd etilmoqda.
Shuningdek, qaror bilan xorijiy investorlar kengashi to‘g‘risidagi nizom hamda kengashning O‘zbekiston tomoni tarkibi tasdiqlandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 84
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 52
  • O‘zbekistonda 1 km/kv maydonga qancha aholi to‘g‘ri kelishi ma’lum qilindi 15 apr, 12:06 145
  • 15 aprel uchun ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi 14 apr, 18:03 149
  • O‘zbekistonning ayrim hududlarida 13 aprel kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda 12 apr, 13:24 299
  • O‘zbekistonda 11 aprel kuni havo harorati 32 darajagacha ko‘tariladi 10 apr, 13:11 51
  • So'nggi yangiliklar
  • Hindistonni rivojlantirish strategiyasi sun’iy intellekt yordamida yaratildi 18 apr, 13:45 1
  • O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi 18 apr, 13:24 16
  • Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Muhammadsobir Fayzovning qarindoshlari o‘z haqiqatlari bilan bo‘lishdi 18 apr, 12:46 179
  • Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi 18 apr, 12:22 34
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 84
  • Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi 18 apr, 11:33 30
  • Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi» 18 apr, 11:17 59
  • AQSH nashri Isroil va Falastin mojarosi haqidagi yangiliklarda “genotsid” so‘zidan foydalanishni taqiqlab qo‘ydi 18 apr, 10:54 31
  • «Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 18 apr, 10:39 124
  • Bayden Ukraina va Isroilga yordam to‘g‘risidagi qonunlarni qo‘llab-quvvatladi 18 apr, 10:00 86
  • 20 davlat Ukraina uchun yarim millionta o‘q-dori sotib oladi 18 apr, 09:39 86
  • Yevropa komissiyasi raisi: Rossiyaning urushdagi g‘alabasi YEIga juda qimmatga tushadi 18 apr, 09:15 186
  • Bo‘limlar