“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2024, 19:49
ЎЗO‘Z

«Turkuaz» ishi: turkiyalik investorlarning O‘zbekistonga da’vo talablari 90 foizga rad etilgani aytildi

15 noya, 16:10 2 394 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Turkuaz» ishi: turkiyalik investorlarning O‘zbekistonga da’vo talablari 90 foizga rad etilgani aytildi Foto: VeniVidi.ru
2019 yil 4 oktyabrda Investitsion nizolarni hal qilish bo‘yicha xalqaro markaz (ICSID) qoshidagi Arbitraj sudi turkiyalik tadbirkor Vohid Guneshga tegishli bo‘lgan Güneş Tekstil Konfeksiyon Sanayi ve Ticaret Limited Şirketi va boshqalarning O‘zbekiston Respublikasiga qarshi da’vo arizasi bo‘yicha arbitraj ishi yuzasidan qaror chiqardi.

2004-2011 yillarda Toshkentda faoliyat ko‘rsatgan Turkuaz savdo markaziga asos solgan, ayni vaqtda 50 yoshda bo‘lgan turkiyalik Vohid Gunesh 2012 yil aprelida O‘zbekiston hukumati tomonidan musodara qilingan mulklarini qaytarib olib berishini so‘rab, xalqaro arbitraj sudiga murojaat qilgandi. Unga musodara qilingan mol-mulkining kompensatsiyasi sifatida 40 million dollar to‘lanishi kerakligi haqida qaror chiqarildi.

O‘zbekiston Adliya vazirligining ma’lum qilishicha, Arbitraj sudi qarori o‘rganib chiqilgan va vazirlik qator jihatlarga jamoatchilik e’tiborini jalb qilish zarur deb hisoblaydi.
Qayd etilishicha, sud hukumatning da’voning ko‘p jihatlari bo‘yicha pozitsiyasini qo‘llab-quvvatladi va minimal miqdordan tashqari, da’vogarlarning aksariyat talablarini rad etgan.

Bildirilishicha, amalda arbitraj sudi o‘z yurisdiksiyasi yo‘qligini tan olib, mamlakatda «investor» tushunchasi doirasiga kirmaydigan oltita dastlabki da’vogarlardan uchtasining da’vosini rad qildi.

Da’vogarlarning 180 million AQSh dollari miqdoridagi ma’naviy zarar to‘g‘risida bergan da’volari, shuningdek, da’vogarlar tomonidan moddiy zarar miqdorining oshirilgan baholanishi - 66 million AQSh dollaridan ko‘proq - to‘g‘risidagi murojaati to‘liq rad etildi.

Adliya vazirligiga ko‘ra, sud da’vogarlarning shafqatsiz munosabatda bo‘lish haqidagi barcha da’volarini ko‘rib chiqishni rad etdi, shu sababli, Vohid Guneshning bu boradagi barcha bayonotlari bir tomonlama da’volar ekani aytiladi.

Bundan tashqari, sud O‘zbekiston Respublikasining xorijiy investitsiyalar to‘g‘risidagi qonuniga muvofiq, Investitsion nizolarni hal qilish bo‘yicha xalqaro markazga O‘zbekiston Respublikasiga qarshi da’vo arizasi berishga huquqiy asos yo‘qligini tan olgan.

Vazirlikka ko‘ra, sud e’lon qilingan yo‘qotishlarning boshlang‘ich miqdoridan atigi 10 foizi haqida qaror chiqardi, bu 26 million dollarni tashkil etadi (foizlar va xarajatlarni hisobga olmaganda). Ushbu summa faqat Toshkent shahar jinoiy sudining 2011 yilda Vohid Gunesh va boshqa da’vogarlarga qarshi qo‘zg‘atilgan asosiy jinoiy ishdagi hisob-kitoblariga asoslangan. Tribunal da’vogarlar tomonidan berilgan miqdorni spekulyativ va ishonchsiz deb topgani aytiladi.

Shu bilan birga, sud da’vogarlarning investitsiya to‘g‘risida ikki tomonlama bitim O‘zbekiston tomonidan buzilgani to‘g‘risidagi boshqa talablari bo‘yicha xulosalar chiqarmagan.

Hakamlik sudi qarorining talqin qilinishi atrofida kuzatilayotgan axborotlar foni da’vogarlarning O‘zbekiston hududida avvalgi faoliyati bilan bog‘liq faktlarni buzishga urinish ekanini ko‘rsatishi bildirilgan. Ma’lum qilinishicha, da’vogarlar hozirda O‘zbekistonda biznes yuritish uchun to‘siqlarni ko‘rishmayapti.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston hukumati xorijiy investitsiyalarning kirib kelishini qo‘llab-quvvatlaydi va investitsiyalar hamda investorlarning huquqiy himoyasini kafolatlaydi.

Shu bilan birga, xorijiy sarmoyadorlar O‘zbekiston qonunlarini hurmat qilishi va ularga rioya etishi, korrupsiyadan qochishi hamda va soliq to‘lashi kerakligi eslatilgan.

Ma’lumot o‘rnida: Gunesh O‘zbekistonda 2004 yildan 2011 yilgacha savdo bilan shug‘ullangan va «Turkuaz»dan tashqari, «Amir Temur» xiyobonidagi markazga, To‘ytepadagi istirohatgohga, Samarqanddagi savdo markaziga, Olmaliq va Yunusoboddagi do‘konlarga egalik qilgan. 2011 yilda esa uning faoliyatini tekshirish boshlangan, u va turkiyalik hamkorlari qo‘lga olingan, ular soliqdan qochish va «soyadagi iqtisod rivojlanishiga ko‘maklashish»da ayblangan. Keyinchalik ularning mulklari musodara qilingan. Gunesh va uning hamkorlari O‘zbekiston hukumatiga 700 ming dollar to‘lashgach, ularga qarshi ilgari surilgan ayblovlar yumshatilgan, ularning o‘zi mamlakatdan chiqarib yuborilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatildi 18 apr, 17:40 7
  • Toshkentda daraxtga qasd qilgan «maskalilar» qo‘lga olindi 18 apr, 17:23 14
  • Jinoiy ish qo‘zg‘atilgach kelishuvga erishildi 18 apr, 16:48 41
  • O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi 18 apr, 13:24 106
  • Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi 18 apr, 11:33 56
  • «Prava» rasmiylashtirib berishini aytib, fuqarolarni chuv tushirib kelgan shaxs ushlandi 18 apr, 08:34 37
  • So'nggi yangiliklar
  • Biznes imkoniyatingizni kengaytiring 18 apr, 19:00 0
  • Dollar kursi yangi marra sari yaqinlashmoqda 18 apr, 18:48 0
  • Kepaning 5 yil oldin ko‘rsatgan "hunari" bugun "Real"ni yarim finalga olib chiqmoqda 18 apr, 18:25 0
  • Ukraina bosh vaziri: “Agar Rossiya g‘alaba qozonsa, Uchinchi jahon urushi boshlanadi” 18 apr, 18:03 0
  • O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatildi 18 apr, 17:40 7
  • Toshkentda daraxtga qasd qilgan «maskalilar» qo‘lga olindi 18 apr, 17:23 14
  • Gvardiola: «Man Siti» bugun har tomonlama ajoyib edi» 18 apr, 17:07 13
  • Jinoiy ish qo‘zg‘atilgach kelishuvga erishildi 18 apr, 16:48 41
  • Shifokor tavsiyasisiz qabul qilib bo‘lmaydigan 3 xil vitamin 18 apr, 16:23 34
  • Qozog‘istonda suv toshqinlari oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi 18 apr, 16:00 46
  • G7 vazirlari Ukraina va Yaqin Sharqdagi urushlarni muhokama qildi 18 apr, 15:35 29
  • O‘zbekistonlik sportchi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 18 apr, 15:18 33
  • Bo‘limlar