“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 12:14
ЎЗO‘Z

Saudiya Arabistoni murabbiyi Vadim Abramovga: "Jamoang shunchaki dahshat!"

15 noya, 15:45 3 769 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Saudiya Arabistoni murabbiyi Vadim Abramovga: "Jamoang shunchaki dahshat!" Kecha O‘zbekiston milliy terma jamoasi jahon chempionati ikkinchi saralash bosqichidan o‘rin olgan Saudiya Arabistoniga qarshi uchrashuvda alamli mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. Ushbu bellashuvdan keyingi matbuot anjumani tugagach mehmonlar ustozi Vadim Abramovga "jamoang shunchaki daxshat!" degani haqida O‘FA matbuot xizmati rahbari Davron Fayziyev telegramdagi o‘zining sahifasida ma’lum qildi.

Qolaversa, Davron Fayziyev o‘yin haqida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:
- Kecha yutqazdik. Buni qabul qilish va ayniqsa, tushunish qiyin bo‘lyapti. Chunki 94 daqiqa davomida ustunlik bilan o‘ynagan holda yutqazdik. Arablarning 3-golida jiddiy xato qildik. Qolgan vaziyatlar uchun jamoaga e’tiroz bildirib bo‘lmaydi. Pressing, kombinatsiyalar, yakkakurashlar, temp... bor edi, hammasi. Internetdagi fikrlar va stadionni tark etayotgan muxlislar gaplaridan ham shu xulosa tasdig‘ini topdi.

“Shunday o‘yinda qanaqasiga yutqazdik”, asosan shu mazmundagi fikrlar. Abramov bunga - emotsiyalar ustun kelib oxirgi daqiqalarda bitta to‘p farqi bilan yutayotgan joyimizda hujumga yugurish asosiy sabab, deb izoh berdi. To‘g‘ri, lekin vaqt o‘tib himoya tartibga kelib, xatolar kamaygach shu hujumkor uslub bilangina Koreya, Yaponiya, Eronga bas kelish mumkin. Keyingi bosqichda o‘ynasak asosiy vazifa shu tempni saqlab qolib, gol o‘tkazishni kamaytirish. Shuni hal qilishimiz kerak.

Erve Renar o‘yin tugagach bizning murabbiy yoniga alohida kelib “Jamoang shunchaki dahshat!”, deb ketdi. Nima bo‘lganda ham shu kuni jamoani qo‘llab-quvvatlagan, tribunalarni to‘ldirgan minglab va ekran qarshisidagi millionlab muxlislarga rahmat aytish kerak, afsuski bayram taqdim etolmadik. Birinchi davra tugadi, oldinda 4 ta uchrashuv. 4 kundan keyin Falastinni qabul qilamiz va agar yutsak guruhda birinchi o‘ringa qaytamiz, bahorgacha. Shunda Saudiya Arabistonini mehmonda yutish majburiyati qoladi. Boshqa yo‘l yo‘q. Ikkinchi o‘rin biz uchun variant emas, - dedi Davron Fayziyev.
Saudiya Arabistoni, Vadim Abramov




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 308
  • U-23 Osiyo kubogi. Indoneziya Janubiy Koreyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi! 26 apr, 05:43 152
  • Eron futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz" 25 apr, 23:41 75
  • “Roma” o‘yini ochilib ketgan Shomurodovni qaytaradimi? 25 apr, 23:13 354
  • Ravshan Haydarov: Saudiya Arabistoniga “syurpriz”larimiz bor... 25 apr, 22:46 262
  • U-23 Osiyo kubogi. Qatar Olimpiada yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi, Yaponiya yarim finalda! 25 apr, 22:31 169
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 36
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 92
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 44
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 27
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 68
  • “Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi 26 apr, 07:35 77
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 34
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 25
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 133
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 308
  • U-23 Osiyo kubogi. Indoneziya Janubiy Koreyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi! 26 apr, 05:43 152
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 282
  • Bo‘limlar