“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 12:44
ЎЗO‘Z

Ro‘mol haqida «eski va yangi gaplar...»

15 noya, 15:02 6 122 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ro‘mol haqida «eski va yangi gaplar...» O‘tgan asrning 92 – 93-yillarida eshitganim bir suhbat hech esimdan chiqmaydi. “Akademiklar shaharchasi”dan trolleybusga mindim. Odam ko‘p emasdi. Keyingi bekatdan bir ro‘molli qiz chiqdi. Oldimdagi o‘rindiqda ikkita xotin o‘rischalab gaplashib ketishyapti. Haligi qizni ko‘rishi bilan xotinlarning suhbat mavzusi “lirik chekinish” oldi.

– Shunaqa kiyinadiganlar borgan sari ko‘payib ketyapti-a? – dedi bittasi ensasi qotganini yashirmay.
Ikkinchisi shunda bir gap aytdi:
– Qo‘yaver, bularning bori yaxshi, – dedi u. – Agar shunaqalar bo‘p tursa, yer yuzida hayot ham bo‘laveradi. Qiyomat mana shunaqa odamlar qolmaganda keladi...
– Ichimda “uh” deya bir to‘lqinlandim va o‘sha xotinning yuziga yalt etib qaradim. O‘risga o‘xshamaydi. Armani yoki juhud bo‘lsa kerak. Manimcha, juhud-ov. Chunki ular mana shunaqa haqiqatlarni boshqalardan ko‘ra yaxshiroq bilishadi...

Shu bir og‘iz gap bilan hijobli qiz masalasi yopilib, ayollar yana suhbatlariga qaytishdi.
Men esa, hali-hanuz – oradan 25 yillar o‘tib ham – har qachon hijobni yomon ko‘radiganlarni, unga qarshilik qiladiganlarni uchratsam, o‘sha ayolning gapini eslayman...
***
Ishdan qaytdim. Uyga yetib kelib, eshik qoqdim. To‘qqiz yoshli qizim eshikni ochib salom berdi. Alik olib, ostonadan kirdim. Oyoq kiyimimni yechar ekanman, qizim shoshib, shunday dedi: “Dadajon, zalga (katta xonaga) kirmang-a, dugonalarim kelgan, boshyalang o‘ynayabmiz”.

Bola buni o‘z tilida, oddiy qilib aytdi. Lekin bu gap menga boshqacha ta’sir qildi. Shu yoshdan boshyalang dugonlarini rashk qiladigan hayo va ibo bergan Alloh taologa hamd aytdim.

Qizim hijob o‘rab yuradi, maktabga ham hijobda boradi. Dugonalari ham o‘zi tengi, hijobda. Qizimni maqtab yozmayabman. Zotan maqtanadigan narsa ham emas bu. Aytmoqchimanki, yosh go‘daklardagi bu kabi xislatlar aslida ularning sof fitratidir. Men va ayolim ota-ona sifatida qizimizning shu fitratini saqlab, sayqallashga harakat qilamiz xolos.

Hadisi sharifga ko‘ra, aslida har bir go‘dak fitratda tug‘iladi. Keyin uni ota-onasi o‘z diniga ko‘ra tarbiyalaydi. Bola ulg‘aygani sari atrof-muhitdan ta’sirlana boshlaydi. Tarbiya va muhit yomonlashgani sari bola ham o‘z fitratidan uzoqlashib boraveradi. Bolam hali yosh, yoshligida bolaga hamma narsa yarashaveradi, kattaroq bo‘lsa, esi kirib qoladi deb, bolani o‘z holiga tashlab qo‘ygan odam qattiq adashadi.

Xossatan qiz bolani yoshligidan iffatini saqlashga harakat qilish kerak. Kalta-kulta, yarim-yalang‘och kiyimlar kiyishga o‘rgatmaslik lozim. Negaki, qiz bola tabiatan uyalchang va hayoli bo‘ladi. Bu tug‘ma sifat. Agar shu sifat buzilsa yoki yo‘qolsa, bolada andisha, iffat degan to‘siqlar ham yo‘qoladi. Keyin uni qaytadan kasb qilish, shakllantirish juda qiyin. Faqat Alloh taolo nasib qilsagina bo‘ladi.
Ikrom Sharif

Manba: Azon.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 1
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 1
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 1
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 61
  • Mutaxassis Toshkent havosini ifloslantiruvchi asosiy manbalar nima ekanini aytib o‘tdi 23 apr, 21:21 276
  • Bayonot: radar bo‘yicha yangilik noto‘g‘ri talqin qilinmoqda 23 apr, 20:38 158
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 1
  • CNN: AQSHning Ukrainaga yangi harbiy yordami Yevropadagi omborlarda turibdi 24 apr, 11:33 1
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 1
  • Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri Netanyaxuni Gitlerga qiyosladi 24 apr, 10:46 20
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 61
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 33
  • Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston chorakfinalga guruh peshqadami sifatida yo‘l oldi 24 apr, 09:37 55
  • Eshkak eshuvchilar Parij Olimpiadasiga 5 ta litsenziya qo‘lga kiritishdi 24 apr, 09:09 23
  • Rossiya mudofaa vazirining pora olgani aytilayotgan o‘rinbosari aslida kim? 24 apr, 08:40 273
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 24
  • Rossiya mudofaa vazirining o‘rinbosari hibsga olindi 24 apr, 07:50 172
  • Organizmda tromb hosil bo‘lganining 10 ta belgisi 24 apr, 07:22 168
  • Bo‘limlar