“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 23:50
ЎЗO‘Z

1 dollar maosh oladigan prezident

15 noya, 13:30 3 749 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
1 dollar maosh oladigan prezident Foto: «9111.ru»
2018 yili Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy 370 ming dollar ishlab topdi. Shundan 36,5 ming dollarini u mol-mulkini xorijlik Xinui Lig va Siran Songga ijaraga berib qo‘lga kiritgan, deb xabar berdi «Rambler»ga tayanib "Xabar" nashri.

Daromadining asosiy manbai — «Kvartal 95» studiyasi va mol-mulkni ijaraga berish. Er-xotin Zelenskiyning Buyuk Britaniyada dang‘illama uylari, Italiyada ham uyi, Kiyevda ko‘chmas mulklari bor. O‘zi Ukraina prezidentining maoshi unchalik katta emas — taxminan 4,5 million so‘m. Biroq aksariyat mamlakat yetakchilari oylikka yashashmaydi. Mana, masalan, Oq uy rahbari Donald Tramp o‘z maoshini to‘laligicha hayr-ehson qilib yuboradi.

Ukraina yetakchisiga Kiyevdagi bir qancha ko‘chmas mulk ob’ektlari tegishli —maydoni 353 kv.m.ga teng uy (31 ming dollar), maydoni 131 kv.m.ga teng kvartira (28,5 ming dollar), ikkita mashinalar to‘xtash joyi, maydoni 1,2 ming kv.m.ga teng yer, shuningdek, turmush o‘rtog‘i bilan topgan bir nechta kvartiralar.

Ukraina prezidentining xorijda ham mol-mulklari bor. Mana, masalan, er-xotin Zelenskiylarning Italiya va Buyuk Britaniyada hashamatli uy-joylari bor.

Ukraina yetakchisining bank hisob raqamlarida 440 ming dollar mavjud. Bundan tashqari, milliy valyutada ham 1 mln griven (qariyb 41 ming dollar) omonat qo‘ygan. Bundan tashqari, Vladimir Zelenskiy 190 ming dollar va 107 ming yevro naqd pulga ham ega. Shuningdek, 2016 yilda ishlab chiqarilgan «Land Rover» avtomobili unga tegishli.

2017 yilda ham Ukraina prezidenti kam pul ishlab topgani yo‘q — qariyb 7 million griven (300 000 ming dollar atrofida).

Shunga qaramay, o‘tgan deklaratsiyada Vladimir Zelenskiy Italiyadagi maydoni 413 kvadrat metrga teng uyini ko‘rsatmagan: prezident unga «San Tommaso S. R. L.» kompaniyasi orqali egalik qiladi.

Jurnalistlar Zelenskiyga «Nima uchun Italiyaning Forte-dey-Marmi kurort sohilida joylashgan qiymati 3,8 million yevroga teng 15 xonali villa rasmiy deklaratsiyada ko‘rsatilmagan?» degan savol bilan murojaat etishgan. Matbuot anjumanida hali prezidentlikka nomzod bo‘lgan Zelenskiy qisqa va lo‘nda javob bergan: «Nomzodning deklaratsiyasi amaldagi Ukraina qonunchiligiga ko‘ra to‘ldirilgan».

Shunga qaramay, Zelenskiy prezidentlik faoliyatida unchalik ko‘p pul ishlab topmayapti.

Mana, masalan, 2019 yil may oyida Ukraina rahbariga 12 727 griven (taxminan 4,5 million so‘m) miqdorida maosh to‘lashgan. Bunda uning maoshidan soliq va majburiy to‘lovlarga 2 481 griven (taxminan 900 ming so‘m) ushlab qolingan.

Shunga ko‘ra, Zelenskiyning may oyidagi maoshi boshqa siyosatchilar bilan taqqoslaganda ancha kam bo‘lib chiqqan. Masalan, parlament spikeri Zelenskiydan qariyb ikki baravar ko‘p maosh oladi — 22,1 ming grn. Ukrainadagi oddiy xalq deputati ham prezidentdan ko‘p maosh oladi — 19 ming grn.

Pyotr Poroshenko barcha ustamalarini qo‘shib hisoblaganda ham vazirlaridan kamroq maosh olgan. Sobiq prezident maoshi 27 ming griven bo‘lsa, infrastruktura vaziri barcha ustamalari bilan qo‘shib hisoblaganda 63,2 ming grn.ni tashkil etgan.

Biroq Ukraina prezidentining qo‘shimcha pul ishlab topish imkoniyati bor. Qonunga ko‘ra, davlat rahbari dars berishi, ma’ruza qilishi, konsert va seminarlar o‘tkazishi mumkin. Faqat tijoriy faoliyat bilan shug‘ullanish taqiqlanadi.

Umuman olganda, davlat yetakchilari uchun maosh unchalik muhim emas. Misol uchun Donald Tramp — Oq uy rahbarlari orasida eng muvaffaqiyat qozongan kishilardan biri. AQShning 45-prezidenti o‘z biznesini ota kompaniyasida ko‘chmas-mulk bilan bog‘liq bitimlar tuzishdan boshladi, keyinchalik unga o‘z nomini bergan — Trump Organization. Pirovard natijada u o‘zining shousini yo‘lga qo‘yadi. Bundan tashqari, Tramp ixtiyorida golf-klublar tarmog‘i, 1996 yildan 2015 yilgacha u bir nechta go‘zallik tanlovlarini o‘tkazish huquqiga ega bo‘lgan.

Tramp prezident kursisida ishlab topgan pullarini hayr-ehson qiladi. Saylangan zahoti u 400 ming dollarlik maoshidan voz kechishga va’da berdi va yiliga bir dollar kifoya qilishini aytdi. Tramp prezidentlik davrida bor pulidan ham ayrilayotganini ma’lum qildi.

Mana, masalan, Amerika yetakchisi oxirgi yilda «Forbes» jurnalining oktyabr sonida Amerikadagi eng boy kishilar reytingida 16 pog‘onaga pastlagan. Umuman, prezidentlik yillari davomida Tramp 119 pog‘onani boy bergan.

So‘nggi ikki yil ichida Amerika yetakchisining mol-mulki, jurnal hisob-kitoblariga ko‘ra, deyarli o‘zgarmagan bo‘lib, taxminan 3,1 mlrd dollarni tashkil etgan. Bu yil «Forbes»ning top-400 taligida Amerika prezidenti 275-o‘rinda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Chasiv Yar ham xavf ostida. Bu shaharni yo‘qotmaslik Ukraina uchun nega bunchalik muhim? 19 apr, 23:23 0
  • Qirg‘iziston hukumati O‘zbekiston hududida joylashgan Barak eksklavi aholisini ko‘chirishni yakunladi 19 apr, 22:56 1
  • Germaniya va Polsha aviakompaniyalari Tel-Avivga reyslarni bekor qildi 19 apr, 22:30 0
  • Dubayda 50 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari qolib ketgani aniqlandi 19 apr, 21:30 14
  • G‘azodagi urush Isroil iqtisodiyotiga qanday ta’sir qildi? 19 apr, 18:00 179
  • Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega? 19 apr, 17:33 301
  • So'nggi yangiliklar
  • Qirg‘iziston hukumati O‘zbekiston hududida joylashgan Barak eksklavi aholisini ko‘chirishni yakunladi 19 apr, 22:56 1
  • Germaniya va Polsha aviakompaniyalari Tel-Avivga reyslarni bekor qildi 19 apr, 22:30 0
  • «Ko‘z o‘ngimizdagi haqiqat». Alonso qaysi jamoani tanlagan? 19 apr, 22:00 1
  • Dubayda 50 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari qolib ketgani aniqlandi 19 apr, 21:30 14
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 30
  • Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi. O‘zbekiston 2-turda Iroqni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi 19 apr, 20:41 97
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 34
  • Mijozning sochini uning xohishiga zid tarzda kalga olib tashlagan sartarosh 10 sutkaga qamaldi 19 apr, 20:29 162
  • Iborohimhalil Yo‘ldoshev: "Janubiy Koreya va Yaponiya terma jamoalari Osiyo kubogida favorit" 19 apr, 19:13 63
  • Shomurodov qaytgach «Yuve»dan ko‘proq ochko yig‘ayotgan «Kalyari». «Inter»dan keyin «Yuve» ham to‘xtatiladimi? 19 apr, 18:48 140
  • Isroil Madrimov mutlaq chempion Terens Kroufordga qarshi ringga ko‘tarilishi mumkin 19 apr, 18:28 50
  • G‘azodagi urush Isroil iqtisodiyotiga qanday ta’sir qildi? 19 apr, 18:00 179
  • Bo‘limlar