“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 14:20
ЎЗO‘Z

Ahmedov – himoyachi? Bu futbolimizdagi kamchilikmi yoki avantyura?

12 noya, 20:43 2 835 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ahmedov – himoyachi? Bu futbolimizdagi kamchilikmi yoki avantyura? 2011 yilgi Osiyo Kubogida Vadim Abramov Odil Ahmedovni himoya markazida o‘ynatganida bu ko‘pchilik uchun avantyura bo‘lib tuyulgandi. O‘sha turnirga tarkib tanlanganda 23 nafar futbolchining qariyb yarmi yarimhimoyachilar edi va himoyachilar yetishmovchiligi yuzaga kelgandi.

Ammo keyinchalik bu holat futbolda trendga aylandi. Markaziy himoyachi jarohatlanganda «Manchester Yunayted» safida boshqa himoyachi emas Maykl Karrik harakat qildi. «Roma» bir muddat de Rossini markaziy himoyachiga aylantirdi. Maskerano Argentina terma jamoasida yarimhimoyachi bo‘lsa-da, «Barselona»da yillar davomida to‘laqonli markaziy himoyachi sifatida to‘p surdi. Bunday misollar juda ko‘p.

Vadim Abramovdan nega Odil Ahmedovni himoyaga qo‘yilgani haqida so‘ralganida, shunday javob qaytardi: «Odil Ahmedovning markaziy yarimhimoyada o‘ynashi Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yin uchun o‘ylangan rejami? Buni sir tutaman, hozircha Odilning o‘yinidan zavq olib turing».

Shuningdek, bosh murabbiy o‘z vaqtida Frans Bakkenbauer, Lotar Matteus kabi futbolchilarning yarimhimoyadan markaziy himoyaga o‘tkazilishlari oqibatida, Germaniya terma jamoasi chempion bo‘lgani haqida misollar ham keltirgan.

Keling, biroz tarixga murojaat qilamiz. Nolinchi yillar boshigacha, jamoa o‘yinini boshqarish, hujumlarni tashkil qilish uchun «o‘nlik» futbolchilardan foydalanar edilar. Zidan, Badjo, Stoichkov, Xadji kabi futbolchilar ana shunday pleymeyker futbolchilar sanalishar, futbolda bundaylarning qadri juda yuqori edi.

Keyinroq esa, futbol yanada universallashib bordi va tayanch yarimhimoyachilari yelkasiga ko‘proq mas’uliyat tusha boshladi. Bu yerda gap to‘p nazorati orqaga surilganidan emas, aksincha, futbolchilar joylashuvi oldinga qarab siljiganida edi. Avvallari, tayanch yarimhimoyachilari deganda, Gattuzo, Roy Kin kabi yakkakurash qirollari tushunilgan bo‘lsa, asta-sekinlik bilan Klod Makelele, Markus Senna kabi yanada universalroq, to‘pni nazorat qila oladigan tayanch yarimhimoyachilari urfga kira boshlashdi. Hozirga kelib, to‘p bilan muomala qilishda kamchiliklari bo‘lgan, texnikasi yaxshi bo‘lmagan tayanch yarimhimoyachisini topish qiyin.

Bu bir boshlanish edi. Zamonaviy futbolda himoya chizig‘i ancha yuqorida joylasha boshladi, pressing bilan bir qatorda, to‘pni himoyada nazorat qilish va aniq paslar bilan hujumni boshlash eng muhim jihatga aylandi. Pep Gvardiola, Yurgen Klopp kabi murabbiylar himoya blokini ancha yuqoriga siljita olishdi.

Markaziy himoyachilarga bo‘lgan talablar ortdi – endi u yaxshi pozitsiya tanlash, bosh bilan yaxshi o‘ynash, kurashuvchanlik xususiyatlaridan tashqari, to‘p bilan yaxshi muomala qilishi, o‘ziga yarasha dispetcherlik qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Xullas, himoyaning bir necha metrga oldinga chiqishi oqibatida, endi jamoalarda markaziy himoyachilar pleymekerga aylanishdi.

Avvaliga, bu uslubning ishlashi uchun yarimhimoyachilarga murojaat qilingan bo‘lsa, endilikda haqiqiy top-himoyachi bu xislatlarga ham ega bo‘lishi shart. Serxio Ramos, Pike, Virjiyl van Deyk, Mats Hummels kabi himoyachilar yaqin o‘tmishdagi Jeymi Karrager, Fabio Kannavaro va Nemanya Vidich kabi futbolchilardan ancha farq qiladi.

Bu tushunarli. Lekin Abramov yana 8 yil oldingi qarorga qaytganida biroz xavotirim bor.

Birinchidan, yuqorida aytganimdek, bu trend eskirdi, endilikda markaziy himoyachilar shunga yarasha tarbiyalanmoqdalar. Bu degani, O‘zbekistonda mana shunday talablarga javob beruvchi himoyachilarning yo‘qligini anglatadimi? Ya’ni, Abramov uslubiga mos ravishda to‘pni nazorat qilish, hujumlarni aniq paslar bilan boshlab berish bo‘yicha kerakli xususiyatlarni o‘zida jamlagan markaziy himoyachilar yo‘qmi? Klublarda hozir ham tayanch yarimhimoyachilarning himoyada to‘p surayotganini ko‘rib kelmoqdamiz, masalan, Fernandino hozirda «Manchester Siti»da himoyada o‘ynayapti.

Lekin bu majburiy xarakterga ega, Lyaport, Otamendi kabi futbolchilarning jarohati mana shu yo‘lni tanlashga majbur qildi. Lekin biror terma jamoa murabbiyining o‘z o‘yinini mana shunday qaror ustiga qurayotganini ko‘rmayapman. Bu holatning izohi yanada ko‘proq qo‘rqitadi – demak, biz zamonaviy talablarga mos bo‘lgan markaziy himoyachilarni tarbiyalay olmayapmiz. Klublarimiz bugungi trendlardan ancha ortda qolib ketishmoqda. Agar 2011 yilda Ahmedovning markaziy himoyaga ko‘chirilishi xos voqea bo‘lib, Abramov shu orqali, jamoani o‘z uslubiga moslashtirgan bo‘lsa, endilikda, shunchaki, zamonaviy, dunyoda hamma o‘ynab turgan futbolga yaqinlashtirish uchun Ahmedov himoyaga qaytarilyaptimi, degan xulosa paydo bo‘ladi.

Ikkinchidan esa, Ahmedov 8 yilga qaridi, uning tezligi, jismoniy holati ham shunga yarasha o‘zgargani shubhasiz. Mas’uliyatli o‘yinlarda bunday qaror endi rostan ham avantyura bo‘lib qolmaydimi?
Qahramon Aslanov
Vadim Abramov, Odil Ahmedov, himoya




Mavzuga oid yangiliklar
  • Vadim Abramov: "Bunday sifatli va saviyali futbolchiga doim tarkibda joy topiladi" 29 mar, 11:50 102
  • Shomurodovning ahvoli haqida ma’lumot berildi 29 mar, 10:53 236
  • So‘rovnoma: Nursulton Ro‘ziboyev 1-raunddayoq raqibini "uxlatib" qo‘yadi 29 mar, 10:25 122
  • Shohjahon Ergashev panamalik bokschini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi (video) 29 mar, 08:35 223
  • Meksikadagi matbuot anjumanida butun jamoa ishtirok etib, muxlislardan uzr so‘radi 28 mar, 23:27 206
  • Futzal. O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda Qirg‘iz Respublikasini mag‘lub etdi 28 mar, 22:56 95
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda xavfli holat sodir etib, qarama-qarshi harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 29 mar, 13:30 4
  • Muzliklarning erishi Yerning aylanish tezligini o‘zgartirmoqda 29 mar, 13:06 49
  • Polshada Rossiya josuslik tarmog‘i ishi bo‘yicha tintuvlar o‘tkazildi 29 mar, 12:39 38
  • Samsung o‘z tarixidagi eng yaxshi selfi kamerali smartfonni namoyish etdi 29 mar, 12:12 22
  • Vadim Abramov: "Bunday sifatli va saviyali futbolchiga doim tarkibda joy topiladi" 29 mar, 11:50 102
  • Chexiya yevropalik siyosatchilarni Rossiyadan pora olish sxemasini fosh etganini da’vo qilmoqda 29 mar, 11:20 88
  • Shomurodovning ahvoli haqida ma’lumot berildi 29 mar, 10:53 236
  • So‘rovnoma: Nursulton Ro‘ziboyev 1-raunddayoq raqibini "uxlatib" qo‘yadi 29 mar, 10:25 122
  • Ronalduning libosini kiygan taniqli bloger Messiga aloqador restorandan haydab yuborildi 29 mar, 10:02 133
  • Sirdaryoda egizaklarini bir xonali uyga almashtirmoqchi bo‘lgan ota-onaga hukm o‘qildi 29 mar, 09:36 75
  • Qozog‘istonning bir qancha hududlari toshqinlar tufayli suv ostida qoldi 29 mar, 09:08 124
  • O‘zganing fotosuratlari ustiga haqoratli so‘zlar yozib, ijtimoiy tarmoqda tarqatgan ayol ushlandi 29 mar, 08:48 121
  • Bo‘limlar