“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 17:00
ЎЗO‘Z

Ulug‘bek Rahmatullayev "aravakash" bolani izlab topdi, uni Misrga yubormoqchi

11 noya, 08:03 11 271 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ulug‘bek Rahmatullayev "aravakash" bolani izlab topdi, uni Misrga yubormoqchi Oktyabr oyida maktab o‘quvchisi ishtirokida tarqalgan videoni siz ham ko‘rgan bo‘lsangiz kerak...

Unda, jurnalist Hasanboy Sattorov 8-sinf o‘quvchisi Zafardan intervyu olgan edi. Suhbatda ma’lum bo‘lishicha, 14 yashar bolakay allaqachon katta hayotning sinovlaridan o‘tib kelyapti. U bozorda aravakashlik qilib, onasiga ro‘zg‘or tebratishga yordam berayotgani haqida iymanib, ko‘zidagi yoshini yashira olmay gapirib bergandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan ushbu suhbat hech kimni befarq qoldirmadi. Hatto, aksariyat san’atkorlarimiz ham bu bolaning jasorati va oilaparvarligiga tan berishgan. Unga bo‘lgan hurmatini instagram tarmog‘i orqali izhor etganlar ham bo‘ldi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ulug‘bek Rahmatullayev esa uni izlab ham topdi. Va uni oila a’zolari bilan ayni kunlarda bo‘lib o‘tayotgan yakkaxon konsert dasturiga taklif etdi. Ammo xonanda bu bilan chegaralangani yo‘q. U bolakayga Misr davlatining Sharmal Sheyx shahrida 10 kun dam olib kelishi uchun yo‘llanma ham tuhfa etdi. Ammo Zafardan tanlov ham bor. Xohlasa, 10 kunlik sayohatga borishi yoki safar harajati pullarini olishi mumkin. Ixtiyor uning o‘zida.

Nima ham derdik, san’atkorlarimizning sahovatpeshaligiga ko‘z tegmasin!




Mavzuga oid yangiliklar
  • Lezviya bilan badanini kesgan yigit hodisasi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi 28 mar, 16:44 0
  • Jizzaxda ikki rahbar 64 gektar yerni sotayotganda qo‘lga olindi 28 mar, 15:30 10
  • Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi 28 mar, 14:43 23
  • Toshkentda 29 mart kuni «Avtomobilsiz kun» tadbiri o‘tkaziladi 28 mar, 14:24 20
  • Toshkentda o‘quvchisining nomusiga tegmoqchi bo‘lgan musiqa o‘qituvchisi 8 yilga qamaldi 28 mar, 11:39 108
  • Bobur Yo‘ldoshev birinchi rafiqasining vafoti, to‘yga chiqmasligi va yolg‘izligi haqida gapirdi 28 mar, 10:17 416
  • So'nggi yangiliklar
  • Lezviya bilan badanini kesgan yigit hodisasi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi 28 mar, 16:44 0
  • Qandli diabet kasalligida ro‘za tutsa bo‘ladimi? 28 mar, 16:20 0
  • 29 mart kuni O‘zbekiston hududida qanday ob-havo kutilmoqda? 28 mar, 15:53 12
  • Jizzaxda ikki rahbar 64 gektar yerni sotayotganda qo‘lga olindi 28 mar, 15:30 10
  • Rossiya NATO bilan jang qilish niyatidami? Putin nima deb javob berdi? 28 mar, 15:07 106
  • Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi 28 mar, 14:43 23
  • Toshkentda 29 mart kuni «Avtomobilsiz kun» tadbiri o‘tkaziladi 28 mar, 14:24 20
  • AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi 28 mar, 14:00 48
  • Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi? 28 mar, 13:31 288
  • Rossiya FVV: Crocus'dagi terakt: qurbonlar soni 143 kishiga yetdi 28 mar, 13:10 66
  • Usmonovning shikoyati bo‘yicha Germaniyada ikki prokurorga nisbatan ish ochildi 28 mar, 12:49 132
  • Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda 28 mar, 12:00 450
  • Bo‘limlar