“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2024, 21:59
ЎЗO‘Z

Fuqaroga “soqoltoy” deb murojaat qilgan PPX xodimining lavozimi pasaytirildi (video)

11 noya, 07:02 3 226 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Fuqaroga “soqoltoy” deb murojaat qilgan PPX xodimining lavozimi pasaytirildi (video) Ichki ishlar vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan «IIB xodimi soqol qo‘ygan yigitni zo‘rlik bilan bo‘limga olib ketmoqda» sarlavhali maqolaga munosabat bildirdi.

Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, haqiqatan ham joriy yilning 31 oktyabr kuni viloyat IIB Post-patrul va jamoat tartibini saqlash bo‘linmasi xodimi serjant X.Normurodov belgilangan taqsimotga asosan Qarshi shahridagi «Oqtepa fayz baraka» savdo majmuasi (xalq orasida Orzu bozori deb nomlanadi) hududida jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida xizmatga jalb etilgan.

Xizmat jarayonida, savdo majmuasi hududida noqonuniy valyuta savdosi bilan shug‘ullanganligiga gumon qilib, Kasbi tumanida yashovchi 1993 yilda tug‘ilgan F.Axadovni huquqbuzarlik sodir etmasligi to‘g‘risida og‘zaki ravishda ogohlantirib, ushbu joyni tark etishi haqida talab qo‘ygan. O‘z navbatida F.Axadov xodimning so‘zlariga bepisandlik qilganligi oqibatida ular o‘rtasida tortishuv yuzaga kelgan. Shundan so‘ng X.Normurodov fuqaroni shaxsini aniqlash maqsadida, uni, bozor hududidagi tayanch punktiga olib borish uchun patrul avtomashinasiga mindirmoqchi bo‘lganida, F.Axadov qarshilik ko‘rsatgan. Aynan mana shu holat videotasvirda aks ettirilgan.

X.Normurodov fuqaro F.Axadovni avtomashinaning huquqbuzarlarni olib yurish uchun mo‘ljallangan orqa qismiga mindirib, ichki ishlar organlari tayanch punktiga olib borgan. U yerda X.Normurodov F.Axadovning xatti-harakatlari noo‘rinligini, ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunishi uning burchi ekanligini tushuntirgan, shundan so‘ng F.Axadov X.Normurodovdan uzr so‘rab, boshqa bunday holat qaytarilmasligini ta’kidlagan. X.Normurodov o‘z navbatida fuqaroni og‘zaki ogohlantirish bilan cheklanib, huquqbuzarlik holatini xujjatlashtirmasdan F.Axadovga javob berganligi ma’lum bo‘ldi.

Tekshiruv jarayonida X.Normurodov fuqaro F.Axadovni ismini bilmaganligi sababli, uning soqol qo‘yib olganligi uchun unga nisbatan «soqoltoy» deb murojaat qilganligi, diniy e’tiqodi bo‘yicha tahqirlash mazmunida biror bir gap aytmaganligi, fuqaro F.Ahadov ham buni tasdiqlayotganligi aniqlangan.

Xulosaga ko‘ra X.Normurodov fuqarolar bilan muloqot jarayonida kasb madaniyatini tamoyillarini buzganligi, o‘zining xatti-harakatlari tufayli keng jamoatchilikda ichki ishlar organlarining faoliyatiga nisbatan salbiy fikr shakllanishiga sabab bo‘lganligini inobatga olib, intizomiy jazo sifatida lavozimidan chetlatilib quyi tizimga tushirilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Markaziy Osiyo davlatlari 2024 yil yozi uchun Amudaryo va Sirdaryo suvini taqsimlab oldi 18 apr, 21:45 0
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 1
  • O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatildi 18 apr, 17:40 41
  • Toshkentda daraxtga qasd qilgan «maskalilar» qo‘lga olindi 18 apr, 17:23 81
  • Jinoiy ish qo‘zg‘atilgach kelishuvga erishildi 18 apr, 16:48 92
  • O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi 18 apr, 13:24 133
  • So'nggi yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 0
  • Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi? 18 apr, 19:38 59
  • Futzal. Qirg‘izistonliklar amaldagi Osiyo chempionini mag‘lub etishdi 18 apr, 19:19 33
  • Biznes imkoniyatingizni kengaytiring 18 apr, 19:00 11
  • Dollar kursi yangi marra sari yaqinlashmoqda 18 apr, 18:48 31
  • Kepaning 5 yil oldin ko‘rsatgan "hunari" bugun "Real"ni yarim finalga olib chiqmoqda 18 apr, 18:25 75
  • Ukraina bosh vaziri: “Agar Rossiya g‘alaba qozonsa, Uchinchi jahon urushi boshlanadi” 18 apr, 18:03 151
  • O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatildi 18 apr, 17:40 41
  • Toshkentda daraxtga qasd qilgan «maskalilar» qo‘lga olindi 18 apr, 17:23 81
  • Gvardiola: «Man Siti» bugun har tomonlama ajoyib edi» 18 apr, 17:07 46
  • Jinoiy ish qo‘zg‘atilgach kelishuvga erishildi 18 apr, 16:48 92
  • Shifokor tavsiyasisiz qabul qilib bo‘lmaydigan 3 xil vitamin 18 apr, 16:23 63
  • Bo‘limlar