“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 14:06
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston Qirg‘izistonni 3:1 hisobida mag‘lub etdi

09 noya, 18:57 2 541 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston Qirg‘izistonni 3:1 hisobida mag‘lub etdi O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun Toshkentda Qirg‘izistonga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.
"Paxtakor" stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda vakillarimiz 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Vakillarimiz tezkor gol urishning uddasidan chiqishdi.

10-daqiqada Abrorbek Ismoilovning qanotdan paslatib uzatgan to‘pi natijasida Qirg‘iziston terma jamoasi himoyachilari va darvozaboni xatoga yo‘l qo‘ydi va bundan Igor Sergeyev unumli foydalanib ketdi, - 1:0. E’tiborlisi shundaki, Abrorbek Ismoilov shu kuni milliy terma jamoamiz safida debyutini o‘tkazdi.

Goldan keyin ikkala tomonda ham yana vaziyatlar sodir etildi. Biroq Qirg‘iziston 30-daqiqaga kelib muvozanatni tikladi. Burchak to‘pidan keyin himoyamizda yuzaga kelgan xatoliklardan so‘ng Farhod Musobekov to‘p yo‘lladi, - 1:1.

Tanaffusdan keyin Vadim Abramov tarkibda ko‘plab o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Ayniqsa, Dostonbek Hamdarov, Jamshid Iskandarov, Ikrom Aliboyev va Lutfulla To‘rayevlarning safga qo‘shilishi o‘yinimizda o‘zgarish yasadi. Bundan esa Dostonbek Hamdarov 53-daqiqaga kelib unumli foydalandi. U Odil Ahmedovning havolatib uzatgan to‘pini darvozabon qarshisida to‘xtatib, Pavel Matyashni ojiz qoldirdi, - 2:1.

79-daqiqaga kelib esa Hamdamovning uzatmasidan zaxiradan maydonga tushirilgan Jamshid Iskandarov chiroyli tarzda Matyashning ojiz nuqtasini nishonga oldi, - 3:1.
Qolgan vaqt davomida milliy terma jamoamiz ko‘proq ustunlikni o‘z tomonida ushlab turgan bo‘lsa-da, darvozalarga boshqa to‘p kiritilmadi.

Shu tariqa, Vadim Abramov ustozligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘rtoqlik bahsida Qirg‘izistondan ustun keldi, - 3:1.

O‘ZBEKISTON – QIRG‘IZISTON 3:1
Gollar:
Igor Sergeyev 10, - 1:0. Farxat Musabekov 29, - 1:1. Dostonbek Hamdamov 53, - 2:1. Jamshid Iskanderov 80, - 3:1.

O‘zbekiston: 1.Eldorbek Suyunov, 14.Sharof Muhitdinov, 20.Islom To‘xtaxo‘jayev (5.Rustamjon Ashurmatov, 46), 9.Odil Ahmedov, 15.Murod Xolmuhammedov (3.Hojiakbar Alijonov, 64), 7.Odil Hamrobekov (6.Lutfulla To‘rayev, 58), 2.Abror Ismoilov (8.Ikromjon Aliboyev, 46), 13.Sanjar Qodirqulov, 4.Xurshid G‘iyosov (22.Jamshid Iskanderov, 70), 19.Azizbek Turg‘unboyev (17.Dostonbek Hamdamov, 46), 21.Igor Sergeyev.
Zaxira: 12.Sanjar Quvvatov, 16.Abdumavlon Abdujalilov, 23.Oleg Zoteyev, 18.Sardor Sobirxo‘jayev, 10.Jaloliddin Masharipov, 11.Humoyun Murtozayev.

Qirg‘iziston: 1.Pavel Matyash, 3.Tamirlan Kozubayev, 4.Mustafa Yusupov, 8.Guljigit Alikulov, 9.Edgar Bernxardt (20.Baxtiyor Duyshobekov, 63), 10.Mirlan Murzayev (18.Qayrat Jirgalbek Uulu, 63), 11.Bekjan Saginbayev (14.Aleksandr Mishchenko, 63), 12.Odiljon Abdraxmanov, 17.Akramjon Umarov (7.Azamat Baymatov, 74), 19.Vitaliy Lyuks (15.Murolimjon Ahmedov, 7), 21.Farxat Musabekov (23.Ahliddin Isroilov, 64).
Zaxira: 13.Qutman Kadirbekov, 16.Vitaliy Kashuba.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sensatsiya ko‘targan bokschi Bahodir Jalolov oldida “ip esholmadi”, biroq... 28 mar, 00:00 796
  • Eldor Shomurodovning jarohatiga oydinlik kiritildi, lekin... 27 mar, 21:05 644
  • “Bunyodkor” stadionida o‘sha xunuk holat yana takrorlandi 27 mar, 17:43 980
  • Yevro-2024: barcha ishtirokchi jamoalar ma’lum bo‘ldi 27 mar, 07:49 260
  • Gruziya ilk marotaba Yevropa chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 27 mar, 02:20 211
  • O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Qatarni mag‘lubiyatga uchratdi 27 mar, 02:13 455
  • So'nggi yangiliklar
  • Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi? 28 mar, 13:31 75
  • Rossiya FVV: Crocus'dagi terakt: qurbonlar soni 143 kishiga yetdi 28 mar, 13:10 32
  • Usmonovning shikoyati bo‘yicha Germaniyada ikki prokurorga nisbatan ish ochildi 28 mar, 12:49 63
  • Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda 28 mar, 12:00 269
  • Toshkentda o‘quvchisining nomusiga tegmoqchi bo‘lgan musiqa o‘qituvchisi 8 yilga qamaldi 28 mar, 11:39 67
  • BMT Xavfsizlik kengashi G‘azoda otashkesimni talab qildi. Bu nimani anglatadi? 28 mar, 11:10 62
  • AQSH davlat kotibi Moskvadagi teraktga izoh berdi: «ISHID hamon katta tahdid bo‘lib turibdi» 28 mar, 10:44 73
  • Bobur Yo‘ldoshev birinchi rafiqasining vafoti, to‘yga chiqmasligi va yolg‘izligi haqida gapirdi 28 mar, 10:17 289
  • Putin «Crocus City Hall»dagi terakt tufayli oliy martabali kuchishlatarlarning iste’fosini tayyorlamoqda 28 mar, 09:48 292
  • Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi 28 mar, 09:22 43
  • Turkiya harbiylari Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 5 nafar terrorchini yo‘q qildi 28 mar, 08:57 51
  • Amerikalik ekspert: AQSH dunyoni boshqaramiz deb o‘ylaydi 28 mar, 08:22 236
  • Bo‘limlar