“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 16:44
ЎЗO‘Z

Biz qachon baxtli bo‘lamiz?

09 noya, 18:00 4 087 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Biz qachon baxtli bo‘lamiz? Inson o‘zini baxtli his qilishi uchun muhim tuyg‘ulardan biri muhabbatdir. Muhabbat deganda keng ma’noda uning turli ko‘rinishlari aytilmoqda, faqat erkak va ayol o‘rtasidagi emas. Masalan ona-bola o‘rtasidagi mehr, qalin do‘stlar orasidagi mehr-oqibat va hokazo.

Psixologlar yozishicha, bizning hatti-harakatlarimiz, fe’l-atvorimiz ana shu muhabbatga erishish uchun yoki kengroq olganda, tan olinish, sevilish, mehr qozonish uchun bo‘lar ekan. Ba’zan o‘sha muhabbatni moddiy vositalar orqali qozonishga urinarkanmiz. Masalan, qimmat mashina minish, dang‘illama imorat solish va hokazo. Mehr-muhabbatni yetarli dozada olib turgan kishi xotirjam bo‘larkan.

Yana psixologlar ta’kidlashicha, insonga baxtiyorlik hissini beruvchi omil moddiy narsalar emas, balki o‘sha mehr-muhabbat, do‘stlik rishtalari va e’tibor ekan. Masalan, bolalikdagi qalin do‘stlar bilan otamlashish, sizni go‘dakligingizdan sevib erkalagan ammangiz yoki xolangiz bilan samimiy suhbatlashish, bobongiz yoki buvingiz yonida o‘zingizni yaqin his etish — bularning hammasi o‘sha muhabbatga daxldor, ich-ichingizdagi sevish va sevilish, e’zozlash va e’zozlanish, kimgadir keraklilik, ardoqlanish g‘arizalarini qondirar ekan.

Hissiyotlarsiz inson o‘zini kemtik his qila boshlaydi, nimadir yetishmayotgandek bo‘laveradi. Qalbini tushkunlik qoplaydi.

Shu ma’noda Erkin A’zam qalamiga mansub "Anoyining jaydari olmasi" qissasi asosida tayyorlangan radiodramani tinglab, qalbimda ajib hissiyotlar uyg‘ondi. "Chantramore" kinofilmi ham shu kitob asosida olingan. Bu hikoyada ikki do‘st o‘rtasidagi samimiylik, iliqlik, beg‘uborlik mohirona tasvirlangan.

Radiodramani tinglarkanman, ichim to‘lib bo‘g‘zimga nimadir tiqildi, ko‘zimga yosh keldi. Darhaqiqat, hozirgi to‘kin-sochinlik davrida bizga eng yetishmayotgan narsa bu samimiy munosabatlar, o‘sha keng ma’nodagi sof muhabbat, mehr- oqibat, beg‘araz birodarlik bo‘lsa kerak.

Ruhiyatimizdagi kemtiklik sababini to‘g‘ri aniqlamasak, tashxis qo‘ymasak, har qancha moddiyat bilan qondirishga urinmaylik, baribir baxtiyor bo‘lolmaymiz. Zamonaviy dunyoda eng ko‘p yo‘qotilgan va mushtoq bo‘linayotgan narsa ana shu samimiy va iliq munosabatlar bo‘lsa kerak.

O‘zbek adabiyotidan men o‘qigan narsalar asosan o‘tgan asrning to‘qsoninchi yillarigacha yozilgan asarlardir. Mustaqillikdan so‘nggi o‘zbek adabiyotiga mensimayroq qarardim. Erkin A’zam kabi bir qator adiblarning suhbatini tinglagach, menda o‘zbek zamonaviy adabiyotiga yana qiziqish uyg‘ondi. Insholloh, Erkin A’zam, Ahmad A’zam, Xurshid Do‘stmuhammad, Ulug‘bek Hamdam, Isajon Sulton va boshqa ko‘p yozuvchilarning kitoblarini o‘qimoqchiman.

Bemalol aytolamanki, Erkin A’zamning o‘sha "Anoyining jaydari olmasi" jahon adabiyoti durdonalari qatoriga qo‘shilishga arziydigan darajada zo‘r yozilgan.

Sevimli yozuvchimiz Erkin A’zamga sog‘-salomatlik, ijodiga baraka tilab qolaman.
Manba: Sof.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi 18 apr, 12:22 216
  • Yulduzlar parhezi: tez ozdiradigan uchta ziravor 17 apr, 17:00 124
  • Qulupnayning siz bilmagan 10 ta foydali xususiyati 17 apr, 07:41 147
  • Buni eng irodasizlar ham eplay oladi: Allen Karrning chekishni tashlashda yordam beruvchi “Kashandalikdan qutulishning oson yo‘li” kitobi o‘zbek tilida chop etildi 17 apr, 05:30 121
  • Olimlar keksalikda ham aql-idrokni saqlab qolishning oddiy usullarini aniqladi 16 apr, 21:24 130
  • Hayotda pand bermaydigan 16 ta murakkab, ammo o‘ta muhim ko‘nikmalar 15 apr, 13:22 254
  • So'nggi yangiliklar
  • Stavropol o‘lkasida harbiy samolyot quladi (video) 19 apr, 15:48 20
  • Tramp: “Ukrainaning omon qolishi AQSH uchun ham muhim” 19 apr, 15:37 62
  • Shomurodovning ustoziga maxsus mukofot topshirildi 19 apr, 13:57 110
  • Abbosbek Fayzullayev ushbu reytingda peshqadam! 19 apr, 13:30 169
  • 2024-2025 o‘quv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi 19 apr, 13:11 66
  • Hokim yordamchilari Xitoyning kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tajribasini o‘rganishni boshladi 19 apr, 12:49 61
  • AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin 19 apr, 12:23 202
  • O‘zbekistonda birinchi luks sayyohlik poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yildi 19 apr, 12:00 186
  • Rossiyada amaldorlarning xorijga chiqishiga cheklovlar kuchaytirilmoqda 19 apr, 11:36 68
  • Ozarbayjon Eronga qarshi hujumda foydalanish uchun Isroilga aerodromlarini topshirdi 19 apr, 11:09 385
  • Telegram orqali soxta havola jo‘natib, o‘zgalar kartasidagi pulni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi 19 apr, 10:44 99
  • “Bayer” klubi mag‘lubiyatsiz seriya bo‘yicha rekord o‘rnatdi 19 apr, 10:24 120
  • Bo‘limlar