“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 11:04
ЎЗO‘Z

MIB tashabbusi keng quloch yoymoqda: Namanganda 50 nafardan ortiq ehtiyojmand oilalarning qarzdorliklari to‘lab berildi

09 noya, 16:45 2 971 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
MIB tashabbusi keng quloch yoymoqda: Namanganda 50 nafardan ortiq ehtiyojmand oilalarning qarzdorliklari to‘lab berildi Xakimboy So‘fiyev Namangan shahrining Majnuntol mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiladi. Xonadonning foydalanilgan elektr energiyasidan 410 ming so‘m qarzdorligi bor. Boz ustiga berilgan qarzdorlik evaziga berilgan talabnomadagi to‘lovni amalga oshirilmagani uchun tarmoqdan vaqtincha ajratilgan va qayta ulov uchun 446 ming so‘m jarima ham bor edi.

Hududga biriktirilgan davlat inspektorining ta’kidlashicha ushbu oila ehtiyojmandligi uchun qarzdorlik to‘planib qolgan. Kuni kecha Byuroning tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan saxovat tadbirlari xonadon egalarini xursand qildi. Aynan qarzdorlik mahallada yashovchi tadbirkor tomonidan to‘lab berildi.

- Byuroning Namangan shahar bo‘limiga katta rahmat deydi, fuqaro Xakimboy So‘fiyev. 5 noyabr kuni xonadonimizga kelib qarzdorlik bartaraf etilgani haqidagi to‘lov kvitansiyasini taqdim etishgani oilamizni xursand qildi.
Darhaqiqat Byuroning Namangan shahar va tumanlar bo‘limlari tomonidan amalga oshirilayotgan bunday mazmundagi tadbirlar bois ko‘plab ehtiyojmand oilalarning elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvidan bo‘lgan qarzdorliklari to‘lab berilmoqda.

Uchqo‘rg‘on tumanining Sholdirama mahallasida yashovchi Xolisxon Valiyevaning ham elektr energiyasidan 350 ming so‘m qarzdorligi bor edi. Xududga biriktirilgan davlat inspektorining mahalla faollari bilan olib borgan hamkorligi samara berib, ushbu oilaning ham qarzdorligi to‘lab berildi. Shuningdek tumanning Qozoqovul mahallasida istiqomat qiluvchi Sohibovlar xonadonining ham elektr energiyasidan bo‘lgan 520 ming so‘m qarzdorliklari homiylar yordamida to‘lab berildi.

- Byuroning Uchqo‘rg‘on tumanida tegishli hamkor tashkilotlar bilan har bir mahalla fuqarolar yig‘inlarida kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalarning ro‘yxatlari shakllantirildi, - deydi bo‘lim boshlig‘ining o‘rinbosari Nozimjon Idrisov. Ushbu oilalarning to‘planib qolgan qarzdorliklarini bartaraf etish bo‘yicha olib borayotgan tushuntirishlarimiz samara bermoqda. Birgina, shu kunga qadar 7 nafar oilaning qarzdorligi to‘lab berildi.

Umuman olganda, 10 kun mobaynida viloyat bo‘yicha 53 nafar ehtiyojmnd oilalarning 30 mln so‘mdan ortiq qarzdorliklari to‘liq to‘lab berildi.
Byuro tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan bunday saxovat tadbirlari Namangan viloyatida ham keng quloch yoymoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 0
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 12
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 33
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 25
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 98
  • O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi 25 apr, 20:12 113
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 0
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 0
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 4
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 12
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 33
  • “Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi 26 apr, 07:35 40
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 25
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 17
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 98
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 235
  • U-23 Osiyo kubogi. Indoneziya Janubiy Koreyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi! 26 apr, 05:43 125
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 247
  • Bo‘limlar