“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2024, 10:29
ЎЗO‘Z

1-dekabrdan Toshkentda avtomatlashtirilgan tez tibbiy yordam xizmati ishga tushiriladi

09 noya, 15:53 3 623 ---
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
1-dekabrdan Toshkentda avtomatlashtirilgan tez tibbiy yordam xizmati ishga tushiriladi Foto: AKT vazirligi
2019-yil 1-dekabrdan boshlab Toshkent shahrida avtomatlashtirilgan tez tibbiy yordam xizmati toʻliq ishga tushiriladi. Maʼlum boʻlishicha, ayni paytda boshqaruv tizimi sinov tarzida joriy etilgan boʻlib, tizimda faoliyat koʻrsatadigan xodimlar oʻqitilmoqda.

AKT vazirligi masʼul xodimi Abdulaziz Abdulahadovning aytishicha, “Henan Costar Group” kompaniyasi bilan imzolangan shartnomaga muvofiq qiymati 11,9 mln. dollarlik “Toshkent shahrida tez tibbiy yordam xizmati faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish” loyihasini amalga oshirilmoqda. Shu kungacha xitoy kompaniyasi tomonidan zamonaviy AKT va tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan 9 ta tez tibbiy yordam avtomobili yetkazib berilgan. Yil yakuniga qadar esa yana 141 dona reanimobil yetkazib berilishi rejalashtirilgan.

“Ushbu xarid qilingan tez tibbiy yordam avtomobillari mavjud avtomobillardan afzalligi ularning salon qismiga zamonaviy video kuzatuv kamerasi oʻrnatilgan. Bu zarurat tugʻilganda malakali shifokorlar tomonidan masofadan (call markazdan) ahvoli ogʻir bemorlar uchun kerakli maslahat va tegishli koʻrsatmalar berish imkonini beradi”, - deydi Abdulaziz Abdulahadov.

Hozir Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasi Call markazida joriy taʼmirlash ishlari yakuniga yetkazilib, “Henan Costar Group” kompaniyasi tomonidan yetkazib berilgan zamonaviy AKT uskunalari, kompyuter, printer, server, video panel va boshqalarni oʻrnatish ishlari yakunlanmoqda.
Toshkent, avtomatlashtirilgan, tibbiy yordam




Mavzuga oid yangiliklar
  • Quruq yo‘talni yumshatishda yordam beradigan uchta xalqona usul 22 apr, 15:13 116
  • Qaysi odatlar saraton rivojlanishiga olib kelishi mumkin? 21 apr, 12:27 200
  • Nima uchun ba’zida vazn yo‘qotish haqidagi maqtovlar haqoratomuz deb qabul qilinadi? 20 apr, 23:08 57
  • Doimiy quloq bitishi va bosh og‘rig‘i nimadan dalolat beradi? 20 apr, 18:13 103
  • Sutni me’yordan ortiq iste’mol qilish yurak xurujiga sabab bo‘lishi mumkin 20 apr, 12:05 59
  • Shirinliklar yuz terisiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? 19 apr, 07:30 96
  • So'nggi yangiliklar
  • Tuya suti kundalik ehtiyojga aylanishi kutilyapti 23 apr, 09:39 18
  • Eron rahbari Raisiy muzokara o‘tkazish uchun Pokistonga keldi 23 apr, 09:16 11
  • Kim Chen Inga atalgan qo‘shiq (video) 23 apr, 08:56 53
  • Ukraina ma’muriyati may oyida frontdagi vaziyat yomonlashishidan ogohlantirdi 23 apr, 08:30 51
  • Germaniya va Britaniyada Xitoy uchun josuslik qilgan shaxslar hibsga olindi 23 apr, 08:10 22
  • “Inter” derbida “Milan”ni mag‘lub etib, Italiya chempionligini qo‘lga kiritdi 23 apr, 08:05 19
  • Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogining chorak final juftliklari ma’lum bo‘ldi 23 apr, 07:59 83
  • NATO, Rossiya, Ukraina, Xitoy harbiy maqsadlarda 2023 yilda qancha sarfladi? 23 apr, 00:23 129
  • Xorazmda o‘z tanishini uyiga chaqirib, o‘ldirgan ayol qamoqqa olindi 22 apr, 23:59 297
  • Abbosbek Fayzullayev Vetnamga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi 22 apr, 23:35 268
  • Buyuk Britaniya kompaniyasi 500 dan ortiq sayyohlarni O‘zbekistonga yuboradi 22 apr, 23:15 48
  • Xitoyda so‘nggi 50 yildagi eng kuchli suv toshqini sodir bo‘ldi 22 apr, 22:53 160
  • Bo‘limlar