“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 15:09
ЎЗO‘Z

Nyu-York sudi Trampga 2 mln dollarlik jarima soldi

08 noya, 23:50 2 814 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Nyu-York sudi Trampga 2 mln dollarlik jarima soldi Nyu-York shtati oliy sudi AQSh prezidenti Donald Trampga 2016 yilgi prezident saylovlari kampaniyasi vaqtida o‘z xayriya jamg‘armasidan foydalangani uchun notijorat tashkilotlariga tovon puli sifatida 2 mln dollar to‘lab berish majburiyatini qo‘ydi. Bu haqda shtat bosh prokurori Letitsiya Jeyms tvitterda ma’lum qildi.

CNN telekanalining xabar berishicha, 2018 yil iyunda sudga berilgan da’vo arizasida Tramp va uning farzandlari - Donald, Ivanka va Erik Donald J.Trump Foundation jamg‘armasi maqomini suiiste’mol qilib, AQShning va shtatning saylov kampaniyalarini moliyalashtirish haqidagi qonunlarini buzishgan.

Ta’kidlanishicha, Tramp saylovoldi shtabi 2016 yil fevralda Ayova shtatida harbiy faxriylarni qo‘llab-quvvatlovchi xayriya tashkilotlariga grant sifatida mablag‘lar to‘plagan. Biroq to‘plangan mablag‘lar Trampning siyosiy manfaatlari yo‘lida sarflangan.

AQSh prezidentiga solingan 2 mln dollarlik jarima 8 ta notijorat kompaniyasi o‘rtasida teng taqsimlanadi.
Tramp 2018 yil dekabrda sud bilan kelishuvga borish doirasida o‘z jamg‘armasini yopishga rozi bo‘lgan.

Tramp “Nyu-York bosh prokurori sud bilan kelishuv mohiyatini siyosiy maqsadlarda ataylab buzayotganini, jamg‘armasi tomonidan to‘plangan barcha pullar esa xayriya maqsadlarida ishlatilganini aytgan. “Men xayriya maqsadlariga bunday katta pullarni o‘tkazib, Nyu-York shtatining siyosiy fitnachilari tomonidan malomatlarga uchrashi mumkin bo‘lgan o‘zim biladigan, balki ehtimol tarixdagi yagona odamman”, deb aytgan Tramp.
Nyu-York sudi, Tramp, jarima




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tojikistonda 17 yoshli yigitni yashin urdi 25 apr, 14:11 1
  • Ukrainalik model dunyodagi eng uzun sochli ayol sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi 25 apr, 13:43 1
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 109
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 153
  • Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Kobulda “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi 25 apr, 08:20 231
  • Bayden tegishli qonunni imzoladi: AQSHda TikTok bloklanishi mumkin 25 apr, 07:46 48
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze matbuot anjumanida Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs haqida nimalar dedi? 25 apr, 14:39 1
  • Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi 25 apr, 14:30 0
  • Tojikistonda 17 yoshli yigitni yashin urdi 25 apr, 14:11 1
  • Ukrainalik model dunyodagi eng uzun sochli ayol sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi 25 apr, 13:43 0
  • Usmon Toshev: "Shubhasiz, Saudiyani yutishni xohlaymiz" 25 apr, 13:17 75
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 21
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 55
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 109
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 50
  • Xose Venansio Lopes: Raqibimiz jahonning eng kuchli terma jamoalaridan biri ekanini yaxshi bilamiz 25 apr, 11:05 141
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 53
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 153
  • Bo‘limlar