“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 15:20
ЎЗO‘Z

Erdo‘g‘onning Turkiyadagi reytingi Suriyadagi harbiy operatsiya sabab ko‘tarildi

06 noya, 18:45 2 909 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Erdo‘g‘onning Turkiyadagi reytingi Suriyadagi harbiy operatsiya sabab ko‘tarildi Foto: The Independent
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning ommaviyligi Suriya shimoli-sharqida «Tinchlik bulog‘i» harbiy operatsiyasi sabab ko‘tarilgan. Metropoll tadqiqotlar kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma ushbu ma’lumotni tasdiqladi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

Harbiy harakatlar boshlanishi e’lon qilganidan keyin Turkiya yetakchisining reytingi 3,7 foiz pog‘onaga ko‘tarilgan va 48 ga yetgan. Bu Erdo‘g‘on 2018 yil iyunida prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganidan keyin qayd etilgan reytingdan keyingi eng yuqori ko‘rsatkich.

So‘rovnomada ishtirok etgan mamlakat aholisining 33,7 foiz qismi Turkiya prezidentining faoliyatini qo‘llab-quvvatlamasligini bildirgan, bu 2016 yil iyulda davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urinish bo‘lgan vaqtda qayd etilgan reytingdan keyingi eng yomon natija hisoblanadi. Respondentlarning 18 foizi berilgan savollarga javob bermaslikni lozim topgan.

2018 yilda turk lirasining kursi 30 foizga pastlagani va mamlakatda iqtisodiy inqiroz kuzatilgani tufayli Erdo‘g‘onning obro‘si tushib ketgandi. Mamlakatda inflyatsiya o‘sgan va ishsizlar soni ko‘paygandi.

«Tinchlik bulog‘i» operatsiyasi haqida
9 oktyabrda Anqara Suriya shimoli-sharqida Turkiyadagi qochoqlar uchun xavfsiz zona tashkil etish maqsadida «Suriya demokratik kuchlari» kurd jangarilari va IShID terrorchilariga qarshi «Tinchlik bulog‘i» harbiy operatsiyasini boshlagan. Dunyo davlatlari turklarning ushbu harakatlarini qoralagan.

17 oktyabrda Anqara va Vashington Suriya shimoli-sharqidagi operatsiyani 120 soatga, kurdlar xavfsiz zona hududidan chiqib ketishi uchun to‘xtatishni kelishib oldi.

22 oktyabrda Sochida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turiya davlat rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Suriya hududidagi notinch vaziyatni muhokama qildi va «Tinchlik bulog‘i» operatsiyasini 23 oktyabrdan yana 150 soatga to‘xtatish va o‘t ochmaslik haqidagi shartlashuv muddati yakuniga yetgach hamkorlikda Turkiya—Suriya chegarasida 30 kilometrlik hududni barpo etish uchun qo‘shma patrul tadbirlari o‘tkazish haqida memorandum imzoladi. Memorandumda Bashar Asad hukumatining qo‘shinlari Turkiya bilan chegara hududida 15 ta post o‘rnatishi belgilab qo‘yilgan.

1 noyabrda kurdlarning Turkiya chegarasidan 30 kilometr uzoqlikka chekingani va ular tark etgan hududni Sochida imzolangan memorandumga muvofiq Suriya qo‘shinlari va Rossiya harbiy politsiyasi egallashi ma’lum bo‘ldi. 5 noyabrda Turkiya hamda Rossiya harbiylari Suriya shimolidagi Ayn-al-Arab aholi punktidagi (Kobani) ikkinchi qo‘shma patrul tadbirlarini boshladi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan «terrorchilik tashkiloti» deb topilgan.
Erdo‘g‘on, Turkiya, Suriya




Mavzuga oid yangiliklar
  • Fransiya razvedkasi markaziy osiyoliklarni kuzatishni kuchaytirmoqda 29 mar, 15:15 0
  • Putinning atrofidagilar Ukrainaning «Krokus»dagi teraktga aloqadorligiga ishonmayapti 29 mar, 14:48 1
  • Hibsdan vaqtincha ozod etilgan Dani Alves tonggacha ziyofat uyushtirdi 29 mar, 14:01 1
  • Muzliklarning erishi Yerning aylanish tezligini o‘zgartirmoqda 29 mar, 13:06 50
  • Polshada Rossiya josuslik tarmog‘i ishi bo‘yicha tintuvlar o‘tkazildi 29 mar, 12:39 39
  • Chexiya yevropalik siyosatchilarni Rossiyadan pora olish sxemasini fosh etganini da’vo qilmoqda 29 mar, 11:20 90
  • So'nggi yangiliklar
  • Putinning atrofidagilar Ukrainaning «Krokus»dagi teraktga aloqadorligiga ishonmayapti 29 mar, 14:48 0
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 2
  • Hibsdan vaqtincha ozod etilgan Dani Alves tonggacha ziyofat uyushtirdi 29 mar, 14:01 1
  • Toshkentda xavfli holat sodir etib, qarama-qarshi harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 29 mar, 13:30 4
  • Muzliklarning erishi Yerning aylanish tezligini o‘zgartirmoqda 29 mar, 13:06 50
  • Polshada Rossiya josuslik tarmog‘i ishi bo‘yicha tintuvlar o‘tkazildi 29 mar, 12:39 39
  • Samsung o‘z tarixidagi eng yaxshi selfi kamerali smartfonni namoyish etdi 29 mar, 12:12 23
  • Vadim Abramov: "Bunday sifatli va saviyali futbolchiga doim tarkibda joy topiladi" 29 mar, 11:50 103
  • Chexiya yevropalik siyosatchilarni Rossiyadan pora olish sxemasini fosh etganini da’vo qilmoqda 29 mar, 11:20 90
  • Shomurodovning ahvoli haqida ma’lumot berildi 29 mar, 10:53 237
  • So‘rovnoma: Nursulton Ro‘ziboyev 1-raunddayoq raqibini "uxlatib" qo‘yadi 29 mar, 10:25 122
  • Ronalduning libosini kiygan taniqli bloger Messiga aloqador restorandan haydab yuborildi 29 mar, 10:02 133
  • Bo‘limlar