“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 16:06
ЎЗO‘Z

Qimirlamasdan ozishni istovchilar uchun olti qoida

05 noya, 22:04 4 044 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qimirlamasdan ozishni istovchilar uchun olti qoida Foto: «Kakprosto.ru»
Mutaxassislar jismoniy mashqlarni bajarishga vaqti yo‘qlar uchun ozishning olti usulini ma’lum qildi, deb yozadi «Xabar» nashri.
Taomnomada oqsilga boy mahsulotlarni ko‘paytirish orqali ortiqcha vazndan qutulish mumkin. Gap faqat go‘sht va baliqda emas, yong‘oq, tofu, urug‘, dukkaklilar haqida ketmoqda.

Shuningdek, ozishni xohlovchilar shirin ichimliklardan bosh tortishi shart. Ularning tarkibida kaloriya ko‘p, lekin ozuqaviy qiymatga ega emas.

Uchinchi usul – to‘xtab-to‘xtab ovqatlanish tartibi. Bunda odam har kuni muayyan vaqtda ovqatlanadi. Masalan, sakkiz soat davomida kunlik me’yordagi kaloriyani tanovul qiladi, qolgan vaqtda umuman hech nima yemaydi. Yoki haftasiga uch kun kaloriyaga bo‘lgan kunlik ehtiyojning chorak qismini iste’mol qiladi.

Yana ekspertlar stressni kamaytirishni ham maslahat berishadi. Chunki u tamaddi qilish xohishini chaqiradi. Samarali ozish uchun yana bir qoida – tuniga to‘yib uxlash: kamida sakkiz soatni uyquda o‘tkazish kerak.

Shunga qaramay, jismoniy faollikdan butkul voz kechish yaxshi emas. Negaki, bu albatta trenajyor zaliga qatnash yoki sport bilan shug‘ullanishni anglatmaydi. Piyoda yurish yoki zinadan ko‘tarilish ham yetarli.
ozish, qoida




Mavzuga oid yangiliklar
  • Oq nondan voz kechganda organizmda qanday o‘zgarishlar yuz beradi? 22 mar, 15:13 324
  • Farzandlar uchun ota va onalarga munosabat haqida 20 mar, 00:12 212
  • Uzoq umr ko‘ruvchi insonlarning 5 ta odati 19 mar, 16:40 485
  • Xurmoning qanday foydali xususiyatlari mavjud? 18 mar, 22:30 329
  • Olimlar xotirani kuchaytiruvchi oddiy mashg‘ulotni aniqladilar 16 mar, 23:43 355
  • Nechanchi farzand bo‘lib tug‘ilish inson shaxsiyatiga ta’sir qiladimi? 16 mar, 16:50 437
  • So'nggi yangiliklar
  • Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi 29 mar, 15:40 0
  • Fransiya razvedkasi markaziy osiyoliklarni kuzatishni kuchaytirmoqda 29 mar, 15:15 34
  • Putinning atrofidagilar Ukrainaning «Krokus»dagi teraktga aloqadorligiga ishonmayapti 29 mar, 14:48 95
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 69
  • Hibsdan vaqtincha ozod etilgan Dani Alves tonggacha ziyofat uyushtirdi 29 mar, 14:01 114
  • Toshkentda xavfli holat sodir etib, qarama-qarshi harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 29 mar, 13:30 40
  • Muzliklarning erishi Yerning aylanish tezligini o‘zgartirmoqda 29 mar, 13:06 153
  • Polshada Rossiya josuslik tarmog‘i ishi bo‘yicha tintuvlar o‘tkazildi 29 mar, 12:39 70
  • Samsung o‘z tarixidagi eng yaxshi selfi kamerali smartfonni namoyish etdi 29 mar, 12:12 43
  • Vadim Abramov: "Bunday sifatli va saviyali futbolchiga doim tarkibda joy topiladi" 29 mar, 11:50 184
  • Chexiya yevropalik siyosatchilarni Rossiyadan pora olish sxemasini fosh etganini da’vo qilmoqda 29 mar, 11:20 123
  • Shomurodovning ahvoli haqida ma’lumot berildi 29 mar, 10:53 326
  • Bo‘limlar