“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2024, 13:53
ЎЗO‘Z

Oʻzbekistonda elektron pullar muomalasi tartibga solindi

05 noya, 15:14 3 477 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Oʻzbekistonda elektron pullar muomalasi tartibga solindi Respublika ichidagi toʻlovlar arxitekturasiga elektron pullar joriy etilmoqda.
Normaʻning yozishicha, bu elektron pullar emitentining elektron tizimda elektron shaklda saqlanadigan va toʻlov vositasi sifatida qabul qilinadigan soʻzsiz va chaqirib olinmaydigan pul majburiyatlaridir.

Elektron pullar faqat milliy valyuta - soʻmda nominallashtirilgan boʻlishi kerak. Markaziy bank va banklar (emitentlar) ularni ularning nominal qiymatiga teng boʻlgan pul mablagʻlari summasiga almashtirishga chiqaradi. Jismoniy va yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va elektron pullar tizimi agentlari elektron pullarning egalari boʻlishi mumkin. Jismoniy shaxslar elektron pullarni toʻgʻridan-toʻgʻri emitentdan yoki elektron pullar tizimining operatori yoxud agenti orqali oladilar.

Tegishli litsenziyaga ega boʻlgan va elektron pullar tizimining ishlashini taʼminlaydigan bank yoki boshqa tashkilot elektron pullar tizimining operatori boʻlishi mumkin. Operator elektron pullar emitenti bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq tizimning faoliyat koʻrsatish qoidalarini belgilaydi. Emitent va operator elektron pullarga ruxsatsiz ega boʻlish va (yoki) ulardan ruxsatsiz foydalanganlik, shuningdek emitentning dasturiy taʼminoti ishidagi yoxud tizimning faoliyat koʻrsatishidagi xatolar yoki uzilishlar oqibatida elektron pullar egasiga yetkazilgan zarar uchun uning egasi oldida javobgar boʻladi.

Emitent elektron pullar egasidan elektron pullarni chiqarganlik va koʻrsatiladigan qoʻshimcha xizmatlar uchun ular oʻrtasida tuzilgan shartnoma doirasida vositachilik haqi undirishga haqli. Shartnoma tuzilguniga qadar elektron pullarning potensial egasiga ulardan foydalanish shartlari, vositachilik haqi miqdori va uni undirish tartibi, emitent va operator maʼlumotlari (nomi, joylashgan yeri, operator bank hisoblanmagan hollarda - litsenziya raqami) va eʼtirozlarni berish usullari toʻgʻrisida axborot taqdim etishlari shart.

Oʻzbekistonda realizatsiya qilingan tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun toʻlovlarni toʻlashda faqat shu yerda chiqarilgan elektron pullar qabul qilinishi mumkin. Tizim emitenti va (yoki) operatori elektron pullar egasini: shaxsan hozirligida va oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etganda yoxud masofaviy identifikatsiya qilish tizimlaridan foydalangan holda identifikatsiya qilishni amalga oshiradi.

Identifikatsiya qilinmagan jismoniy shaxslar bitta elektron qurilmada eng koʻpi bilan 5 BHMni (eʼlon qilish sanasida – 1 115,0 ming soʻm) saqlashlari va 1 BHM (223,0 ming soʻm) summasi miqdorida operatsiyani amalga oshirishlari mumkin. Identifikatsiya qilingan jismoniy shaxslarga elektron pullar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarga 100 BHM (22 300,0 ming soʻm) miqdorida limit belgilangan.

Elektron pullarning egasi ularni emitentga nominal qiymati boʻyicha qaytarishda ilgari chiqarilgan pullarni qayta almashtirish qoplash deyiladi. Bunda qoplanayotgan elektron pullarga teng “oddiy” pullarning summasi (agar shartnomada emitent yoki operatorning vositachilik haqi nazarda tutilmagan boʻlsa):

agar shartnomada boshqa muddat nazarda tutilmagan boʻlsa, elektron pullar kelib tushgan kun davomida yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
jismoniy shaxs bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi yoki unga naqd pul beriladi.
Yangi qonun kripto-aktivlarga doir operatsiyalarga (qiymati va egasiga ega blokcheyndagi yozuvlar jami) nisbatan tatbiq etilmaydi. Mazkur masala boʻyicha alohida normativ baza shakllantirilmoqda, hozircha u Prezidentning ikkita qarorini (3.07.2018-yildagi PQ-3832-son; 2.09.2018-yildagi PQ-3926-son qarorlarga qarang) va Kripto-birjalar faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni oʻz ichiga olgan.

Yana bir nozik jihati. Hujjatda toʻlov xizmatlari yetkazib beruvchilari – MB, banklar, toʻlov tashkilotlari, agentlari va subagentlariga nisbatan sanksiyalar belgilangan:

toʻlovlarni amalga oshirish muddatlari buzilgan taqdirda, u muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun muddati oʻtgan toʻlov summasining 0,1%i miqdorida, biroq muddati oʻtgan toʻlov summasining 10 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda penya toʻlashi shart.
toʻlov notoʻgʻri amalga oshirilgan taqdirda, u xato aniqlangan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay pul mablagʻlarini oluvchining hisobvaragʻiga oʻtkazishi shart, aks holda, toʻlovchi mablagʻlarni qaytarishni, shuningdek muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun notoʻgʻri amalga oshirilgan toʻlov summasining 0,1 foizi miqdorida, biroq toʻlov summasining 10 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda penya toʻlashni talab qilish huquqiga ega.
Tegishli normalar tijorat banklarining mijozlar bilan oʻzaro munosabatlarida amal qilmoqda.
elektron pul, toʻlov




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 3
  • Malayziya O‘zbekistonda elektrotexnika sohasida qo‘shma loyihalar amalga oshirmoqchi 20 apr, 21:14 57
  • Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi 19 apr, 17:12 113
  • Dollar kursi yangi marra sari yaqinlashmoqda 18 apr, 18:48 213
  • O‘zbekistonda 1 gramm oltin narxi 1 mln so‘mdan oshdi 17 apr, 19:48 140
  • Dollarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 16 apr, 18:57 110
  • So'nggi yangiliklar
  • Ashurmatovning haydalishi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda 23 apr, 12:51 0
  • Denovdan Toshkentga qarab «yo‘lga chiqqan» sifatsiz go‘sht to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:31 0
  • Tojikiston va Qirg‘izistondan o‘tkazilgan giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:08 0
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 3
  • Yevrokomissiya TikTok'ga nisbatan ikkinchi tekshiruvni boshladi 23 apr, 11:23 5
  • U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston bugun guruh g‘olibligi uchun o‘ynaydi 23 apr, 11:08 39
  • Kreditni qaytarmagan tadbirkor 1,6 mlrd. so‘mlik binosidan ayrildi 23 apr, 10:48 23
  • Tayvanda o‘nlab kuchli zilzilalar sodir bo‘ldi 23 apr, 10:30 35
  • AEXA rahbari: Eron atom bombasini yaratishga yaqin turibdi 23 apr, 10:04 54
  • Tuya suti kundalik ehtiyojga aylanishi kutilyapti 23 apr, 09:39 108
  • Eron rahbari Raisiy muzokara o‘tkazish uchun Pokistonga keldi 23 apr, 09:16 55
  • Kim Chen Inga atalgan qo‘shiq (video) 23 apr, 08:56 109
  • Bo‘limlar