“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 14:17
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda 29 millionga yaqin mobil qurilma ro‘yxatga olindi. Endi ular kuzatiladimi?

05 noya, 07:43 4 837 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda 29 millionga yaqin mobil qurilma ro‘yxatga olindi. Endi ular kuzatiladimi? 2019 yilning 1 aprelidan 1 noyabrga qadar qariyb 29 mln mobil qurilma UZIMEI tizimida ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Qahramon Yo‘ldoshevga asoslanib, Kun.uz nashri xabar bermoqda.

Vazir o‘rinbosari, shuningdek, mobil qurilmalar IMEI kodlarining ro‘yxatga olinishi bilan foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari yig‘ilib, telefonlar kuzatilishi haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan gap-so‘zlarga ham izoh berdi.

Yo‘ldoshevning so‘zlariga ko‘ra, yangi tizimni joriy qilish jarayonida vazirlik Davlat bojxona qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligi bilan UZIMEI tizimidan hamkorlikda foydalanish bo‘yicha idoralararo bitim tuzgan.

«Qaysi holatda fuqaroga nisbatan ma’lumot kerak bo‘lganda, tizimning funksiyalaridan foydalanish tartiblari bitimda ko‘rsatilgan. Ya’ni operator o‘zi mustaqil ravishda biror bir fuqaroga tegishli bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlarni uchinchi shaxsga berishga haqqi bo‘lmaydi. Faqatgina Ichki ishlar vazirligining bitim doirasidagi, ya’ni reglament doirasidagi tartiblar bo‘yicha ma’lumotlar almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi», – dedi Qahramon Yo‘ldoshev dushanba kuni matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazishning birinchi bosqichida – 1 apreldan 1 noyabrgacha bo‘lgan davrda faol SIM-kartasi bo‘lgan barcha mobil qurilmalar avtomatik UZIMEI tizimiga kiritildi.
UZIMEI, IMEI-kod, mobil qurilma




Mavzuga oid yangiliklar
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 21
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 49
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 51
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 481
  • Uzcard va Humo terminallari integratsiyasi test rejimida ishga tushirildi 23 apr, 16:31 82
  • Ichki ishlar organlari o‘z faoliyatida dronlardan foydalanishni boshlaydi 22 apr, 17:33 80
  • So'nggi yangiliklar
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 1
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 1
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 6
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 21
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 63
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 74
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 215
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 74
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 41
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 90
  • “Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi 26 apr, 07:35 100
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 47
  • Bo‘limlar