“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 16:38
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda Naqshbandi tourism festival—2019 festivali bo‘lib o‘tmoqda (foto)

02 noya, 17:58 3 207 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda Naqshbandi tourism festival—2019 festivali bo‘lib o‘tmoqda (foto) Malayziyaning «Umumjahon So‘fiylar tashkiloti» tashabbusi bilan 31 oktyabrdan 7 noyabrga qadar o‘tkazilayotgan O‘zbekistonda ziyorat turizmi yo‘nalishida Naqshbandi tourism festival—2019 nomli xalqaro tadbiri ishtirokchilari Toshkent shahrida kutib olindi. Ular ilk ziyoratni Buxorodan boshladi. Bu haqda Buxoro viloyati turizmni rivojlantirish departamenti xabar berdi.

Mazkur tadbir Hilal Travel sayyohlik tashkiloti hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ko‘magida, shuningdek, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Tashqi ishlar vazirligi, «O‘zbekiston havo yo‘llari» va «O‘zbekiston temir yo‘llari» hamkorligida tashkil etilgan.

Naqshbandi tourism festival—2019 xalqaro festivali doirasida 18 davlat, jumladan, Malayziya, Indoneziya, Turkiya, Hindiston, Xitoy, Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya, Avstraliya, Braziliya va AQSh davlatlaridan 200 ga yaqin mehmon viloyatga tashrif buyurdi.

Ziyorat dasturi doirasida mehmonlar viloyatda joylashgan «Yetti pir» nomi bilan mashhur bo‘lgan hazrat Abduxoliq G‘ijduvoniy, Xo‘ja Orif Revgariy, Xo‘ja Mahmud Anjir Fag‘naviy, Muhammad Bahouddin Naqshbandiy, Xo‘ja Boboi Samosiy, Xo‘ja Ali Romitaniy, Abul Hafs Kabir hamda Sayyid Amir Kulol kabi ulug‘ zotlarning ziyoratgohlarida bo‘ldi.

Bundan tashqari, mehmonlar festival dasturiga ko‘ra, 8-mo‘’jiza deb tan olingan Poyi Kalon majmuasida joylashgan Miri Arab Oliy madrasasiga ham tashrif buyurib, uning faoliyati hamda tarix sahifalarida sayqallangan Ark qo‘rg‘oni va Labi Hovuz maydoni va qadimiy savdo toqlari va bir qator madaniy meros ob’ektlari bilan yaqindan tanishdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 31
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 98
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 104
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 51
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 109
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 53
  • So'nggi yangiliklar
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 9
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 19
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 31
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 160
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 172
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 78
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 97
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 48
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 165
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 104
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 298
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 94
  • Bo‘limlar