“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 21:08
ЎЗO‘Z

Boks: Barcha jahon chempionatlarida medallar jamg‘arish bo‘yicha O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

02 noya, 09:42 4 509 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Boks: Barcha jahon chempionatlarida medallar jamg‘arish bo‘yicha O‘zbekiston nechanchi o‘rinda? Xabaringiz bor, joriy yilning sentyabr oyida Rossiyaning Yekaterinburg shahrida havaskor boks bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Ushbu mundialda charmqo‘lqop ustalarimiz ajoyib ishtirok etib, 3 ta oltin, bitta kumush, bitta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgandi. Bu o‘zbek boksi tarixidan o‘ziga xos o‘rin oladi. Sababi, shu kunga qadar biz umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni olmagan edik.

Rossiyadagi jahon chempionati 20-bor o‘tkazilganligi bilan boks tarixiga muhrlandi. Ilk bora 1974 yil Kuba poytaxti Gavana shahrida tashkil etilgandi. Biz 1974-2019 yillar mobaynidagi jahon chempionatida medallar jamg‘arish borasida qaysi davlatlar yetakchilik qilayotganligini, O‘zbekiston qaysi o‘rinda ekanligini e’tiboringizga havola qilamiz.

Aslida, yurtdoshlarimiz O‘zbekiston nomidan ilk medalni 1993 yilgi Finlandiyaning Tampere shahrida o‘tkazilgan yettinchi jahon chempionatida qo‘lga kiritishgan. O‘shanda -51 kg ga qadar bo‘lgan vazn toifasida Hikmatullo Ahmedov kumush medal sohibiga aylangandi.

Bunga qadar Sobiq Ittifoq tarkibida ilk, ya’ni 1974 yilgi chempionatda -75 kgda Rufat Risqiyev oltin medal va 1982 yil uchinchi shunday turnirda -81 kgda Vladimir Shin bronza, 1991 yil Sidneyda tashkil etilgan oltinchi chempionatda Artur Grigoryan kumush medal egasiga aylanishadi. Albatta, bu natijalar hozirgi kungi jadvalda garchi mavjud bo‘lmasada, Sobiq Ittifoq tarkibida qayd etilgan.

O‘zbekiston terma jamoasi jami 46 ta medalni qo‘lga kiritgan( 12 ta oltin, 15 ta kumush va 19 ta bronza) holda 6-o‘rinda qayd etilganmiz. Demak, barcha jahon chempionatlarida medallar jamg‘arish borasidagi kuchli o‘nlikni e’tiboringizga havola etamiz.

1. Kuba- 77 ta oltin, 35 ta kumush, 26 bronza. Jami: 138 ta.
2. Rossiya – 26 ta oltin, 21 ta kumush, 22 ta bronza. Jami: 69 ta.
3. AQSh – 16 ta oltin, 11 ta kumush, 19 ta bronza. Jami: 46 ta.
4. Sobiq Ittifoq – 15 ta oltin, 11 ta kumush, 17 ta bronza. Jami: 43 ta
5. Qozog‘iston – 12 ta oltin , 13 ta bronza, 21 ta kumush. Jami: 46 ta.
6. O‘zbekiston – 9 ta oltin 14 ta kumush, 18 ta bronza. Jami: 41 ta.
7. Bolgariya – 8 ta oltiN, 8 ta kumush, 19 ta bronza. Jami: 35 ta.
8. Ruminiya – 7 ta oltin, 5 ta kumush, 17 ta bronza. Jami: 29 ta.
9. Ukraina – 6 ta oltin, 12 ta kumush, 11 ta bronza. Jami: 29 ta.
10. Ozarbayjon – 6 ta oltin, 4 ta kumush, 9 ta bronza. Jami: 19 ta
Ahmadbek Eshmatov
jahon chempionati, boks, terma jamoa




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gvardiola, Arteta, Enrike: “Barsa”ning ishtahasi “cho‘ntagi”ga to‘g‘ri kelmayapti 24 apr, 20:33 0
  • O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan raqib bo‘lishdan qo‘rqqani yo‘q! 24 apr, 17:44 86
  • Xoang An Tuan: "O‘zbekiston terma jamoasi finalga qadar yetib borishiga ishonaman" 24 apr, 17:22 78
  • Futzal. Eron ketma-ket 9 marta jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 24 apr, 16:27 88
  • Maxachev UFC 302 jangi oldidan Dastin Porening zaif tomonlarini aytdi 24 apr, 15:36 50
  • Futzal. Tojikiston yarim finalchiga aylanib, jahon chempionatiga yo‘llanma oldi 24 apr, 15:17 94
  • So'nggi yangiliklar
  • Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi 24 apr, 20:50 0
  • Gvardiola, Arteta, Enrike: “Barsa”ning ishtahasi “cho‘ntagi”ga to‘g‘ri kelmayapti 24 apr, 20:33 0
  • Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi 24 apr, 20:08 3
  • Ukraina hukumati AQSH tanqidiga uchradi 24 apr, 19:42 24
  • Kreml chechen amaldorining qo‘lga olinishi voqeasiga aralashmaydi 24 apr, 19:17 51
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 97
  • Rossiya mudofaa vaziri ishdan olinishi mumkin 24 apr, 18:26 137
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 13
  • O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan raqib bo‘lishdan qo‘rqqani yo‘q! 24 apr, 17:44 86
  • Xoang An Tuan: "O‘zbekiston terma jamoasi finalga qadar yetib borishiga ishonaman" 24 apr, 17:22 78
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 159
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 148
  • Bo‘limlar