“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 11:59
ЎЗO‘Z

Sochingiz to‘kilishiga qarshi samarali niqoblardan foydalanishga shoshiling

31 okt, 23:58 7 180 ---
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sochingiz to‘kilishiga qarshi samarali niqoblardan foydalanishga shoshiling Biz bilamizki, soch to‘kilishi jiddiy muammo bo‘lib, uy sharoitida tayyorlangan soch to‘kilishiga qarshi niqoblar sizning ishonchli himoyangiz bo‘la oladi deb qo‘rqmasdan ayta olamiz.
Keling, mustaqil tayyorlangan soch to‘kilishiga qarshi niqobning eng samaralilarini birgalikda ko‘zdan kechirib chiqamiz.
1. Tuzli niqob

Ko‘pchilik tuz qadim zamonlardan buyon sochlarning to‘kilishini to‘xtatish uchun samarali niqob ekanligini bilmaydi. Soch to‘kilishiga qarshi tuzli niqob oddiy ishlaydi va mukammal ta’sir ko‘rsatadi.
Birinchidan, boshni yaxshilab yuvish kerak, keyin yodlangan tuzni oling, biroz iliq suv bilan aralashtiring, natijada tuzli bo‘tqa hosil bo‘lsin. Tayyor bo‘lgan bo‘tqani bosh terisi va soch ildizlariga ehtiyotkorlik bilan, bosmasdan surtib chiqishingiz kerak. Ushbu niqobni 15 daqiqa ushlab turib, so‘ngra iliq suv bilan yuvib tashlang. Haftada 1-2 marta shu usuldan foydalaning.
2. Xinali niqob

Agar sochlaringiz juda ko‘p to‘kilayotgan bo‘lsa, unda sizga oddiy xina yordam beradi. Ushbu kosmetik vosita hozirda biroz unutilgan, ammo undan bizning onalarimiz va buvilarimiz sochlarini davolashda foydalanishgan. Xinaning bir qator foydali xususiyatlari bor — u sochlarga jilo bag‘ishlaydi, quruqligidan, qichishidan, qazg‘oqdan xalos qiladi, soch ildizlarini mustahkamlaydi va soch o‘sishini rag‘batlantiradi. Agar sochingizni rangi o‘zgarishini xohlamasangiz, unda rangsiz xinadan foydalanishingiz mumkin. Niqob tayyorlash uchun 3 osh qoshiq xinani iliq suv bilan aralashtiring, 15 daqiqaga qoldiring va bosh terisi va sochlarga surting.
3. Aloeli niqob

Aloe — sochlarni to‘kilishini to‘xtatishda qo‘llaniladigan an’anaviy o‘simlikdir. Avvallari bunday maqsadlar uchun aloe maxsus o‘stirilib, barglarini qirg‘ichdan o‘tkazib, hosil bo‘lgan bo‘tqani bosh terisiga surtishardi. Siz ham xuddi shunday qilishingiz mumkin. Ammo, agar sizda bu o‘simlik mavjud bo‘lmasa, siz dorixonadan tayyor aloe sharbatini sotib olishingiz mumkin. Narxi hamyonbop, soch to‘kilishiga qarshi ta’siri esa juda kuchlidir. Uy sharoitida soch to‘kilishini to‘xtatish uchun aloe sharbatini bir xil nisbatda asal bilan aralashtirib, bosh terisiga surtish tavsiya etiladi.

Ushbu biz bergan tavsiyalardan unumli foydalansangiz, sochingiz to‘kilishidan kamroq aziyat chekasiz.
soch to‘kilishi, tuzli niqob, xinali niqob, aloeli niqob




Mavzuga oid yangiliklar
  • Organizmda tromb hosil bo‘lganining 10 ta belgisi 24 apr, 07:22 91
  • Quruq yo‘talni yumshatishda yordam beradigan uchta xalqona usul 22 apr, 15:13 131
  • Qaysi odatlar saraton rivojlanishiga olib kelishi mumkin? 21 apr, 12:27 204
  • Nima uchun ba’zida vazn yo‘qotish haqidagi maqtovlar haqoratomuz deb qabul qilinadi? 20 apr, 23:08 58
  • Doimiy quloq bitishi va bosh og‘rig‘i nimadan dalolat beradi? 20 apr, 18:13 104
  • Sutni me’yordan ortiq iste’mol qilish yurak xurujiga sabab bo‘lishi mumkin 20 apr, 12:05 59
  • So'nggi yangiliklar
  • Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri Netanyaxuni Gitlerga qiyosladi 24 apr, 10:46 0
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 1
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 1
  • Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston chorakfinalga guruh peshqadami sifatida yo‘l oldi 24 apr, 09:37 3
  • Eshkak eshuvchilar Parij Olimpiadasiga 5 ta litsenziya qo‘lga kiritishdi 24 apr, 09:09 6
  • Rossiya mudofaa vazirining pora olgani aytilayotgan o‘rinbosari aslida kim? 24 apr, 08:40 106
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 8
  • Rossiya mudofaa vazirining o‘rinbosari hibsga olindi 24 apr, 07:50 119
  • Organizmda tromb hosil bo‘lganining 10 ta belgisi 24 apr, 07:22 91
  • Ibrohimxalil Yo‘ldoshev: “Biz raqib tanlamaymiz” 24 apr, 07:02 54
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 14
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 49
  • Bo‘limlar